O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 311,81 Kb.
bet21/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   179
Bog'liq
14-savol

5-§. Sertifikat berish

Oldingi tahrirga qarang.

39. Ariza beruvchi ushbu Nizomning 33-bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartlarni bajargan kunning o‘zida Markaz ushbu Nizomning 13 va 14-ilovalariga binoan shaklda sertifikat rasmiylashtiradi va uni Sertifikatlashtirish milliy tizimining Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi.



(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)

Rasmiylashtirilgan sertifikat QR-kod sanoqli tizimidan foydalangan holda elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.

40. Ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra sertifikat maxsus blankda rasmiylashtirilishi va ariza beruvchining tegishli tarzda vakolatlangan vakiliga imzolab berilishi mumkin.

Sertifikat blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqami va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi, blankalar Markazga blankalarni zarur miqdorda beradigan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurtmasiga binoan “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlanadi.

41. Amaldagi sertifikat uning egasiga muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini, joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlariga nisbatan esa tasniflash tizimiga muvofiq berilgan toifani qo‘llashga huquq beradi. Turoperator, joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlari ko‘rsatish vaqtida amaldagi sertifikat egalari muvofiqlik belgisidan sertifikatning amal qilish muddati davomida o‘zlarining reklama va axborot materiallarida foydalanishlari mumkin.

Ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlarini ko‘rsatish uchun sertifikatda tasniflash tizimi bo‘yicha ularning toifasi ko‘rsatiladi yoki ko‘rsatib o‘tilmaydi.

Joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlarga nisbatan har bir joylashtirish vositasi, tog‘ chang‘isi trassasi va plyajga alohida sertifikat beriladi.

Turoperator xizmatlariga nisbatan xizmat ko‘rsatiladigan har bir joyga alohida sertifikat beriladi.

42. Sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan faoliyatni keyinchalik amalga oshirish uchun sertifikatning amal qilish muddati tugaguncha uch oydan kech bo‘lmagan vaqtda sertifikat egasi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qayta sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Markazga murojaat qilishi kerak.

43. Sertifikat egasi:

normativ hujjatlarga va ushbu Nizom talablariga, bitim shartlariga rioya qilishi;

xizmatlarga doir sertifikatni qo‘llash va ilova hujjatlarini muvofiqlik belgisi bilan belgilash qoidalariga va normativ hujjatlar talablariga binoan joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlarga berilgan toifani ishlatish qoidalariga rioya qilishi;

barcha manfaatdor shaxslarga sertifikat bilan bemalol tanishish imkoniyatini ta’minlashi;

ushbu Nizomning 2, 3 va 4-ilovalariga muvofiq shakllarda taqdim qilingan ma’lumotlarning o‘zgarishi va menejmenti tizimidagi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida Markazga bir oy davomida axborot berishi;

o‘z sertifikatini qo‘llash huquqini uchinchi shaxslarga bermasligi;

faoliyatni to‘xtatish, qaytadan tashkil etish yoki joylashgan joyini yoki xizmat ko‘rsatish joyini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida sertifikatning asl nusxasini ilova qilgan holda Markazga yozma xabar berishi;

sertifikat egasini tugatish, uning faoliyatini to‘xtatish, uning qaytadan tashkil etilishi yoki qayta sertifikatlashtirishdan bosh tortish vaqtida sertifikatning amal qilish muddati tugaguncha o‘zining xizmat ko‘rsatishini to‘xtatishini ta’minlashi kerak, ushbu Nizom 80-bandining “b” kichik bandiga muvofiq sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar bundan mustasno.


Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish