4-bob. Faoliyati turizm sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan jamoat tashkilotlari faoliyatini institutsional qo‘llab-quvvatlash
22. NNTlarni institutsional qo‘llab-quvvatlash uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatish quyidagi yo‘nalishlardagi xarajatlarini qoplash uchun amalga oshiriladi:
a) xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash;
b) xorijiy hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish;
v) turizm sohasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xizmat safari xarajatlarini qoplash;
g) O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlarni o‘tkazish uchun maydonlarni ijaraga olish;
d) O‘zbekistonning turizm salohiyatini rivojlantirishga;
e) turizm brendini xalqaro bozorlarda targ‘ib qilishga;
j) yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlarini joriy qilishga;
z) turizm sohasidagi loyihalarning texnikaviy-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan boshqa xarajatlar.
23. Beg‘araz moliyaviy yordamning umumiy hajmi yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 10 ming barobarigacha miqdorni tashkil etib, Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasida tasdiqlanadi.
24. NNT o‘rtasida moliyaviy yordam mablag‘larini taqsimlash Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
25. NNT Qo‘mitaga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda talabnoma va ariza bilan murojaat qiladi.
26. Komissiya NNT arizalarini Qo‘mitaning rasmiy veb saytida (www.uzbektourism.uz) institutsional qo‘llab-quvvatlash uchun arizalar qabul qilish boshlanganligi haqidagi xabar rasman e’lon qilingan sanadan boshlab 30 kun davomida qabul qiladi.
27. Komissiya tomonidan arizani ko‘rib chiqish muddati arizalarni qabul qilish tugagan kundan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.
28. Komissiya tomonidan talabnoma va arizalar o‘n ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi va quyidagi mezonlar asosida beg‘araz pul mablag‘lari ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi:
a) xarajatlarning asoslanganligi;
b) muayyan yil uchun amalga oshirladigan ishlar taqvimiy rejasi (keyingi o‘rinlarda — reja)ning ishlanganligi, sifati va batafsillik darajasi;
v) rejaning turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi;
g) tadbirlarning dolzarbligi va kutiladigan natijaning realligi;
d) shunga o‘xshash maqsadlarga erishishda tajribaning mavjudligi.
Komissiya mablag‘lar ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror nusxasini qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida ariza beruvchiga yuboradi.
29. Beg‘araz moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni aniq ko‘rsatgan holda qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida talabgorga yuboriladi.
Talabgor qarorni olgandan keyin bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, qayta kiritish huquqiga ega.
30. Komissiya tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilmasdan kiritilgan arizalar qayta ko‘rib chiqilmaydi.
31. Ajratiladigan mablag‘lar miqdori NNT talabnomasida ko‘rsatilgan loyiha, taqdimotlar va boshqa hujjatlar bilan asoslangan summaga bog‘liq bo‘ladi.
32. Beg‘araz moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish Komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi. Qaror bayonnoma asosida rasmiylashtiriladi.
33. Qo‘mita NNTlar bilan rejadagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro beg‘araz moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish bo‘yicha shartnoma tuzadi.
34. NNT qoida tariqasida bir yilda bir marotaba ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |