O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida davlat funksiyalarining o‘zgarishi va yangilanishi



Download 212 Kb.
bet8/12
Sana18.03.2022
Hajmi212 Kb.
#499860
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 5462930093905023682

Beshinchi ustuvor maqsad – vazifa “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” siyosiy qurilish dasturini hayotga joriy etishga safarbar nodavlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini keskin oshirishdir. Bundan asosiy maqsad - ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar bilan bog'liq ko'p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqich-bosqich jamoat tashkilotlariga o'tkaza borish.
Ma'lumki, nodavlat va notijorat jamoat tashkilotlariga davlatga qarashli bo'lmagan, ammo ma'lum qonunlar yoki me'yoriy hujjatlarda belgilab qo'yilgan tartib-qoidalarga bo'ysungan holda faoliyat ko'rsatadigan tashkilotlar kiradi. Hozirgi paytda mamlakatiimzda, jumladan, 3 minglan ziyod nodavlat, notijorat tashkiloti faoliyat ko'rsatmoqda. ular o'z maqsadlari va maqomlariga qarab, mahalla qo'mitalari, xotin-qizlar qo'mitalari, turli jamg'armalar, hukumatga qarashli bo'lmagan huquqni himoya qilish, inson huquqyularini himoya qilish, ziyoli ijodkorlar (yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, arxitektorlar, faylasuflar jamiyati va hakozo) milliy madaniy markazlar, xalqaro jamg'armalar va boshqa bir qator tashkilotlardir.
Bu tashkilotlar davlat tomonidan mablag' olmasdan fuqarolar, yoshlar, ziyoli ijodkorlarning faolligiga tayangan holda, ixtiyoriy ravishda uyushmalari asosida vujudga keladi. Ammo ularning ayrimlari dastlabki paytlarda davlat tomonidan mablag' bilan ta'minlanishi ham mumkin. Chunki ular, bir tomondan, hokimiyat uchun kurashni maqsad qilmaydilar, balki davlat faoliyatini barqarorlashtirishda fuqarolarning manfaatlarini, xususan, ularning moddiy sharoitlarini yaxshilash, dam olish, sog'liqlarini tiklash huquqlarini ta'minlanishi va boshqa bir qator ijtimoiy muammolarni yaxshilashda hokimiyat bilan hamkorlik qiladilar va ana shu masalalarni hal etilishida hokimiyatga o'z ta'sirini o'tkazib boradilar.
Jamiyat hayotida nodavlat, jamoat tashkilotlari va o'zini o'zi boshqarish organlarining qonuniy o'rni, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo'jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim. Shu o'rinda savol tug'ilishi mumkin: bunday vaziyatda davlat tizimning roli nimadan iborat bo'ladi?
Bu masalada davlatning roli, avvalo, iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi ustuvor yo'nalishlarni aniqlashga, qabul qilingan qonunlar va huquqiy normalarning barcha tomonidan so'zsiz bajarilishini ta'minlashga, tashabbus va tadbirkorlikni rag'batlantirishga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasida raqobat muhitini qaror toptirish uchun zarur va hammaga barobar bo'lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratmog'i lozim.
Birinchi yo'nalish jamiyatda “Adolat - qonun ustuvorligida”, degan hayotiy tamoyilga qat'iy amal qilib yashash uchun sharoit yuzaga keltirish maqsadini ham qamrab oladi. O'z navbatida, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tish jarayoni ham qonun asosida, qonun ustuvorligida huquqiy negizda kechmog'i darkor. Bugungi kunda amalda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, nodavlat, notijorat tashkilotlari, vijdon erkinligi, saylovlar to'g'risidagi qonunlar, fuqarolik va Soliq kodekslari kabi qonun hujjatlari yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muayyan huquqiy asoslari yaratilganidan dalolat berib turibdi.
Qonunlar ijrosini ta'minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bo'lgan me'yoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek, “Shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funktsiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug'ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko'paytirsak, amaldorlarning zo'rovonligi va korruptsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo'l yo'q”.
Har bir fuqaroda da'vogarlik hissini tarbiyalash biz qurayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining tamal toshlaridan biridir. Yo'lboshchimiz uqtirganidek, “Jamiyatda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish ta'minlanganda u chinakam - huquqiy, fuqarolik jamiyati bo'ladi. Har bir kishi o'z huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi lozim. Huquqiy davlatning asosiy belgisi - barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta'minlanishidir”. Kimki Konstitutsiya, amaldagi qonunlar, Prezident farmonlari va Hukumat qarorlarni yaxshi bilsa, unda da'vogarlik hissi o'tkirlashadi. Afsuski, ko'pchilik fuqarolarimiz o'z haq-huquqlarini, ularni qay tartibda, qaysi idora orqali amalga oshirishni to'liq bilinmaydi. Bilganlari ham rad javobini olishganda, sud chdarajasigacha nizolashish tartibidan, ya'ni o'z haq-huquqlarini talab qilib, qaysi idoraga, qay tartibda shikoyat qilishdan bexabar.
Shuningdek, fuqarolarimiz mehnat huquqlarini ham yaxshi biladi, deb olmaymiz. Shu bois ishsiz yurganlar, ish topaolmayotganlar ham ancha. Konstitutsiyamizning 37-moddasida har bir fuqaroning mehnat qilish, ishsizlikdan himoyalanish huquqi belgilab qo'yilgan. Ish topolmagan kishi o'zi yashab turgan hududdagi mehnat va bandlik idorasiga ish bilan ta'minlashni so'rab murojaat etishi lozim. Bu idoralar uni ish bilan ta'minlaydi, ungacha ishsizlik maqomi berib, nafaqa belgilaydi, kasbga o'qitadi.
Lekin bu idoralarga ish izlab yurgan hamma fuqarolar ham murojaat etishmayapti. Murojaat etmaganlarning aksariyati ishsizlikdan himoyalanish, ish bilan ta'minlanish huquqlarini bilishmaydi. Yana fuqarolarimizning mehnat qilish, ishsizlikdan himoyalanish huquqlaridan foydalana olmasliklariga, ya'ni da'vogarlik hissini sustligiga istagancha misollar keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilishda xalqning ko'magiga, fuqarolarimizning faolligiga tayanish lozim.
Beshinchi yo'nalish bilan aloqador yana bir vazifa - markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga o'tkaza borishni ta'minlashdir.
Prezident Islom Karimov “Ko'p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o'tkaza borishni taqozo etadi”, deb ta'kidlaganlari bejiz emas. Bundan tashqari mahalla ijtimoiy nazorat shakli sifatida mamlakatda qabul qilinayotgan qonun va uning normalarini amalga oshiruvchi sifatida ham namoyon bo'lmoqda va bu bilan amalda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini ro'yobga chiqarmoqda.

Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish