O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik 
muhokamasi 
Ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (bundan buyon matnda 
portal deb yuritiladi) jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun qonunchilikda 
belgilangan tartibda joylashtiriladi. 
Ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini portalga uni normativ-
huquqiy hujjat qabul qiluvchi organga kiritishdan oldin joylashtiradi. 
Ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasining portaldagi jamoatchilik 
muhokamasi muddatini tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi hamda bu muddat portalda normativ-
huquqiy hujjat loyihasi joylashtirilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kam 
bo‘lmasligi kerak. 
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 
ishtirokchilaridan tushgan fikr-mulohazalarni va (yoki) takliflarni hisobga olishni 
ishlab chiquvchi qabul qilingan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarga muvofiq loyihani 
maromiga yetkazish yo‘li bilan amalga oshiradi. 
Kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar rad etilgan taqdirda, ishlab 
chiquvchi ularni rad etish sababini asoslashi shart. 
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi natijalari, 
qoida tariqasida, kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni ko‘rib chiqish 
natijalari ko‘rsatilgan holda tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda 
boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy 
ekspertiza uchun) va normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan 
organga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi. 
4-bob. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan o‘tkazish va kelishish 
25-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining ekspertizasi 
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy va korrupsiyaga qarshi 
ekspertizalardan o‘tkazilishi shart. 
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy 
hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organning qaroriga ko‘ra iqtisodiy, moliyaviy, 
ilmiy, lingvistik, ekologik ekspertizadan, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalardan 
o‘tkazilishi mumkin. 
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan 
tashkilotlar va (yoki) shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinadi. Ekspertiza o‘tkazish 
uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro 
tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-


huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildir va ekspertiza o‘tkazish 
topshirig‘ini bergan organning nuqtai nazari bilan bog‘liq bo‘lmaydi. 
Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha xulosalari tavsiya 
xususiyatiga ega bo‘lib, ular ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjat qabul 
qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Xulosaning 
inobatga olinmagan bandlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda 
ma’lumotnoma tayyorlanadi. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish