O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Turistik axborot markazlarini tashkil etish va ularning Reyestrini yuritish



Download 311,81 Kb.
bet84/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   179
Bog'liq
14-savol

2-bob. Turistik axborot markazlarini tashkil etish va ularning Reyestrini yuritish

6. Turistik axborot markazi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita), davlat hoqimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq matlubot kooperativi, fermer xo‘jaliklaridan tashqari barcha turdagi tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladi. Turistik axborot markazi yuridik shaxsning tuzilmaviy bo‘linmasi, shu jumladan alohida tashkilot shaklida tashkil etilishi mumkin.

7. Turistik axborot markazi faoliyati o‘z mablag‘lari hisobidan, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

8. Turistik axborot markazini Reyestrga kiritish uning faoliyatini tashkil etishning majburiy sharti hisoblanadi. Markazni Reyestrga kiritish uni o‘rganish dalolatnomasi asosida Reyestrdan tegishli ko‘chirma berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

9. Reyestr vakolatli organ tomonidan yuritiladi.

10. Reyestrni yuritish quyidagilarni nazarda tutadi:

turistik axborot markazini individual reyestr raqamini bergan holda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha Markaz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritish;

ma’lumotlar bazasini Internet butunjahon axborot tarmog‘ida onlayn rejimda yangilab borish.

11. Reyestr elektron shaklda yuritiladi va vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi lozim.

12. Arizachi uni Reyestrga kiritish uchun vakolatli organga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza bilan murojaat qiladi.

Arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lov undirilmaydi.

13. Ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar taqdim etganlik uchun arizachi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

14. Arizachi tomonidan ariza vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda, uni olganligi to‘g‘risidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

15. Vakolatli organ hujjatlarni ularni olgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida ko‘rib chiqadi, shuningdek, ularning mazkur Nizom va “Turizm axborot byurolari. Turizm axboroti va qabul qilish xizmatlari. Talablar” (ISO 14785:2014, ITD) O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.

16. O‘rganib chiqish natijalari yuzasidan vakolatli organ ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiradi.

17. Turistik axborot markazi talab etilayotgan majburiy shartlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, vakolatli organ dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida arizachiga turistik axborot markazini Reyestrga kiritishni rad etish sabablari hamda ularni bartaraf qilish va qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati (uch oygacha)ni ko‘rsatgan holda yozma shaklda bildirish xati yuboradi.

18. Arizachi tomonidan turistik axborot markazini Reyestrga kiritish rad etilishiga asos bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, vakolatli organ ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan qo‘shimcha dalolatnoma rasmiylashtirgan holda hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi.

Qayta ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan muqaddam arizachiga yozma bildirish xatida bayon etilmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

19. Turistik axborot markazi talab etilayotgan majburiy shartlarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, vakolatli organ bir ish kuni ichida Markazga individual reyestr raqamini bergan holda uni Reyestrga kiritadi va arizachiga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Reyestrdan ko‘chirma beradi.

20. Reyestrga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda turistik axborot markazi egasi ushbu o‘zgarish yuzaga kelgan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli organni xabardor qilishlari shart.

Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar turistik axborot markazi egalari tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda uni olganligi to‘g‘risidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

21. Turistik axborot markazini Reyestrdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

turistik axborot markazi egasi Reyestrdan ixtiyoriy ravishda chiqarish to‘g‘risidagi ariza bersa;

turistik axborot markazi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilsa;

vakolatli organ tomonidan o‘rganish va turistlarni anketalashtirish davomida turistik axborot markazi tomonidan mazkur Nizom talablarining muntazam (ikki va undan ortiq) ravishda buzilganligi aniqlansa.

O‘rganish jarayonida aniqlangan buzilishlar turistik axborot markazi egasi tomonidan bartaraf etilgandan so‘ng, u Reyestrga kiritish to‘g‘risida takroran ariza topshirishi mumkin.

22. Arizachi va turistik axborot markazi egasi vakolatli organning harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

23. Vakolatli organ Reyestrdan berilgan va qayta rasmiylashtirilgan ko‘chirmalar, shuningdek, Reyestrdan chiqarilgan turistik axborot markazi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning dolzarb holatda elektron shaklda saqlanishini va o‘zining veb-saytida onlayn rejimda e’lon qilinishini ta’minlaydi.




Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish