O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida davlat funksiyalarining o‘zgarishi va yangilanishi.
Reja:
KIRISH
1.1.Huquqiy davlat nazariyasining tarixiy manbalari
1.2«Huquqiy davlat» tushunchasi va mohiyati
2.1. Jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilashning yangi sifat bosqichi.
2.2. Demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
Huquqiy davlat nazariyasining tarixiy manbalari
Kishilik jamiyati turmushida siyosiy, davlat-huquqiy munosabatlar paydo bolgan qadim davrlardan boshlab adolatli davlat tuzumi, qatiy tartibot, qonunlarga muvofiq yashash haqidagi oy-fikrlar, qarashlar va goyalar ham shakllangan. Onlab asrlar otdi, turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlar zohir boldi, insonlarning necha-necha avlodlari tarix sahnasiga kelib ketdi. Har bir avlod ozidan avval otgan avlod yaratgan ijtimoiy fikr, goya va talimotlarni oziga singdirib, ularni shaxsiy tajribasi bilan boyitib, keyingi avlodlarga meros etib qoldirdi. Ana shunday uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib sayqal topgan olmas goyalardan biri huquqiy davlat nazariyasidir.
Shak-shubhasiz, huquqiy davlat togrisidagi talimotni insoniyatning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy fikr xazinasi durdonalari qatoriga kiritish lozim. Binobarin, tarixiy tajriba ham, hozirgi zamon ilgor taraqqiy etgan davlatlarining voqeligi ham bu nazariyaning hayotiyligini va ijtimoiy qadr-qimmatga ega ekanligini tasdiqlamoqda.
Navqiron mustaqil respublikamizda demokratik huquqiy davlatchilikni barpo etish vazifasi va uning nazariy dasturini ishlab chiqib hayotga joriy etish zaruriyati ijtimoiy fan va amaliyot oldiga qator masuliyatli vazifalarni qoydi. Bu masala xususida turli tasavvurga ega bolish uchun huquqiy davlat haqidagi talimotning tarixini chuqur tahlil etish, uning manosini, asosiy prinsiplari va ozga xususiyatlarini, ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni tashkil etish va faoliyatiga xos shakl hamda usullarni bilish lozim. Muhimi, bizning huquqiy davlatchilikka qarab harakatlanish yolimizning mantigi, mazmuni va istiqbollarini oydinlashtirib olishdir.
Huquqiy davlat muayyan nazariy talimot va tegishli amaliyot sifatida uzoq va ibratli tarixga ega. «Huquqiy davlat» iborasi ilk bor XIX asrning birinchi choragida nemis huquqiy adabiyotida oz ifodasini topdi va mustahkamlandi (masalan, K.T. Velker, Rudolf fon Mol va boshqalarning asarlarida). Ingliz adabiyotida bu ibora ishlatilmaydi, malum manoda shu iboraga ekvivalent hisoblangan «huquq hukmronligi» (rule of law) iborasi qollaniladi.
Biroq huquqiy davlatchilik goyasini, manosi va tushunchasini ifodalovchi nazariy falsafiy konsepsiyalar ancha qadim zamonlardanoq shakllana boshlagan. Ilgor burjua siyosiy va huquqiy fikri maydonga kelayotgan chogda yangi falsafiy dunyoqarash antifeodal, dunyoviy, antiteologik va antiklerikal qarashlarga qarshi, feodal istibdodi va qonunsizlikka, absolutizm va mustabid rejimlarga qarshi huquqiy davlat haqida goyalar jadal targib qilina boshlandi. Bunda insonparvarlik, barcha kishilarning erkinligi va tengligi, inson huquqlarining ajralmasligi, ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni uzurpatsiya qilinishiga qarshi hokimiyatlar taqsimlanishi, konstitutsionalizm va boshqa prinsiplar ilgari surildi.
Ilgor mutafakkirlar G. Grotsiy, B. Spinoza, D. Lokk, SH.L. Monteskye, T. Jefferson va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy davlatchilik goyasi va konsepsiyalari ozining yangiligi bilan har qancha tariflanmasin, ular baribir otmish tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va huquqiy talimotlarga va amaliy tajribaga, sinalgan umuminsoniy qadriyatlar va gumanistik ananalarga tayangandir. Huquqiy davlatchilik haqidagi nazariy tasavvurlar va amaliy tajribaning shakllanishiga kop jihatdan qadimgi Xitoy, Sharq, Yunoniston va Rim falsafiy, siyosiy-huquqiy qarashlari, goyalari, talimotlari, shuningdek antik demokratiya, respublikachilik va huquqiy tartibot institutlari katta tasir korsatgan.
Qadim zamonlardanoq huquq bilan hokimiyatning ozaro bogliqligi, ozaro munosabati va mutanosibligi, ularning harakat yunalishlarini birbiriga muvofiqligini taminlashning shakllari, usullari va prinsiplari izlana boshlangan. Davlat va huquq togrisidagi tasavvurlar chuqurlashib borishi jarayonida osha davrlardayoq ijtimoiy turmushning, oqilona va adolatli siyosiy shakllari haqidagi goyalar shakllangan. Bunda huquq ijtimoiy hokimiyatga tayangan holda umummajburiy qonunga aylanishi, oz navbatida, huquqni tan oluvchi ijtimoiy hokimiyat esa unga muvofiq ozini chegaralab adolatli davlat hokimiyati sifatida maydonga chiqishi nazarda tutilgan.
Huquqiy davlat togrisidagi tasavvurlarni rivojlantirishda antik davr allomalari ham salmoqli hissa qoshganlar. Ular ichida, masalan, Solon, Arastu va boshqalar «kuch bilan huquqning qoshilishidan qonun hukmronligi togrisidagi qoidalar»ni; Suqrot, Aflotun, Arastu, Polibiy, Sitseron «boshqaruvning togri va notogri shakllarini farqlash togrisidagi mulohazalar»ni; Demokrit, safizm vakillari «tabiiy va irodaviy ornatilgan huquqning nisbati haqidagi fikrlar»ni; ayrim sofistlar, stoiklar, rim yuristlari «tabiiy huquqqa muvofiq insonlarning tengligi togrisidagi qarashlar»ni; Arastu «huquqning adolat va siyosiy munosabatlarni tartibga soluvchi meyor ekanligi togrisidagi goyalar»ni; Sitseron «davlat xalq ishi» ekanligi, «davlat huquqiy muloqot va umumiy huquqiy tartibot ekanligi haqidagi qarashlar»ni va boshqalarni ilgari surdilar.
Feodal absolutizmiga qarshi adolatparvarlik va huquqiy voqeliklarni burjuaziya manfaati nuqtai nazaridan talqin etgan XVII asrda yashagan klassik ingliz olimi J. Lokkdir. Uning talqinida huquqning hukmronligi goyasi shunday davlatni anglatadiki, unda tabiiy huquqqa mos keluvchi va insonlarning ajralmas tabiiy huquqini hamda shaxs erkinligini ifodalovchi va hokimiyatlar taqsimlanishiga asoslanuvchi qonunning ustuvorligi amal qiladi. Lokk huquq hukmronlik qiluvchi davlatni despotizmga qarama-qarshi qoyadi.
Xalq suvereniteti va ijtimoiy shartnoma davlatchilikning huquqiy asosi va manbaini tashkil etadi, degan goyaga tayanib Lokk «hokimiyatning har qanday gayriqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan qarshilikning qonuniyligi talimoti»ni isbotlab chiqdi. Huquqiy davlat sharoitida shaxsning huquq va erkinligi haqidagi klassik liberal talimotning kopgina qoidalari ham Lokka tegishlidir. «Odamlarning erkinligi shu jamiyatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyat ornatgan doimiy qoida bilan belgilanadi; bu qonun bilan taqiqlanmagan hamma hollarda oz shaxsiy istagiga rioya etishdir. Bu prinsip keyinchalik mustahkamlangan «qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi», degan qoidadan faqat soz ifodasi jihatidan farq qiladi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi togrisidagi yangi tasavvurlarni XVIII asrda yashab ijod etgan SH.L. Monteskye izchil tizimga keltirgan. U har qanday davlatda uchta hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini farqlaydi. Hokimiyat tomonidan qilinishi mumkin bolgan zoravonliklar va suiistemolliklarni bartaraf etish uchun shunday tartib ornatilishi kerakki, bunda turli hokimiyatlar bir-birini ozaro tiyib turishi lozim. Hokimiyatlarning taqsimlanishi va ozaro bir-birini tiyib turishi, Monteskyening fikricha, davlat tuzilishiga nisbatan siyosiy erkinlikni taminlashning asosiy sharti hisoblanadi. Erkinlik qonun bilan ijozat etilgan har qanday ishni qilish huquqidir.
Huquqiy davlat nazariyasining falsafiy isboti va talqini I. Kant qalamiga mansubdir. Uning davlat va huquq haqidagi qarashlari «Felatvor metafizikasining asoslari togrisida» (1785), «Amaliy aql tanqidi» (1788), «Huquq togrisidagi talimotning metafizik asoslari» (1797), «Boqiy dunyoga» (1793) asarlarida bayon etilgan.
Kant falsafasining mohiyati, uning oz tabiri bilan aytganda, transsendental idealizmdan iborat bolib, obyektiv olamni uni organuvchi subyektning ongidan tashqari anglash mumkin emasligidadir.
I. Kant davlatga ham idealistik pozitsiyadan yondashadi. «Davlat, deydi u, bu huquqiy qonunlarga itoat etuvchi kishilar jamoasining birligidir». Kant fikriga kora: davlatning farovonligi davlat tuzilishining huquqiy prinsiplar bilan oliy darajada muvofiqlashganligiga bogliqdir; bunday muvofiqlikka bizni qatiy imperativ orqali aql majbur qiladi. Kant falsafasida davlatchilik sohasida qatiy imperativ talablarini amalga oshirish davlatning hokimiyatlar taqsimlanishi bilan birga huquqiy tashkil etilishidir. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi mavjudligi yoki yoqligi munosabati bilan u boshqaruvning ikki shaklini: respublika (mohiyatan bu huquqiy davlatdir) va despotiyani bir-biriga qarama-qarshi qoyadi.
I. Kantning xalq suvereniteti goyasidan kelib chiquvchi nazariyasida qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarni chegaralash hal qiluvchi kasb etadi. «Respublikanizm, deb yozadi u, ijroiya hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratishning davlat prinsipidir; despotizm davlat qonunlarini ozboshimchalik bilan ijro etish prinsipidir; bunda ijtimoiy iroda hokimning xususiy irodasi sifatida maydonga chiqadi». Qonun chiqaruvchi hokimiyatga nisbatan I. Kant quyidagi cheklovchi prinsipni ifodalaydi: xalq oziga nisbatan hal eta olmagan (yani oziga ravo kormagan M.M.) narsani qonun chiqaruvchi xalqqa nisbatan hal eta olmaydi.
Agar I. Kant talimotida huquqiy qonunlar va huquqiy davlat mavjud bolishi kerak bolgan narsalar bolsa, Gegelda ular real voqelikdir, yani insonlar voqeligining, shaxsning, oilaning va jamiyatning huquqlarini muayyan shaklda aqlni amaliy realizatsiya qilinganligidir.
Davlat, Gegelning fikricha, u ham huquqdir, yani konkret huquq, dialektik talqinga kora, eng rivojlangan va mazmunan boy huquqdir, barcha abstrakt huquqlarni oziga qamrab oluvchi butun huquq sistemasidir. Davlat huquqiy ehrom choqqisiga qoyiladi. Davlat individ va jamiyat ustidan qoyilib, goyo «xudoning bu dunyodagi saylyurishi» sifatida koklarga kotarib maqtaladi. Gegel huquqiy etatist. U huquqiy davlatni olqishlaydi va ilohiylashtiradi.
Gegelning fikricha, inson erkinligi hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipiga asoslangan (podshoh, hukumat va qonun chiqaruvchi hokimiyat) konstitutsion monarxiya sharoitida taminlanadi. Davlatda hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi «ijtimoiy erkinlikning kafolatidir»3. Umuman huquqiy davlatning gegelcha konstruksiyasi togridantogri va qatiy tarzda zoravonlikka, huquqsizlikka va xususiy shaxslar, siyosiy birlashmalar va davlat hokimiyati tomonidan kuch ishlatishning har qanday gayrihuquqiy shakllariga qarshi qaratilgan.
Qadimgi Sharq, shu jumladan Markaziy Osiyo hududida otmishda yashab ijod etgan alloma bobokalonlarimiz ham huquqiy davlat, adolatli ijtimoiy tuzum haqida oz ilgor qarashlariga ega bolganlar. Insonlarning ozod, erkin va tenglik asosida munosabatda bolishlari, jamiyatda adolat va haqiqat tantana qilishi, shohlar marifatparvar va odil bolishlari haqidagi qarashlar Al-Xorazmiy, Al-Fargoniy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Xoja Axmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Ulugbek, Alisher Navoiy, Forobiy, Bedil va boshqalarning falsafiy talimotlarida ilgari surilgan.
Xususan, Xoja Samandar Termiziy ozining «Dastur al-muluk» asarida «Jonivor kuyiga tushib beaql ojarlik va nobop xatarli intilish qilayotgan kimsalarni qamchin bilan jazolangki, toki ular ozgalarga zarar yetkazmasinlar, aks holda boshqaruvda qatiy hokimiyatni taminlovchi tartibga putur yetadi. Kimki zorlik boltasi bilan adolatsizlik payini qirqmas ekan, u zamon bogida yosh umid daraxtini ostira olmaydi... Magar mamlakatni boshqaruvchi qonunlar zavol topsa, Dunyoning asosi barbod boladi».
Jaloliddin Davoniy fikriga kora: «Har qanday davlat tashkiloti ozining motadilligi bilan ajralib turadi, qonunlar esa oz tartibi bilan ijro etiladi. Bu qonundan chetga ketiladigan bolsa, har bir qoida qaramaqarshilik manbaiga aylanadi hamda u dostlik munosabatlarining buzilishiga, yomonlik va parokandalikka sabab boladi. Zero, har qanday davlatning asosini azolari qonun oldida teng bolgan jamiyatning ittifoqi va fikri tashkil etadi».
Hazrati Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy, adabiy va falsafiy qarashlari uni butun dunyoga buyuk gumanist, marifatparvar inson, erkinlik va adolat kuychisi sifatida tanitdi. Navoiy «odil podshoh» siymosini chizdi. Xalq farovonligi va madaniyatining ravnaqi bobida jon kuydirib, hukmdorlarni adolat va insofga chorladi: «Podshoh oz fuqarolari togrisida gamxorlik qilishi, umumxalq farogati yolida posbon bolishi; u xudoning noibi sifatida olloh singari saxovatli, rahmdil bolishi kerak; Podshoh rahm-shafqat va jazo berish manbai».
Navoiy ozining «Mahbub ul-qulub» asarida quyidagilarni yozadi: «Qozi musulmonlik binosining tayanchidir va musulmonlarning yaxshi va yomon ishlari yuzasidan hukm chiqaruvchidir Qozining mahkamasi shariat ilmining xazinasi bolmogi u hukm vaqtida oshnaga ham, begonaga ham bir saviyada qaramogi Qozi qonun yolidan bir qadam ham toymasligi togri yoldan chiqmasligi lozim Modomiki, hukm elning moli va joniga taalluqli ekan, qozining shiori togrilik va adolat bolmogi lozim».
Navoiyning bu fikrlarida huquqiy davlat asosini tashkil etuvchi qonuniylik, adolatlilik, sudlov hokimiyatining halol va bukilmas bolishi kabi prinsiplar oz ifodasini topgan.
Adolat tantanasiga chorlash, insonning erkin va ozod bolishi, uning dunyodagi eng oliy nemat ekanligini takidlash Umar Hayyom falsafasining negizini tashkil etadi. Uning tarixiy va adabiy asarlarida inson qadri benihoya ulugvorlik kasb etadi.
Yaqin otmishda yashab ijod etgan vatandoshimiz Abdurauf Fitrat ham ilgor fikr namoyandasi bolib, huquqiy davlat goyasi va amaliyotini ozbek davlatchiligi voqeligiga aylantirishga intilgan. Fitrat tomonidan tuzilgan va Yosh buxoroliklar qomitasi tomonidan tasdiqlangan «Islohotlar loyihasi»da ikki maqsad kozlangan edi: Buxoroda huquqiy davlatchilikni joriy etish; Buxoroni xalqning farovonligi va madaniyligi zaminida iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |