O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlar yoyilmasiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi



Download 270,63 Kb.
bet130/161
Sana31.12.2021
Hajmi270,63 Kb.
#215670
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   161
Bog'liq
BUDJET KODEKSI

145-modda. O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlar yoyilmasiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larni boshqa birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchiga o‘tkazish (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan hollar mustasno):

10 va undan ortiq foizi miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan;

10 foizdan kam miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar tarkibida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larni hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan budjetlararo transfertlarni ko‘paytirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi.

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida bir ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi uchun ajratilgan mablag‘larni boshqa ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchiga o‘tkazish:

10 va undan ortiq foiz miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

10 foizdan kam miqdorda tegishli birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablag‘larni joriy xarajatlarga yo‘naltirish taqiqlanadi.

(145-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 15.02.2018-yilda 2971-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 26.12.2017-yildagi 182-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarning 84, 99, 109, 116-bandlari.

Oldingi tahrirga qarang.

(146-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)

147-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining xarajatlari yoyilmasiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Bir hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablag‘larini boshqa hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchiga o‘tkazish ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorining:

10 va undan ortiq foiz miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan;

10 foizdan kam miqdorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchi tasarrufidagi bir budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchidan boshqa budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni o‘tkazish hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar so‘roviga ko‘ra tegishli hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

(147-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)


Download 270,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish