O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/196
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518794
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   196
Bog'liq
20.01.2016

161-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan
tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi
Temir yo‘l transportida bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslarga
bojxona nazorati qoidalariga rioya etish sharti bilan, transport vositasidan chiqmagan holda
bojxona operatsiyalaridan o‘tish imkoniyati beriladi.
Jismoniy shaxs tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari
ularning bojxona rasmiylashtiruvini darhol amalga oshirish yoki bojxona to‘lovlarini to‘lash
imkoni bo‘lmagan taqdirda vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga soddalashtirilgan tartibda notijorat
maqsadlarda olib kiriladigan va uning tashqarisiga olib chiqiladigan tovarlarga bojxona
maqsadlarida tegishincha erkin muomalaga chiqarilgan yoki eksport bojxona rejimida olib
chiqilgan deb qaraladi.
162-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan
tovarlarni deklaratsiyalash
Jismoniy shaxslar qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda
olib o‘tayotgan tovarlarni deklaratsiyalash jismoniy shaxslar tomonidan ular bojxona chegarasi
orqali o‘tayotganda tovarni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida olib
o‘tilayotgan tovarlar ularni kuzatib borayotgan shaxs tomonidan deklaratsiyalanadi.


Jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash maqsadida
bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yo‘lakli tizim
qo‘llanilishi mumkin.
Ikki yo‘lakli tizimning qo‘llanilishi bojxona operatsiyalarini bajarish uchun notijorat
maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yo‘lakning
bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda tanlanishini
nazarda tutadi.
“Yashil” yo‘lak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy
shaxslarning notijorat maqsadlardagi qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini
bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy hisoblanadi. Mazkur tovarlar og‘zaki
tarzda deklaratsiyalanadi, bundan olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonun hujjatlariga muvofiq
taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar, shuningdek qiymati va (yoki) miqdori qonun
hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig‘i solinmaydigan olib kirish
normasidan oshib ketgan tovarlar mustasno.
Jismoniy shaxsning “yashil” yo‘lak orqali o‘tishi bojxona maqsadlari uchun ushbu
shaxsda yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar yo‘qligini bojxona organiga
ma’lum qilish deb qaraladi.
“Qizil” yo‘lak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy
shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan
bagajidagi tovarlarini, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra
amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy
hisoblanadi.
“Yashil” yo‘lakda bojxona nazorati ayrim shakllarining qo‘llanilmasligi jismoniy shaxslar
bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilganligini
anglatmaydi.
Bojxona chegarasidan o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizim qo‘llanilishining talablari
va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Jismoniy shaxsning alohida bagajda notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlari
ularni olib o‘tayotgan shaxs yoki ishonchnoma asosida ish olib boruvchi boshqa shaxs
tomonidan deklaratsiyalanishi mumkin. Bojxona organiga ma’lum qilinadigan ma’lumotlarning
to‘g‘riligi uchun javobgarlik tovarlarni deklaratsiyalayotgan shaxsning zimmasida bo‘ladi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning alohida ketayotgan bagajidagi tovarlar uning ota-
onasi, vasiylari yoki homiylari tomonidan yoxud ota-onasi, vasiylari yoki homiylarining
ishonchnomasiga binoan ish olib boruvchi shaxslar tomonidan deklaratsiyalanishi kerak.
Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun
mo‘ljallangan tovarlarni, shuningdek ularning manziliga kelayotgan notijorat maqsadlardagi
tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda (bundan pochta va kuryerlik jo‘natmalari
mustasno) ushbu Kodeksda belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari
qo‘llaniladi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish