O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida davlat funksiyalarining o‘zgarishi va yangilanishi



Download 212 Kb.
bet2/12
Sana18.03.2022
Hajmi212 Kb.
#499860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 5462930093905023682

«Huquqiy davlat» tushunchasi va mohiyati
Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish istiqlolga erishgan xalqimizning asosiy strategik maqsadlaridan biridir. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ozining «Ozbekistonning oz istiqlol va taraqqiyot yoli» nomli asarida takidlaganidek, bizning pirovard maqsadimiz ijtimoiy yonaltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bolgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdir».
Darhaqiqat, Ozbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyat va davlat boshqaruvining xalqimiz tabiati va tarixiy ananalariga mos mukammal institutlarini yaratishga imkoniyat tugildi. Ushbu davrda yurtimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar tufayli jamiyat turli qatlamlarining manfaatlarini ifodalovchi hamda unga xizmat qiluvchi siyosiy tizim, davlat organlari tizimi, zamonaviy boshqaruv apparati shakllantirildi.
Huquqiy davlat, eng umumiy tarzda tariflanganda, bu huquq hukmronligi ornatilgan davlatdir. Aniqroq va batafsilroq tasniflaydigan bolsak, huquqiy davlat bu ijtimoiy-siyosiy hokimiyat tashkil etilishi hamda faoliyatining va uni huquqiy sohibi bolgan individlar bilan ozaro munosabatlarining huquqiy shaklidir.
Huquqiy davlatning mohiyati va mazmuni haqida chuqur bilimga ega bolish uchun uning asosiy xususiyatlari, belgilari va qirralarini tashkil etuvchi tarkiblarini jamlab organish lozim.
Bunday oziga xos va muhim belgilar (xususiyatlar)ni quyidagicha korsatish mumkin:
huquqiy qonunning oliyligi;
shaxs huquq va erkinliklarining realligi;
suveren davlat hokimiyatining hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi asosida tashkil etilganligi va faoliyat yuritishi.
Mazkur masalalarning har biriga alohida-alohida toxtalib otamiz.
Huquqiy davlatning mohiyatini qonunning ustunligi (oliyligi) tashkil etadi. Bu orinda shu narsa muhimki, har qanday qonunning ustunligini taminlash bu hali huquqiy davlatchilik vujudga keldi degani emas. Chunki, qonunlar oz mazmuniga kora turlicha bolishi mumkin. Masalan, mustabid, totalitar, avtoritar, fashistik davlatlarda nohaqlik, zoravonlik va johillikni ifodalovchi qonunlar amal qilishi mumkin. Bunday qonunlarning ustunligini taminlash huquqiy davlatchilik bilan hech qanday aloqasi yoq. Huquqiy davlatda tom manoda xalq irodasini ifodalovchi adolatli, demokratik, insonparvar qonunlarning ustuvorligi taminlanishi nazarda tutiladi. Xuddi shu manoda haqqoniy, huquqiy qonun haqida gapiriladi.
Qonun davlat faoliyati ozboshimchaligining mahsuli emas, balki u umuminsoniy qadriyatlarga, tenglik va adolatning demokratik huquqiy prinsiplariga mos bolishi kerak. Shaxs erkinligiga putur yetkazuvchi, uni davlat bilan munosabatlarda noteng subyektga aylantiruvchi qonunchilik qoidalari huquqiy davlat goyasiga qarama-qarshi keladi. Qonunda jamiyatda mavjud va shakllanayotgan ijtimoiy munosabatlar ozining bevosita va obyektiv ifodasini topishi lozim.
Davlat, uning barcha idoralari, mansabdor shaxslar va fuqarolar oz faoliyatida qonun bilan qatiy bogliq bolishi, qonunga zid, uning talablariga qarshi biron-bir xatti-harakatni qila olmasligi talab etiladi. Ayni vaqtda, qonunning hukmronligi prinsipi qonunning «mutlaq hukmronligi» degan ishonchni, har qanday masalani faqat qonun vositasi bilan hal qilish mumkin, degan «yuridik eyforiya»ni tugdirib chiqarmasligi kerak. Qonunning jamiyat hayotidagi roli katta, ammo u barcha muammo va «dard»larga yagona davo emas.
Huquqiy davlatda hokimiyatning diqqat markazida turadigan asosiy narsa bu fuqarolarning, shaxsning huquq va erkinliklarining kafolatlanganligidir. Huquq, qonun erkinlik va adolat meyori sifatida maydonga chiqadi. Qonun yordamida shaxs erkinliklarining taminlanishi huquqiy davlatning muhim funksiyasidir.
Fuqaro hamisha ozini erkin his etishi uchun sharoit yaratilgan bolishi, u davlatning homiyligiga tayana olishi, uning panohida va muhofazasida yashashi lozim. Unga tegishli siyosiy, ijtimoiy va shaxsiy huquqlar va erkinliklar kafolatlab berib qoyilishi kerak. Masalan, fuqaro oz fikrini erkin bildirish huquqiga, davlat idoralariga saylash va saylanish huquqiga, davlat idoralariga murojaat etish huquqiga, oz manfaatlarini ifodalash va himoya etish uchun siyosiy va ijtimoiy uyushmalarga birlashish huquqiga, shaxsiy daxlsizlik huquqiga, molmulk daxlsizligiga, aybsizlik prezumpsiyasi va shu kabi huquq va erkinliklarga ega bolishi lozim.
Shaxs huquqi va erkinliklarining kafolatlarini mustahkamlashning muhim sharti fuqarolar huquqlarini sud yoli bilan muhofaza etishni kengaytirishdir. Fuqarolar ozlarining har qanday huquqlari poymol etilgan taqdirda bu xususda shikoyat qila olishlari mumkin bolishi kerak. Oz navbatida, sud buzilgan huquqni adolat yuzasidan tiklashni ozining muqaddas burchi deb bilishi lozim.
Hokimiyatlar taqsimlanishi demokratik huquqiy davlat tabiatiga xos prinsipdir. Hokimiyatlar taqsimlanishi, har bir davlat hokimiyati organlarining vakolat doirasini qatiy chegaralab qoyish orqali huquqiy davlat huquqiy tarzda tashkillashadi va faoliyat yuritadi.
Adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki bir-biriga tobe bolmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bolishi shart. Ularning biron-bir organ yoki shaxs qolida mujassamlanishi jamiyatning umumiy manfaatlariga putur yetkazadi, suiistemolchiliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo sigishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qolda birlashtirilishi qonunning ustun bolishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashgul bolmay, qonun yaratish ishi bilan shugullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin.
Hokimiyatlar taqsimlanishi talimotida diqqatga sazovor asosiy narsa shuki, bunda uchta hokimiyatning vakolatlari qonun (Konstitutsiya)da belgilangan bolib, ular ozaro teng bolishi, bir-birlarining huquq va vakolatlariga daxl qilmasliklari lozim. Hokimiyatning uchchala bogini qonunga itoat etadi va qonun oldida teng mavqega ega boladilar. Mazkur talimotdagi yana bir muhim jihat bu hokimiyatlarning muvozanati, tengligini taminlash uchun ularning «ozaro bir-birini tiyib turish va ozaro qarama-qarshi tasir etish muruvvatlari tizimi» mavjud bolishidir. Hokimiyat idoralarining har biri ozlari uchun qonunda belgilangan davlat funksiyalarini mustaqil otish bilan birgalikda, oz huquqiy vositalari (vakolatlari) yordamida bir-birini muvozanatga chorlab turadilar, hokimiyat vakolatlarini bitta muassasa (shaxs) tomonidan qonunsiz ravishda tortib olinishi (uzurpatsiya qilinishi)ni bartaraf etadilar.
Hokimiyatlar taqsimlanishi bu nafaqat yuridik va tashkiliy prinsip, balki inson qadri nuqtai nazaridan ijtimoiy hayotning hokimiyat va erkinlik, qonun va adolatli huquq, davlat va jamiyat kabi qarama-qarshi jihatlarini uygunlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy prinsip hamdir.

Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish