«Turizm to’g’risida»gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish.
|
2017 yil I chorak
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, TIV, DBQ, vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.
Turistik sohani rivojlantirish bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari aniqlab beriladi, mazkur sohada tadbirkorlikning keng rivojlanishiga zamin yaratiladi.
|
140.
|
Aeroport va vokzallarda xizmat ko’rsatish sifatini tubdan yaxshilash.
|
2017 yil I chorak
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, O’zbekiston temir yo’llari,
MXX, DBQ, O’zbekiston havo yo’llari
|
-
|
-
|
Kompleks chora-tadbirlar.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
xorijiy turistlarni kutib olayotgan yoki kuzatayotgan turistik faoliyat sub’ektlari xodimlariga belgilangan tartibda rejim va himoya choralariga amal qilgan holda maxsus ruxsatnomalar berish orqali aeroport va vokzallar zallarida hozir bo’lishiga ruxsat berish;
aeroport va vokzallarda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish darajasini tubdan yaxshilash;
Davlat bojxona qo’mitasi, chegara nazorati, aeroport va vokzal xodimlarini turistlar bilan muloqot qilishning zamonaviy shakllariga, shu jumladan, xorijiy tillarga o’rgatish.
|
141.
|
Turizm sohasida biznesni yuritish bo’yicha qulay sharoitlarni yaratish, jahon tan olgan brendlarni, xorijiy investorlarni faol jalb etish.
|
2017 yil I chorak
|
TIAISV,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, TIV, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi,vazirlik va idoralar
|
Hisob-kitoblarga asosan
|
Turizmni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
To’g’ridan-to’g’ri xususiy chet el investitsiyalariga berilgan imtiyozlar tatbiq qilinadigan iqtisodiyot sohalari ro’yxatiga turizm sohasi kiritiladi.
Mehmonxonalarni qurish va rekonstruktsiya qilish bilan shug’ullanayotgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnika, butlovchi qismlar va transport vositalarini import qilayotgan sub’ektlarga soliq va bojxona imtiyozlarini berish nazarda tutiladi.
|
142.
|
Yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirish.
|
Yil davomida
|
Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O’zbekiston havo yo’llari
|
Hisob-kitoblarga asosan
|
Turizmni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi va ijrochilar mablag’lari
|
Chora-tadbirlar rejasi.
Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni yaratish:
mamlakat barcha hududining turistik imkoniyatini o’rganish va yangi turistik mahsulotlar va marshrutlarni shakllantirish;
aholi uchun turlar va ekskursiyalar o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ichki marshrutlar bo’yicha yangi aviaaloqalar ochish;
marketing tadqiqotlarini o’tkazish asosida hududiy va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha charter reyslarini tashkil etish.
|
143.
|
«2018 — 2021 yillarga mo’ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi»ni ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
TIAISV, TIV,
Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank,
DSQ, DBQ,
vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish;
O’zbekiston uchun savdo aloqalari rivojlantirish borasidagi maqsadli bozorlarni aniqlash;
tashqi bozorlar kon’yunkturasini o’rganish asosida katta hajmdagi eksportbop tovarlarni ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish;
tashqi bozorlarni marketing o’rganish usulini rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;
belgilangan bozorlarni asosiy ishtirokchilar bilan uzviy o’zaro hamkorlik o’rnatish orqali ushbu bozorlarni milliy mahsulotlar bilan ta’minlash;
xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish, ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish.
|
144.
|
Birinchi navbatda, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni yuqori darajada mahalliylashtirishga yo’naltirilgan iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash.
|
2017 yil III chorak
|
Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV,
vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
Ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va modernizatsiya qilish, raqobatdosh, eksportbop mahsulot
hamda materiallarni ishlab chiqish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.
|
145.
|
Tashqi savdo yo’nalishlarini diversifikatsiyalash va ularning xalqaro infratuzilmalari bilan integratsiyalashuviga qaratilgan dasturni ishlab chiqish.
|
2017 yil II chorak
|
TIAISV,
O’zbekiston temir yo’llari,
O’zbekiston havo yo’llari,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O’zavtodaryotrans,
Davlat raqobat qo’mitasi
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.
Qarorda quyidagilar taklif etiladi:
milliy transport logistika kompaniyalari o’rtasida raqobat darajasini oshirish, eksport korxonalari uchun tariflarni pasaytirishni rag’batlantirish, avtomobil parklarini kengaytirish,
yuk avtomobillarini olish uchun kreditlar olishni soddalashtirish;
eksportga mo’ljallangan milliy mahsulotlar narxlarini raqobatdosh qilish maqsadida yuklarni bir transportdan boshqasiga qayta yuklash punktlari sonini oshirish;
«O’zbekiston temir yo’llari» AJ va «O’zbekiston havo yo’llari» MAK veb-saytlarida temir yo’l va havo transportlarida yuk tashish tariflarini optimallashtirish.
|
146.
|
Intellektual mulkni va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni yanada rivojlantirish, shu jumladan:
tovar belgilari, sanoat namunalariga bo’lgan huquqlarni ro’yxatdan o’tkazish va patentlarni berish tartibotlarining shaffofligini oshirish;
O’zbekistonda ro’yxatdan o’tgan intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan huquqlarning xalqaro tan olinishini ta’minlash;
kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish holatlariga qarshi harakat dasturlarini tasdiqlash;
tovarlarning sifati va ingredientlar tarkibini ularning nomlanishi va markalariga muvofiqligi bo’yicha standartlar (O'zDStlar)ni qayta ko’rib chiqish.
|
2017 yil iyun
|
Davlat raqobat qo’mitasi, Intellektual mulk agentligi, O’zstandart,
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,
vazirlik va idoralar
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.
Intellektual mulkka bo’lgan huquqlarni, jumladan, tashqi bozorlarda himoya qilishni kuchaytirish, insofsiz raqobatni bartaraf etish, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
|
147.
|
Kapital qurilish sohasida bozor munosabatlarini joriy etishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish
va qo’shimchalar kiritish.
|
2017 yil III chorak
|
Davarxitektqurilish,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
Savdo-sanoat palatasi, O’zqurilishmateriallari,
DSQ, DBQ
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari.
Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
qurilishda band bo’lgan tashkilotlarni kichik tadbirkorlik sub’ektlari deb hisoblashda xodimlar cheklangan yillik sonini 50 tadan 200 taga ko’paytirish;
qurilishning boshlang’ich bahosini qurilish tashkilotining rentabelligini hisobga olgan holda belgilash;
smeta hujjatlarini tuzishda eskirgan va amaliyotda ishlatilmaydigan texnologiyalar va mashinalarni chiqarib tashlash, bozor mexanizmlarini joriy qilish nuqtai nazaridan qayta ko’rish;
tender savdolari o’tkazish va qurilish shartlarini o’zgartirish mexanizmini takomillashtirish;
qurilish pudrat tashkilotlari faoliyatini tekshirishlarni tender narxlarini hisobga olib, ishlarni yakunlagandan keyingina amalga oshirish.
|
148.
|
Bozor sharoitlarida erkin faoliyat yurita oladigan, respublikada amalga oshirilayotgan har qanday turdagi loyiha ishlarida qatnashishga imkon beruvchi ustav va aylanma kapitaliga ega bo’lgan qurilish va loyihalash korxonalarini tashkil etish va joriylarini rivojlantirishga, sohada zamonaviy bozor munosabatlarini yaratishga qaratilgan«Kapital qurilishni yanada takomillashtirish va qurilish materiallari sohasida qulay muhitni yaratish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Davarxitektqurilish,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
Savdo-sanoat palatasi, O’zqurilishmateriallari,
DSQ, DBQ
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada quyidagilar aks etadi:
kapital qurilish sohasidagi normativ bazani bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko’rib chiqish;
loyihalash va qurilish tashkilotlariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi qurilish texnologiyalarini joriy etishga yo’naltirilgan soliq va boshqa turdagi imtiyoz va engilliklar berish;
milliy loyihalash va qurilish tashkilotlarini tashqi bozorlarga kirishiga keng jalb etishni ta’minlovchi kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish;
loyihalarni moliyalashtirishning turli zamonaviy usullarini va boshqa moliyaviy vositalarini joriy etish;
pudrat tashkilotlarida mavjud bo’lgan mutaxassislarni saqlab qolish, malakali ka?rl�rni jalb etish imkonini beradigan sharoitlarni yaratish;
qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalari o’quv dasturlarini qayta ko’rib chiqish;
loyihalash va qurilish tashkilotlari assotsiatsiyalarini tashkil etish.
|
149.
|
Avtomobil yo’llari holatini yaxshilash va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida:
umumfoydalanishdagi xalqaro, respublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilish;
xo’jaliklararo avtomobil yo’llarni ta’mirlash;
shahar ko’chalari, aholi punktlariga kirish va ichki yo’llarni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash;
yo’l xo’jaligi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash;
qurilish materiallarini innovatsion turlaridan hamda zamonaviy ilg’or texnologiyalar va usullardan foydalangan holda avtomobil yo’llari sifatini yaxshilashni belgilovchi standartlarni takomillashtirish.
|
2017 yil
|
Respublika yo’l jamg’armasi, O’zavtoyo’l,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davarxitektqurilish,
vazirlik va idoralar
|
1 550 000,0
|
Investitsiya dasturi doirasida Respublika yo’l jamg’armasi mablag’lari
|
Chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Avtomobil yo’llari holati yaxshilanadi va yo’l-transport infratuzilmasi rivojlanadi. Aholi
va transport qatnovi uchun qulayliklar yaratiladi. Yo’l xo’jaligi korxonalarining moddiy-texnika bazasi yaxshilanadi va ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi.
|
150.
|
«Talgo-250» rusumidagi 2 ta yuqori tezlikdagi yo’lovchi poezdini sotib olish loyihasini amalga oshirish.
|
2017 yil 1-yarmi
|
O’zbekiston temir yo’llari
|
42,0
mln.doll.
|
Ijrochi mablag’lari — 26,0 mln.doll.;
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi –
16,0 mln.doll.
|
1-elektropoezdni keltirish — 2017 yil mart;
2-elektropoezdni keltirish — 2017 yil may.
|
151.
|
Qarshi-Termiz temir yo’l liniyasini elektrlashtirish.
|
Yil davomida
|
O’zbekiston temir yo’llari
|
160,3 mln.doll.
|
Ijrochi mablag’lari — 73,86 mln.doll.; boshqa manbalar — 86,4 mln.doll.
|
Qarshi-Termiz temir yo’l liniyasi elektrlashtirish ishlari yakunlanadi.
|
152.
|
Buxoro-Miskin yangi temir yo’l liniyasini qurish.
|
Yil davomida
|
O’zbekiston temir yo’llari
|
143,0 mln.doll.
|
Ijrochi mablag’lari — 48,8 mln.doll.
Tiklanish
va taraqqiyot jamg’armasi krediti — 94,2 mln.doll.
|
Buxoro-Miskin temir yo’l liniyasi quriladi va poezdlar qatnovi yo’lga qo’yiladi.
|
153.
|
Pop-Namangan-Andijon temir yo’l uchastkasini ele?trlashtirish.
|
2017 — 2019 yillar
|
O’zbekiston temir yo’llari
|
18,0 mln.doll.
|
Ijrochi mablag’lari
|
Pop-Namangan-Andijon temir yo’l uchastkasi elektrlashtiriladi.
|
154.
|
Temir yo’llarni qayta tiklash.
|
2017 — 2019 yillar
|
O’zbekiston temir yo’llari
|
51,1 mln.doll.
|
Ijrochi mablag’lari
|
Temir yo’llarning ahvoli yaxshilanadi.
|
155.
|
Yo’lovchi vagonlar tarkibini yangilash.
|
2017 — 2019 yillar
|
O’zbekiston temir yo’llari
|
8,1 mln.doll.
|
Ijrochi mablag’lari
|
Yo’lovchi vagonlar tarkibi yangilanadi.
|
156.
|
«Toshkent shahar aeroporti yangi xalqaro yo’lovchi terminalini (Toshkent-4) qurish» loyihasini amalga oshirish.
|
2017 — 2019 yillar
|
O’zbekiston havo yo’llari,
Moliya vazirligi,
TIAISV,
O’zmilliybank,
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi,
Toshkent shahar hokimligi
|
jami — 343,6 mln.doll.
shundan, 2017 yilda — 152,9 mln.doll.
|
O’zbekiston havo yo’llari mablag’lari — 11,9 mln.doll.;
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari — 81,7 mln.doll.;
«EDCF» jamg’armasi mablag’lari (Koreya Resp.) — 200 mln.doll.;
Koreya Resp. Eksimbanki mablag’lari — 50 mln.doll.
|
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o’tkazish, pudrat tashkilotini aniqlash, qurilish-montaj ishlarini boshlash masalalari hal qilinadi.
|
157.
|
Respublika hududlarida
2300 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish.
|
2017 yil IV chorak
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
5,7 mln. doll.
|
Operator va provayderlar mablag’lari
|
Respublika aholisining yuqori tezlikda Internetga ulanishi, multimedia va IP-TV xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
|
158.
|
Kommutatsiya markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish.
|
2017-2018 yillar
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
44,7 mln. doll.
|
O’zbektelekom mablag’lari, xorijiy investorlar kreditlari
|
Shaharlararo avtomatik telefon stantsiyalar sig’imlari 17152 ta E1 portga oshiriladi.
|
159.
|
Respublika hududlarida mobil aloqa operatorlarining 1843 ta baza stantsiyalarini o’rnatish.
|
2017 yil IV chorak
|
O’zbektelekom, mobil aloqa operatorlari
|
115,2 mln.doll.
|
Operator va provayderlar mablag’lari, xorijiy kreditlar
|
Mobil aloqa operatorlarining tarmoqlari qamrovi hududlarini kengaytirishga erishiladi.
|
160.
|
Respublika hududlarida 66 ta yuqori quvvatli va 328 ta kam quvvatli raqamli televidenie uzatkichlarini o’rnatish va ishga tushirish.
|
2017 yil IV chorak
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
62,5 mln. doll.
|
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari mablag’lari
|
Respublika aholisini, shu jumladan, tog’li va borish qiyin bo’lgan hududlardagi aholini raqamli televidenie bilan qamrab olish darajasi 100 foizga etkaziladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |