167-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang. a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar
manziliga xalqaro pochta jo‘natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining
o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining
hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga;
(167-modda birinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik
shaxslarning manziliga xalqaro kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy
hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat
hujjatlariga bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi.
(167-modda birinchi qismining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Qolgan hollarda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarni
deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida olib chiqiladigan, bojxona yuk
deklaratsiyasi berilishi lozim bo‘lgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta
aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi.
168-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda bojxona ko‘rigi Pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlari bojxona ko‘zdan kechiruvini hamda
bojxona ko‘rigini o‘tkazish uchun bojxona organlariga xalqaro pochta va kuryerlik
jo‘natmalarini taqdim etadi.
Bojxona organlariga bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi uchun xatlar, pochta
kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik
jo‘natmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi
qonun hujjatlarida taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojxona
organlarida yetarli asoslar mavjudligi hollari mustasno.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotganda uning
miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki
provayderining xodimi bojxona organining mansabdor shaxsi bilan birgalikda bojxona ko‘rigi
dalolatnomasini imzolaydi.
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona ko‘zdan
kechiruvi yoki bojxona ko‘rigi o‘tkazilayotganda bojxona organlari bojxona nazoratining texnik
vositalaridan foydalanadi.