22-bob. Davlat budjeti taqchilligi va profitsiti. Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish
151-modda. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish. Davlat budjeti profitsiti
Davlat budjeti taqchilligi:
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘larining moliya yili boshidagi qoldiqlari;
davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditlarini Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbasi sifatida jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat budjetining daromadlari uning xarajatlaridan ortishi Davlat budjeti profitsitidir.
Davlat budjeti profitsiti faqat Davlat budjeti bo‘yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |