IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO’NALIShLARI
4.1. Aholining bandligi va real daromadlarini izchil oshirish
|
194.
|
Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan tasdiqlangan Aholi bandligini ta’minlash dasturini so’zsiz amalga oshirilishini ta’minlash:
|
Har oyda
|
Iqtisodiyot vazirligi,
Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari
|
16 600 000,0
|
Korxona va tashkilotlar mablag’lari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar
|
Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari.
25 mingga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 256,4 mingdan ortiq ish o’rinlari tashkil etilishiga erishiladi.
|
2017 yil davomida sanoatni (5440 ta �oyiha 131 mingta ish o’rni bilan), qishloq xo’jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o’rni bilan) va xizmat ko’rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o’rni bilan) rivojlantirish bo’yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyatini kuchaytirish.
|
Tarmoq jadvallar asosida
|
195.
|
Ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan va mehnat bozorida vaziyat murakkab bo’lgan 34 ta tumanda 46,8 mingta ish o’rni tashkil etish, jumladan:
sanoatda — 14 mingta;
xizmat ko’rsatish va servis sohasida — 8,7 mingta;
qurilishda — 12,5 mingta;
qishloq xo’jaligida — 11,5 mingta.
|
Yil davomida
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi,
Mehnat vazirligi,
vazirlik va idoralar
|
4 300 000,0
|
Korxonalar mablag’lari va tijorat banklari kreditlari
|
Aholi bandligi hududiy dasturlari doirasida ijro etuvchilarning qarorlari.
Qishloq joylarda barqaror ish o’rinlari tashkil etish hisobiga aholi bandligini oshirish.
|
196.
|
Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida mehnat bozorida vaziyat murakkab bo’lgan tuman va shaharlar ro’yxatini aniqlash, unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli ro’yxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xo’jaliklarini barpo etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilari uchun «start-ap» loyihalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish.
|
2017 yil II chorak
|
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat raqobat qo’mitasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar
|
Maqsadli dasturlar asosida
|
Korxonalar mablag’lari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar
|
Dasturlarni tasdiqlash bo’yicha Vazirlar Mahkamasi yig’ilishi bayoni.
Ish o’rinlari tashkil etish orqali bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka jalb qilish.
|
197.
|
Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 10 ming nafar ta’lim muassasalari bitiruvchisiga o’z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit mablag’lari ajratish.
|
Yil davomida
|
Markaziy bank,
tijorat banklari, OvaO’MTV,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
60 000,0
|
Tijorat banklari kreditlari
|
Ijrochilarning qarorlari.
Tadbirkorlik va mehnat faolligini oshirish hisobiga bandlikni va oila daromadlarini oshirish.
|
198.
|
Mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o’quv kurslarini o’tkazish bo’yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag’batlantirish.
|
2017 yil II chorak
|
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, OvaO’MTV
|
-
|
-
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Loyihada:
nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish;
davlat akkreditatsiyasiga ega bo’lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo’yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
|
199.
|
O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo’nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo’jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko’zda tutuvchi o’rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo’nalishlarini qayta ko’rib chiqish.
|
2017 yil II chorak
|
Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, OvaO’MTV,
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
|
-
|
-
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo’jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
|
200.
|
Respublika hududlarida aholi bandligini ta’minlash hamda qo’shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish, qoramol, qo’y, echki, quyon boqish va go’sht etishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, urug’ va ko’chatlar uchun mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish.
|
Yil davomida
|
Markaziy bank, tijorat banklari,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari
|
400 000,0
|
Tijorat banklari kreditlari
|
Ijrochilarning qarorlari.
Qishloq aholisi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish. Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi ko’payadi.
|
201.
|
Xizmat ko’rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga kredit mablag’lari ajratish.
|
Yil davomida
|
Markaziy bank, tijorat banklari
|
1 200 000,0
|
Tijorat banklari kreditlari
|
Hududlarda xizmat ko’rsatish ko’lami kengayadi va sifati oshadi, natijada aholi bandligi hamda daromadlari oshishi ta’minlanadi.
|
202.
|
Ayollarning jamiyatdagi mavqeini yanada oshirish, ular bandligini ta’minlash maqsadida ayollar tadbirkorligini moliyaviy qo’llab-quvvatlash.
|
Yil davomida
|
Markaziy bank, tijorat banklari
|
1 000 000,0
|
Tijorat banklari kreditlari
|
Hududlarda ayollarning bandligi ta’minlanadi.
Pedagogik ma’lumotga ega bo’lgan, biroq bola parvarishlash munosabati bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyatini tashkil etish.
|
203.
|
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mehnat stajini hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta to’lovlari davriyligini ro’yxatga olish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.
|
2017 yil II chorak
|
Mehnat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
DSQ
|
-
|
-
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
Mehnat stajini elektron tarzda ro’yxatga olish hamda davlat ijtimoiy sug’urta to’lovlarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarning yagona reestrini yuritishning imkonini yaratadi.
|
204.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |