O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo do‘konining va erkin



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/196
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518794
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   196
Bog'liq
20.01.2016

176-modda. Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo do‘konining va erkin
omborning faoliyatini litsenziyalash
Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo do‘konining va erkin omborning
faoliyatini litsenziyalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan ta’sis etilayotgan bo‘lsa, litsenziya
olish talab qilinmaydi.
Bojxona ombori va erkin ombor egalarining tovarlarni va transport vositalarini
omborlarga joylashtirayotgan shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida yo‘lga
qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona omborlarining, boj
olinmaydigan savdo do‘konlarining va erkin omborlarning reyestrlarini yuritadi, shuningdek
mazkur reyestrlardagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
177-modda. Bojxona omborini, boj olinmaydigan savdo do‘konini va erkin
omborni tugatish
Bojxona omborini, boj olinmaydigan savdo do‘konini va erkin omborni tugatish
litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni va erkin ombor tugatilgan sanadan
e’tiboran ularda saqlanayotgan tovarlarga vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarlar
sifatida qaraladi.
Bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo do‘koni tugatilayotganda ularda turgan
tovarlar bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo do‘koni tugatilgan kundan e’tiboran o‘n
besh kalendar kun ichida boshqa bojxona omboriga o‘tkazilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga
joylashtirilishi kerak.
Erkin ombor tugatilayotganda unda turgan tovarlar ushbu ombor tugatilgan kundan
e’tiboran o‘n besh kalendar kun ichida boshqa erkin omborga o‘tkazilishi yoki boshqa bojxona
rejimiga joylashtirilishi kerak.


Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni va erkin ombor tugatilgan taqdirda,
xuddi shuningdek litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganda tovarlarni saqlash uchun
joylashtirishga va ularni realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tugatilayotgan bojxona omborida va boj olinmaydigan savdo do‘konida tovarlarning
vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining umumiy muddati ularni tugatish sanasidan
e’tiboran oltmish kundan, erkin omborda esa bir yuz sakson kundan oshmasligi kerak.
Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan bojxona ombori, boj
olinmaydigan savdo do‘koni va erkin ombor tugatilgan taqdirda ularning egalaridan tugatish
sanasidan e’tiboran bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun
belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yig‘imlari undiriladi.
Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo
do‘koni va erkin ombor tugatilgan taqdirda bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo
do‘konining va erkin omborning egasi olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar
turgan butun davrga bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun
belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yig‘imlarini to‘lashi shart.
Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini ushbu
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalanib olinganlik fakti aniqlanganligi munosabati bilan
bekor qilish to‘g‘risida sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, boj olinmaydigan savdo
do‘konida realizatsiya qilingan tovarlarga erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar deb qaraladi
va boj olinmaydigan savdo do‘koni egasidan mazkur tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona
rejimiga joylashtirilgan sanada to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari summalari undiriladi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish