3.5. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish
189.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan Nurota, Kattaqo’rg’on, Qo’shrabot, Qiziriq, Muzrabot, Boyovut, Sardoba tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish.
|
2017 yil I chorak
|
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo viloyati hokimliklari, tijorat banklari
|
Dastur asosida
|
Tijorat banklari kreditlari, tadbirkorlarning mablag’lari
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Tumanlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, aholi bandligi, turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.
|
190.
|
Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida kichik biznesning innovatsion texnoparklarini tashkil etish.
|
2017 yil I chorak
|
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Markaziy bank,
Fanlar akademiyasi, DSQ, O’zbekenergo, O’ztransgaz,
Toshkent shahar hokimligi
|
Manzilli dasturlar asosida
|
Ijrochilar mablag’lari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiya
va kreditlar
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Kichik biznes sub’ektlarining barcha qulayliklarga ega bo’lgan hududda faoliyat ko’rsatishi uchun sharoitlar yaratiladi.
|
191.
|
Yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samara-dorligini oshirish maqsadida:
kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holatini tanqidiy o’rgangan holda tegishli chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;
kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi, hududning resurs salohiyatini inobatga olgan holda, ishlab chiqarishning to’liq tsiklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish;
investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
kichik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirish.
|
2017 yil I chorak
|
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo’mitasi,
O’zbekenergo, O’ztransgaz,
Savdo sanoat palatasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
Kompleks chora-tadbirlar.
Foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlaridan oqilona va samarali foydalanish, zamonaviy va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
|
192.
|
O’zida sanoat-iqtisod ko’rsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni, tabiiy va mehnat resurslarini, shuningdek, hududning boshqa potentsial imkoniyatlarini ifoda etgan respublikaning har bir tuman (shahar) pasportini tuzish.
|
2017 yil IV chorak
|
Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Hisob-kitoblarga asosan
|
Ijrochilar mablag’lari
|
Tuman (shahar) pasportidan erkin foydalanishga qaratilgan zamonaviy tizim joriy etiladi.
Hududlarga investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
|
193.
|
Tarmoqlar va xo’jalik birlashmalari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda, birinchi navbatda, ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan hududlarda amalga oshirish uchun quyidagi yo’nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish:
Engil sanoatda 85 ta, charmpoyabzal sohasida 31 ta, qurilish materiallari ishlab chiqarishda 16 ta, oziq-ovqat sanoatida 78 ta, farmatsevtika sohasida 18 ta, elektrotexnika sanoatida 17 ta loyiha.
|
2017 yil I chorak
|
O’zbekengilsanoat,
O’zbekcharmpoyabzali,
O’zqurilishmateriallari,
O’zbekoziqovqatxolding,
O’zdonmahsulot,
O’zvinosanoatxolding,
O’zfarmsonat,
«Dori-Darmon» AK,
O’zeltexsanoat,
tijorat banklari
|
Biznes rejalari
va loyiha hujjatlari asosida
|
Ijrochilar mablag’lari, tijorat banklari va xalqaro moliya institutlari kreditlari
|
Loyiha hujjati.
Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tumanlarni sanoat salohiyatini oshirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish imkonini beradi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |