O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Turistik axborot markazi atrof hududi, bino va ish rejimiga bo‘lgan talablar



Download 311,81 Kb.
bet85/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   179
Bog'liq
14-savol

3-bob. Turistik axborot markazi atrof hududi, bino va ish rejimiga bo‘lgan talablar

24. Turistik axborot markazi “Turizm axborot byurolari. Turizm axboroti va qabul qilish xizmatlari. Talablar” (ISO 14785:2014, ITD) O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartiga muvofiq oq rangdagi “i” harfi yashil fonda joylashgan axborot belgisi bilan belgilanadi hamda u Markaz joylashgan joydagi peshtaxta, axborot stendida (tablo) joylashadi.

Binoning tashqi tomonida O‘zbekiston turizm portali (uzbekistan.travel) va uning QR-kodi, Qo‘mitaning “Call” markazi va tegishli hududiy ichki ishlar organi xavfsiz turizm bo‘linmasining (mavjud hududlarda) telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumot joylashtirilgan jadval ilingan bo‘lishi lozim.

25. Turistik axborot markazi binosi turistlar va ekskursantlar bilan ishlash imkoniyatini beruvchi, shaxsiy kompyuterlar (Internet butunjahon axborot tarmog‘iga ulangan) va tegishli orgtexnika (printer, skaner, nusxa ko‘chirish qurilmasi va boshqalar) bilan ta’minlangan ish joylari bilan jihozlanadi.

26. Turistik axborot markazi binosi nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz kirishlari uchun markaz binosi va unga tutash hududlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq loyihalashtiriladi.

27. Turistik axborot markazi turistlar uchun imkon qadar qulay joyda (shahar markazlari, yodgorliklar atrofi, transport bekatlari, shuningdek alohida turizm obyektlariga olib boradigan magistral yo‘llar) tashkil qilinishi kerak.

Turistik axborot markazini piyodalarning harakatlanishi cheklangan joylarda joylashtirish taqiqlanadi.

28. Turistik axborot markazi tomonidan turistlar va ekskursantlar qabuli har kuni, bayram va dam olish kunlaridan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Turistik axborot markazining ish jadvali vakolatli organ bilan kelishgan holda turizm mavsumi va o‘tkaziladigan keng ko‘lamli tadbirlardan kelib chiqib belgilanadi.

Turizm xizmatlariga bo‘lgan talab oshgan davrda, shu jumladan keng ko‘lamli ommaviy sport, sog‘lomlashtirish, madaniy va boshqa tadbirlar vaqtida, turistik axborot markazi tomonidan uning rahbari qaroriga asosan xizmatlar yigirma to‘rt soat davomida uzluksiz ko‘rsatilishi mumkin. Markazning ish jadvali binoning kirish qismiga ilingan bo‘lishi shart.

29. Turistik axborot markazi to‘liq stavkada ishlovchi kamida bir nafar xodim bilan ta’minlanishi lozim. Xodimning ish joyi yoki beydj-kartasida uning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilishi kerak.


Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish