O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari



Download 198,62 Kb.
bet91/111
Sana11.06.2022
Hajmi198,62 Kb.
#654989
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111
Bog'liq
New Microsoft Word Document

155-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari
O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati qarz oluvchi-rezident o‘zidan undiriladigan summani qarz (kredit) bo‘yicha bitimlarda belgilangan muddatda to‘lamagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni to‘liq yoki qisman to‘lab berish majburiyatidir.
O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari qarz beruvchilarga qarz oluvchi-rezidentlar o‘zi olgan kreditlar (qarzlar) bo‘yicha majburiyatlarni bajarishining ta’minoti sifatida beriladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha vakolatli organdir.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining berilgan davlat kafolatlari bilan shart qilib qo‘yilgan to‘lovlarni amalga oshirgach, amalga oshirilgan to‘lovlar va ular bilan bog‘liq xarajatlar summasini qarz oluvchi-rezidentdan so‘zsiz undirib olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtirish, taqdim etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ular bo‘yicha majburiyatlarni bajarish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
156-modda. O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqaradi. Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va ularning cheklangan hajmi to‘g‘risidagi qaror belgilangan tartibda qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan emissiya qilingan davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishda;
davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha qiymatni, foizlarni va boshqa to‘lovlarni to‘lashda;
davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda fiskal agent sifatida ishtirok etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarishdan olingan tushumlar:
Davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha chora-tadbirlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalari va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.
(156-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)

Download 198,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish