O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

23-modda. 
Normativ-huquqiy 
hujjat 
loyihasini 
tayyorlashda 
qonunchilikning holatini, qo‘llanilish amaliyotini, jamoatchilik fikrini va xalqaro 
tajribani o‘rganish 
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishlab chiquvchi: 
qonunchilikning holatini, normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy 
jihatdan tartibga solish predmeti bo‘yicha qo‘llanilish amaliyotini o‘rganadi; 
ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga 
solishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘shliqlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy 
jihatdan tartibga solishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, qonunchilikning samaradorligiga 
ta’sir etuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlaydi
ijtimoiy munosabatlarning tegishli sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy 
hujjatlarni aniqlash nuqtai nazaridan qonunchilikni xatlovdan o‘tkazadi; 
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning 
takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa 
tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, 
jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma’lumotlarini umumlashtiradi 
hamda ulardan foydalanadi; 
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga 
oladi, shuningdek boshqa davlatlardagi huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi 
tajribani o‘rganadi; 
normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish 
predmetiga taalluqli ilmiy tadqiqotlar natijalarini, ommaviy axborot vositalaridagi
Internet jahon axborot tarmog‘idagi maqolalarni, jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlarini o‘rganadi; 
normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan moliyaviy-
iqtisodiy xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojni, ularning o‘rnini qoplash miqdorlari va 
manbalarini belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari “Qonun loyihalarining 
umumxalq 
muhokamasi 
to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi 
mumkin. 
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar 
muhokamasiga olib chiqiladi. 
Normativ-huquqiy 
hujjatlar 
loyihalarining 
jamoatchilik 
muhokamasi 
manfaatdor davlat organlarining, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, o‘zga tashkilotlarning 
vakillari, olimlar, mutaxassislar va fuqarolar ishtirokida o‘tkaziladi. 
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar muhokamasi tegishli 
ilmiy-tadqiqot muassasalarining, tarmoqlarning vakillari ishtirokida o‘tkaziladi. 


Normativ-huquqiy hujjat loyihasining jamoatchilik yoki mutaxassislar 
muhokamasi ishtirokchilari ishlab chiquvchi tomonidan loyihaning matni bilan 
oldindan tanishtirilishi kerak. 
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasi jarayonida bildirilgan 
takliflar va fikr-mulohazalar tavsiya xususiyatiga ega hamda ishlab chiquvchi 
tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasi 
materiallari normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga ko‘rib 
chiqish uchun normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish bilan bir vaqtda kiritiladi. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish