O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Sertifikatlashtirish tartibi



Download 311,81 Kb.
bet17/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   179
Bog'liq
14-savol

2-bob. Sertifikatlashtirish tartibi

1-§. Sertifikatlashtirish uchun ariza berish

7. Sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Markazga elektron shaklda Markazning rasmiy veb-sayti orqali ariza va unga ilova qilingan hujjat va ma’lumotlarni yuboradi.

8. Turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:

normativ hujjatlar talablariga binoan turizm sohasida ma’lumotga va/yoki malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan ariza beruvchining xodimlari to‘g‘risida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotlar;



Oldingi tahrirga qarang.

(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)

Oldingi tahrirga qarang.

ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ariza beruvchi tomonidan turoperator xizmatini tashkillashtirish uchun tuzilgan shartnomalar (transport va ekskursiya xizmatiga, joylashtirish, gid-tarjimonlar xizmatiga, ovqatlanish, ko‘ngilochar va dam olish, turagentlik xizmatlariga hamda turistlarni qabul qiluvchi davlatlardagi xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar va boshqalar) ro‘yxati.



(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 722-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son)

9. Joylashtirish vositalari xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:

normativ hujjatlar talablariga binoan turizm sohasida ma’lumotga va/yoki malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan ariza beruvchining xodimlari to‘g‘risida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotlar;

vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga joylashtirish vositasining muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yong‘in va sanitariya-gigiyena xavfsizligi va lift jihozlaridan xavfsiz foydalanish) xulosa (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech bo‘lmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan joylashtirish vositalari uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar o‘rniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin;

ko‘chmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar, shu jumladan bunday mulkning ijara shartnomasi;

mehmonlar xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish (dezinfeksiya, yong‘in signalizatsiyasi tizimi va liftlarga texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida) sifatini ta’minlash bo‘yicha tegishli xizmatlar bilan shartnomalar nusxalari.

10. Tog‘ chang‘isi trassalari xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi kerak:

normativ hujjatlar talablariga binoan qutqaruv xizmatlarini attestatlash organida attestatsiyadan o‘tgan ariza beruvchining xodimlari, qutqaruv bo‘linmalari va qutqaruvchilari to‘g‘risida ushbu Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotlar;

vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga tog‘ chang‘isi trassalarining muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yong‘in va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, ekologik talablarga muvofiqligi va ekologik ekspertiza obyektini realizatsiya qilish mumkinligi yoki mumkin emasligini to‘g‘risida davlat ekologik ekspertizasi, tog‘ ko‘chkilari xavfi bo‘yicha va osma kanat yo‘lini xavfsiz ekspluatatsiya qilish) xulosa (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech bo‘lmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan tog‘ chang‘isi trassalari uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar o‘rniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin;

ko‘chmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar, shu jumladan bunday mulkning ijara shartnomasi;

trassa nomi ko‘rsatib o‘tilgan holda tog‘ chang‘isi trassasining 1:5000 masshtabdagi sxemasi (xaritasi, rejasi);

tog‘ chang‘isi majmuasi hududidagi obyektlarning joylashish reja-xaritasi.

11. Plyaj xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagilar ilova qilinishi lozim:

normativ hujjatlar talablariga binoan qutqaruv xizmatlarini attestatlash organida attestatsiyadan o‘tgan ariza beruvchining xodimlari, qutqaruv bo‘linmalari va qutqaruvchilari to‘g‘risida ushbu Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq shakldagi ma’lumotlar;

vakolatiga xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga plyajlarning muvofiqligini tasdiqlash kiradigan, vakolatlangan nazorat organlarining (yong‘in va sanitariya-gigiyena xavfsizligi, suv sifati bo‘yicha laboratoriya nazorati va plyaj akvatoriyasi tubini g‘avvoslar tomonidan tekshirish natijalari bo‘yicha) xulosa (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech bo‘lmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangidan tashkil etilgan plyajlar uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar o‘rniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etilishi mumkin;

ko‘chmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar, shu jumladan bunday mulkning ijara shartnomasi;

plyaj hududidagi obyektlarning joylashish reja — xaritasi.

12. Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra ariza beruvchining ko‘rsatilayotgan xizmatlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlar arizaga ilova qilinishi mumkin.




Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish