O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 311,81 Kb.
bet25/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   179
Bog'liq
14-savol

4-bob. Yashirin baholash

73. Turistik xizmatlarni ko‘rsatish jarayonini va undan turistlarning qoniqishini monitoring qilish maqsadida Markaz “sirli mehmon” tayinlashi mumkin va uning ishtirokida turistik xizmatlarni yashirin baholashni o‘tkazadi.

74. “Yashirin baholash” qo‘yidagi holatlarda o‘tkaziladi:

a) turistlarni turistik xizmatlar obyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatidan qoniqishi to‘g‘risidagi so‘rovnomalar natijalari bo‘yicha;

b) turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi obyektlarda tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini monitoring qilish va/yoki boshqarishni baholash tizimi tomonidan aniqlanadigan tashrif buyuruvchilarning so‘rovnomalari natijalari reytingi past bo‘lganda;

v) turistik xizmat obyektining yashirin baholashni o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasiga binoan.

Yashirin baholashni o‘tkazish muddati besh ish kunidan oshmasligi lozim.

75. Yashirin baholashni o‘tkazish bo‘yicha barcha xarajatlar, 74-bandning “v” kichik bandidan tashqari, Markaz tomonidan moliyalashtiriladi.

Ushbu Nizomning 74-bandi “v” kichik bandida ko‘rsatilgan hollarda yashirin baholash to‘lov kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat asosida o‘tkaziladi. Bunda to‘lov miqdori yashirin baholash obyekti tomonidan to‘lovni amalga oshirish kunida sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun to‘lov summasining 30 foizi miqdorda belgilanadi.

Yuqoridagilardan tashqari ariza beruvchi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan bevosita ko‘rilgan haqiqiy qo‘shimcha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida qoplaydi.

76. Yashirin baholashni o‘tkazish uchun Markaz rahbarining buyrug‘i bilan “sirli mehmon” tayinlanadi, baholash o‘tkazish muddati tasdiqlanadi.

“Sirli mehmon” sifatida Markaz xodimlari orasidan tayinlangan xodimlar yoki boshqa shaxslar jalb qilinishi mumkin.

Markaz xodimlari orasidan tayinlangan “sirli mehmon” ushbu sertifikatlashtirilgan obyektni muvofiqligini baholashda ishtirok etmagan bo‘lishi kerak.

77. Yashirin baholash sertifikat egasini xabardor qilmasdan, uning faoliyatiga aralashmasdan, bevosita turistik xizmatlar obyektining joylashgan joyida amalga oshiriladi.

Bunda “sirli mehmon” turistik xizmatlar obyekti xodimlarining tashqi ko‘rinishi va o‘zini tutishini, obyektining umumiy holati va zarur jihozlar bilan ta’minlanganligini hamda xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini baholaydi.

78. Yashirin baholash davomida ushbu Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha turistik xizmatlar obyektini yashirin baholash so‘rovnomasi (anketa) to‘ldiriladi.

79. Yashirin baholash natijalari bo‘yicha Markaz uch ish kuni mobaynida so‘rovnomani tahlil qiladi va turistik xizmatlar obyektiga tegishli tavsiyalar beradi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish uchun yashirin baholash natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi.

Yashirin baholash natijalari bo‘yicha Markaz tomonidan turistik xizmatlar obyektiga nisbatan biron-bir chora ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yashirin baholash natijalaridan inspeksiya nazorati davomida foydalanilishi mumkin.


Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish