O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Turoperatorlar va turagentlarning huquq va majburiyatlari



Download 311,81 Kb.
bet34/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   179
Bog'liq
14-savol

4-bob. Turoperatorlar va turagentlarning huquq va majburiyatlari

31. Turoperatorlar va turagentlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

turning davomiyligi va yo‘nalishini, xizmat ko‘rsatish shartlarini, transport xizmatining turini, turist (ekskursant)ning roziligi va iltimosiga binoan turist (ekskursant)ning xavfsizligini ta’minlash va ularning mulkini himoya qilish choralarini o‘zgartirish;

turist va ekskursantning roziligi bilan turning belgilangan narxini, agar ular bu haqda tur boshlanishidan yigirma kun oldin xabardor qilinsa, oshiriladi;

taklif etiluvchi turistik xizmatlarni taqdim etishning iloji bo‘lmagan favqulodda holatlar mavjud bo‘lsa shartnomani bekor qilishga, shuningdek, guruh yaratish uchun zarur bo‘lgan turistlar (ekskursantlar)ning miqdori ta’minlanmaganligi holatlarida turistlar (ekskursantlar)ga turizm xizmatlari ko‘rsatish shartnomasini bekor qilinishi haqida tur boshlanishidan yigirma kun oldin xabar berilishi kerak;

turistlar, ekskursantlar yoki turizm sohasi subyektlari tomonidan yetkazilgan zarar va nomoddiy zararni qoplashni talab qilish.

32. Turoperator va turagentning majburiyatlari:

Turistlarga (ekskursantlar) turizm xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash;

turizm xizmatlarini taqdim etmagan yoki qisman taqdim etgan yoki yetarli darajada bo‘lmagan holda, turistlar (ekskursantlar)ga yetkazilgan zararlar va mulkiy bo‘lmagan zararni qoplash;

turistlar va ekskursantlarga turni tashkil etish, ularning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish;

turizm resurslarini saqlashga hissa qo‘shish;

turistlar (ekskursantlar)ning vaqtincha bo‘lish mamlakati (joyi) to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish.

33. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:

turizm xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlarni olish;

sayohat bilan bog‘liq to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni, shu jumladan vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) kirish va bo‘lish qoidalari, mahalliy aholining urf-odatlari, diniy marosimlari, madaniy meros obyektlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va turizm obyektlari, atrof-muhit holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;

shaxsiy xavfsizligi va o‘z huquqlari, rkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ta’minlanishi, shuningdek o‘z mol-mulkining but saqlanishini ta’minlash;

shoshilinch tibbiy yordam olish;

turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda moddiy zararning o‘rni qoplanishi, shuningdek ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;

agar turning umumiy qiymati oshishi shartnomada shartlashilgan qiymatidan ortib ketsa, turistik xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomani turoperatorlar va turagentlarga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplamagan holda bekor qilish.

34. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:

turda ishtirok etish uchun o‘z sog‘lig‘i holatining va (yoki) yoshining xususiyatlariga bog‘liq cheklovlar (qarshi ko‘rsatmalar) to‘g‘risidagi, o‘z doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi hamda vaqtincha bo‘lish mamlakatiga (joyiga) kirishi uchun cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni turoperatorning va (yoki) turagentning talabiga ko‘ra taqdim etishi;

turistik xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi shartlariga va vaqtincha bo‘lish mamlakatining (joyining) qonun hujjatlariga rioya etishi, uning siyosiy hamda ijtimoiy tuzilishini, mahalliy aholining an’analarini, urf-odatlarini, diniy e’tiqodini hurmat qilishi;

vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlariga zarar yetkazmasligi;

vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) bojxona va chegara nazorati, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishi shart.




Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish