O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

40-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish
to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
354-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi
berishning umumiy qoidalari
Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudi hal
qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalari fuqarolik ishlari
bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqilayotganda qo‘llaniladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi
masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining
foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha tarafning arizasiga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud
tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi
ariza qarzdor yashaydigan joydagi yoki turgan joydagi yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki
turgan joy noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan erdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi.
355-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi
berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi
ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori hakamlik
muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf yoki uning vakili
tomonidan imzolanishi kerak.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi
arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning nomi;
2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan eri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki
turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning
familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv
qarorini olgan sana;


6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish
to‘g‘risidagi talab.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi
arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzili va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi
mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish
to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy faoliyat
ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi
tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasidagi
hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjat.
(355-moddaning to‘rtinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi
ariza qarzdorlarning soniga qarab ko‘chirma nusxalar bilan birga sudga beriladi, bundan elektron
hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish
to‘g‘risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, unga
ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi
ariza hakamlik sudining hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti
oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan uzrli
deb topilgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi
mumkin.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish
to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 
354-moddasida
 nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu
modda qoidalari buzilgan holda berilgan bo‘lsa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ushbu Kodeksning
194-moddasida 
nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha bunday arizani qabul qilishni rad etadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish