Bu sohadagi vazifalar: ijtimoiy infratuzilmani, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini yana rivojlantirish, nafaqa bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish, aholini ekologik va boshqa xavf-
hatardan muhofaza etish. Bu dolzarb masalalarga davlatning e'tiborini har tomonlama kuchaytirish zaruriyati fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi bo'lgan ma'naviyat va ma'rifat sohasidagi, shaxsni munazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish zaruriyati bugungi kunda amaliy davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, desa bo'ladi.
Yurtboshimiz tomonidan yangi yilni inson omili va mezoni, uning manfaatlari bilan bog'liq Oila yili, Ayollar yili, Sog'lom avlod yili, Qariyalarni qadrlash yili, Obod mahalla yili, Mehr-muruvvat yili, deb belgilash an'anaga aylandi.
Buning siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati shundan iboratki, yil davomida insonga e'tibor qaratiladi va uning qadr-qiymati e'zozlanadi, odamlarning turmush farovonligini yanada yaxshilash, mehr-oqibatni kuchaytirish maqsadida ko'pdan-ko'p xayrli ishlar amalga oshiriladi.
Barchamiz yaxshi bilamizki, - deb ta'kidlaydi Islom Karimov, - fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma'naviyat va ma'rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olb borishdan iborat.
Bu hayotiy haqiqat, biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog'i hamda o'zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog'i lozim. Bu tizim markazida ma'naviyat, odob-axloq, ma'rifat kabi o'lmas qadriyatlar turmog'I kerak. Mana shunday chinakam insoniy fazilatlarga ega bo'lgan yoki ega bo'lishga intilgan odam demokratiya ne'matlarining oddiy iste'molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta'minlashi mumkin bo'ladi. shundagina inson o'z mamlakatining tom ma'nodagi munosib fuqarosi bo'la oladi.
Komil inson tarbiyasi Islom Karimov dunyoqarashi va tafakkurining yangi jamiyat barpo etish borasidagi barcha g'oya va ideyalarining markaziy muammosi bo'lib kelmoqda. Yurtboshimiz o'zining mustaqillikning dastlabki yillarida yaratilgan O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li nomli asarida bu masalani aniq ifodalab bergan edi. Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo'yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o'rtaga qo'yilgan maqsadlarga erishish o'zlariga bog'liq ekanligini, ya'ni bu narsa ularning sobitqadam g'ayrat-shijoatiga, fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog'liq ekanligini anglab olishlari kerak.1
Yurtboshimizning Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q, asarida komil inson shakllantirish muammosining dolzarbligi yanada yorqinroq va asosliroq ta'riflanadi.
Biz komil inson tarbiyasini, - deydi Prezident, - davlat siyosatining usutvor sohasi deb e'lon qilganmiz. Komil inson deganda bu, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunchamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo'lmaydi, u har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko'radi. O'z fikr o'yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo'ladi».2
Islom Karimov komil inson tarbiyasida asosiy e'tiborni yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan ta'limning uzluksizligiga, ta'lim sifatini, kasb-korini oshirish bilan bog'liq masalalarga qaratib shunday yozadi: Yuksak malakali mutaxassislar - taraqqiyot omili asarida shunday yozadi: Birovni o'qitadigan, tarbiya qiladigan inson, avvalo, o'zi har jihatdan barkamol bo'lmog'i shart. Zamon talablari shuki, professor va o'qituvchilar o'zlarida mavjud bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini, biz endi boshlagan yo'lni ilgari bosib o'tgan davlatlar tajribasini qunt va sabot bilan o'rganib, mag'zini chaqib, undan keyin o'z talabalariga saboq berishlari zarur.1
Umumiy xulosa shuni, O'zbekiston mustaqil davlat sifatida tsivilizatsiyalashgan konstitutsiyaviy demokratik huquqiy maqomiga ega bo'lish uchun qisqa davr ichida mustaqillik g'oyalarini shakllantirishdan uni amalga oshirish va takomillashtirishgacha bo'lgan murakkab tadrij bosqichlarni, yangi jamiyat qurilishining o'ziga xos yo'lini bosib o'tdi. Bu yo'l ijtimoiy-iqtisodiy va real
munosabatlarni, ularning ma'naviy-diniy e'tiqodlari, ruhiyati, mentaliteti hamda xulq-atvor normalaridan yo'g'rilgan dunyoqarashni inobatga olgan holda tanlandi.
Milliy ruh, ong va tafakkur, dunyoqarashi, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy ongi o'zgarishi asnosida ro'y berayotgan o'zgarishlar O'zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning hal qiluvchi bosh taqdirilomon omiliga aylanayotganligi, shubhasiz, o'z kutilgan samaralari bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |