O'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik programmalar, va ommviy axborot yetqazishning boshqa shakllari. Ommaviy axborot vositalari deganda qonunshunos "keng ommaga mo`ljallangan nashriy, audio, audiovizual va boshqa ma`lumot va materiallarni tushunadi". Ommaviy axborot vositalarining maqsadi muayyan jamiyatning ma`naviy boyliklarini qaror toptirish hamda kishilarning xulq-atvori va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki tashkiliy ta`sir o`tkazishdan iborat. Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib o`zatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin bo`ldi. Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining komplekslari "ommaviy informatsia va propaganda vositalari" yoki "Ommaviy axborot vositalari" deb atala boshladi. OAV axborot manbai hamda axborotni qabul qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi. Axborot manbai uni qabul qilib oluvchi bilan matbuot, radio va tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali boglangan bo`ladi. Yevropa kengashining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish to`g`risidagi Konvensiyasida axborot huquqlari va erkinliklari bo`yicha belgilab qo`ylgan qoidalar yanada rivojlantirildi. Jumladan, uning 10- moddasida bayon etilishicha, har bir inson o`z fikrini erkin ifoda qilish huquqiga ega. Bu huquq o`z fikrini asos tutish erkinligi va axborotlar hamda g`oyalarni davlat idoralari tomonidan hech qanday aralashuvsiz va davlat chegaralariga bog`liq bulmagan holda olish va tarqatish erkinligini o`z ichiga oladi. Mazkur modda davlatlarga radio eshittirish, televizion yoki kinematografiya korxonalariga litsenziyalashni amalga oshirishga to`sqinlik ko`rsatmaydi. Rossiya Federatsiyasining Ommaviy Axborot Vositalariga tegishli qonunlari bugungi kunda faqatgina federal darajada 30ga yaqinni tashkil qiladi. 1995 yil 13 yanvarda qabul qilingan "Davlat hokimiyati faoliyatini davlat ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi to`g`risida"gi №7 Federal qonunida bir qator OAV vakillarini, avvalo elektron matbuotni tartibga soladi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 144- moddasi jo`rnalistning kasbiy faoliyatiga to`sqinlik qilishga qattiq choralar ko`radi (3 yilga ozodlikdan mahrum qilib, muayyan lavozimni egallashni taqiqlaydi). Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksi 129 va 130 moddalari OAV yordamida haqorat va tuhmat qilishga yuqoli darajadagi jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 137- moddasi shaxsga g`arazli yoki boshqa shaxsiy qiziqishi tufayli va u shaxsni qonuniy huquk va erkinliklariga zarar yetkazgan holda sodir etilib shaxsni shaxsiy yoki oilaviy sirini OAVorqali tarkatishga qattiq choralarni nazarda tutadi. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 282- moddasi Ommaviy axborot vositalarini milliy, irqiy yoki diniy adovatni keltirib chiqarish uchun ishlatilishini jinoiy-huquqiy javobgarligini tartibga soladi
Germaniya Konstitutsiyasining 5-moddasida "Har kim o`z qikrini ogzaki, yozma ravishda va tasvirlar vositasida ifodalash hamda tarqatish, hamma uchun qulay bo`lgan manbalardan bilimlarni bemalol olish huquqiga egadir. Matbuot va axborot erkinligi radio va kino vositasida kafolatlanadi. Senzura yo'q".
Avstriya Federatsiyasining 1967 yil 21 dekabrida qabul qilgan qonuni (1974,1989 yilgi o`zgarishlar bilan) 13- moddasida: "Har kim qonun doirasida o`z fikrini ogzaki, yozma tarzda, matbuot va badiiy tasvirlar vositasida ifodalash hukuqiga egadir.Matbuot senzuraga duchor qilinishi ham, ruxsat etuvchi tizim vositasida cheklashlarga duchor qilinishi ham mumkin emas. Mamlakat ichkarisida nashr qilingan bosma asarlarga ma`mauriy pochta ta`qiqlari qo`llanilmaydi" deyilgan.
Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 50- moddasida: "Har bir shaxe qonuniy yo`l bilan axborot izlash, qo`lga kiritish, topshirish, tuzish va tarqatish erkinligi huquqiga egadir. Ommaviy axborot erkinligi kafolatlanadi. Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan matbuotda davlat senzurasi taqiqlanadi" deyilgan.Kanadada matbuot hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat olib boradi, senzuraga yo`l qo`yilmaydi. Fikr bildirish erkinligi 1982 yili.
Kanada huquqlar va erkinliklar Hartiyasini qabul qilinishi bilan o`rnatib qo`yilgan. Hartiyada har bir kishiga fikr, qarashlar va ularni yetkazish, hamda "matbuot va boshqa vositalar erkinligi" belgilab qo`yilgan. Kanadadagi teleradioeshittirishlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy akt bu 1967-1968 yillarda qabul qilingan Kanada radioeshittirishlar soxasidagi siyosat yuritishi to`g`risidagi Qonun hisoblanadi.