distribyutorlik bitimi — ishlab chiqaruvchi kompaniya va distribyutor o‘rtasida tuziladigan bitim bo‘lib, unda distribyutor yetkazib beruvchidan tovarlarni sotib olish va muayyan hududda targ‘ib qilish/realizatsiya qilish majburiyatini oladi;
institutsional qo‘llab-quvvatlash — turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash, xorijiy sheriklar bilan aloqa o‘rnatish, xizmat safari xarajatlari, ko‘rgazmalarni o‘tkazish maqsadida maydonlarni ijaraga olish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun faoliyati turizm sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — NNTlar) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ajratiladigan pul mablag‘lari;
Do'stlaringiz bilan baham: |