«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil II chorak
|
Oliy Majlis palatalari(kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ombudsman, AQHMI,
Oliy sud, Moliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada qonun normalarini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi, «Davlat h�kimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi, «Parlament nazorati to’g’risida»gi qonunlarga moslashtirish;
ombudsman mintaqaviy vakillarining huquqiy maqomi, vakolat va majburiyatlarini belgilash nazarda tutiladi.
|
4.
|
Davlatning tashqi siyosatini amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining roli va mavqeini oshirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida» va «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida»gi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga qo’shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
AQHMI,
TIV,
TIAISV
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Bunda Oliy Majlis palatalarining:
davlatning tashqi siyosati amalga oshirilishi, xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi ustidan nazorat vakolatlari mustahkamlanadi;
xorijiy davlatlar parlamentlari bilan parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishini tashkil etishning huquqiy mexanizmi takomillashtiriladi;
O’zbekistonning milliy manfaatlarini ro’yobga chiqarish uchun parlament diplomatiyasidan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
|
5.
|
Aholining senatorlar va deputatlar bilan o’zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida «Elektron parlament» tizimini joriy etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
|
2017 yil IV chorak
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi
|
-
|
-
|
Ijrochilarning qo’shma kompleks chora-tadbirlar dasturi.
Bunda parlament faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish, uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali xalq bilan muloqotni takomillashtirish, deputatlarga saylangan saylov okruglaridan mahalliy hokimiyat idoralarining qarorlarini majburiy yuborish orqali hududdagi ahvoldan xabardorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
|
6.
|
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirish maqsadida siyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining huquq va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
|
2017 yil III chorak
|
Adliya vazirligi, AQHMI, FJShMQMI
|
-
|
-
|
O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.
Loyihada quyidagilarni tartibga solish nazarda tutiladi:
partiya guruhlari tomonidan mahalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko’rib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish;
tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o’tkazilganidan so’ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishliligi bo’yicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni taqdim etish huquqini berish;
Qonunchilik palatasi deputatlarining joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy bo’limlarining vakillarini biriktirib qo’yish.
|
7.
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalarining ijrochi kotiblari lavozimini ta’sis etish.
|
2017 yil II chorak
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar (kelishuv asosida)
|
80,0
|
Siyosiy partiyalar mablag’lari
|
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashi qarori loyihasi.
Loyihada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalarining ijrochi kotiblari o’z partiyalari siyosatini parlament quyi palatasida himoya qilish ishini tashkil etishga, ko’rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan fraktsiyaning yagona pozitsiyasini ishlab chiqishga, fraktsiya a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirishga ko’maklashish nazarda tutiladi.
|
8.
|
Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimini ta’sis etish.
|
2017 yil II chorak
|
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi
|
50,0
|
Davlat byudjeti mablag’lari
|
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.
Parlament va ijroiya hokimiyati organining qonun ijodkorligi sohasidagi, shuningdek, ijro organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etishda o’zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
|
9.
|
Oliy Majlis palatalarining axborot-tahlil va tadqiqot faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan tarkibiy bo’linmalarini tuzish.
|
2017 yil I chorak
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), AQHMI
|
200,0
|
Davlat byudjeti mablag’lari
|
Oliy Majlis palatalarining qarori loyihasi.
Oliy Majlis palatalarining qonunlarni qabul qilish va nazorat faoliyati sifatini oshirishga, qonunlarni chuqur tahlillar asosida ishlab chiqishga xizmat qiladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |