O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 311,81 Kb.
bet1/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Bog'liq
14-savol


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZM SOHASINI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY SHART-SHAROITLARNI YARATISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash orqali kamaytirish, mamlakatda sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash, shuningdek, “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoni va “Sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda, turizm sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Turoperator va turagentlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;

Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;

Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;

Fuqarolar yig‘inlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-ilovaga muvofiq;

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida nizom 9-ilovaga muvofiq;

Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 10-ilovaga muvofiq;

Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizom 11-ilovaga muvofiq;

Turizm axborot markazlarini barpo etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 12-ilovaga muvofiq;

“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 13-ilovaga muvofiq;

“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 14 va 15-ilovalarga muvofiq;

Sotishdan tushgan mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga taqsimlanadigan qismi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan amaldagi va bugungi kunda foydalanilmayotgan sobiq turizm sohasidagi davlat aktivlari va ular egallab turgan yer uchastkalari ro‘yxati 16-ilovaga muvofiq;

Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 17-ilovaga muvofiq;

Turizm sohasida amalga oshirish tavsiya qilinadigan innovatsion biznes g‘oya va startaplar ro‘yxati 18-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Chora-tadbirlar rejasi bajarilishi ustidan doimiy monitoringni olib borilishini hamda monitoring natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) har oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar axborot kiritilishini ta’minlasin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining amaldagi avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi negizida jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan turar joylarni ijaraga berishning yagona Reyestrini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Turar joylarni ijaraga berishning Yagona elektron reyestrini yuritish va ularni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 19-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.

3. Belgilansinki:

a) Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq chiqish turizmi yo‘nalishi bo‘yicha turoperator va turagent faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘yilgan quyidagi litsenziya talablari 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi:


Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish