O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari



Download 198,62 Kb.
bet94/111
Sana11.06.2022
Hajmi198,62 Kb.
#654989
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111
Bog'liq
New Microsoft Word Document

163-modda. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari
Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning choraklik moliyaviy hisobotlari hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga, yillik moliyaviy hisobotlar esa, kelgusi hisobot yilining 1-yanvar holatiga ko‘ra tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari mazkur tashkilotlarning rahbari yoki u vakolat bergan shaxs hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.
(163-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlar:
budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga;
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga taqdim etiladi.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Tasarrufdagi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan o‘zi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga jamlanma moliyaviy hisobotlarni taqdim etadigan muddatlar hisobga olingan holda belgilanadi.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning jamlanma moliyaviy hisobotlari budjet mablag‘larini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan budjet mablag‘lari oluvchilar davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan belgilangan tartibda choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan tegishli moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi.
Tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan tegishli moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin yuqori turuvchi moliya organi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi.
Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar rahbarlarining yoki ular vakolat bergan shaxslarning va bosh buxgalterlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning choraklik hamda yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(163-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)

Download 198,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish