O’zbekiston Respublikasida demografik vaziyat shakllanishining xususiyatlari
Reja:
O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi
Mustaqillik yillarida huquqiy demokratik fuqarolik jamiyati qurishning asosiy xususiyatlari
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari
O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o‘z qobiliyati va ehtiyojlarini to‘la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e’tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o‘z qobiliyati va ehtiyojlarini to‘la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e’tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o‘rni uning o‘ziga, salohiyatiga mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi.
1993- yil 2- sentabrda „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari — qishloq, posyolka sovetlari tuzilmaydigan bo‘ldi, ularning o‘rniga o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahalla qo‘mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko‘rsatmaydi, ularning bog‘liq tomonlari mavjud. Ular o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari „Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi qonunda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yo‘naltirib turadi.
Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining barcha muhim jihatlarini qamrab oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yo‘nalishlarini ifodalovchi ilmiy modelni yaratish vazifasi turibdi. Mohiyat jihatidan «fuqarolik jamiyati» iborasi ilmiy adabiyotlarda o‘ziga xos alohida mazmun-ma’no kasb etib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan yuqori darajada kamol topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi.
Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta’minlanishi, hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va iste’dodining bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan o‘lchanadi. Jamiyatning «fuqarolik» sifati bilan tavsiflanishida boy mazmun va teran ma’no bor. «Fuqarolik» (erkin inson) degan sifat belgisida yuqori taraqqiy topgan, komillikning cho‘qqisiga erishgan jamiyatning mohiyati aks etadi. Muayyan davlatga mansub bo‘lgan fuqarolar yashaydigan mamlakat hali fuqarolik jamiyati, erkin va komil insonlar jamoasi mavjudligini anglatmaydi. Xuddi shuningdek, ma’lum huquqiy tizim mavjud bo‘lgan, huquqiy hujjatlar majmui amal qilayotgan har qanday davlat «huquqiy davlat» deb e’tirof etilavermaydi1.
Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to‘plangan ilmiy nazariy talqinlar asosida fuqarolik jamiyati deganda, birinchi navbatda, davlatdan xoli bo‘lgan mulkiy, bozor tartiblari, oilaviy, axloqiy-ma’naviy munosabatlar sohasi tushuniladigan bo‘ldi. Shu ma’noda, ma’rifiy, xususiy, g‘ayrirasmiy, nosiyosiy hayot sohasi majmui tarzida talqin etiladigan fuqarolik jamiyati tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning davlat nazorat qilmaydigan manfaatlarini amalga oshirish olami sifatida ta’riflanadi. Masalan, Gegelning ta’biriga ko‘ra, fuqarolik jamiyati–bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj) lar tizimi, shuningdek din, oila, tabaqalar, davlat tuzumi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ta’lim, qonunlar va sub’ekt (inson) larning ulardan kelib chiquvchi o‘zaro uzviy yuridik aloqalari majmuidir. Insonlar tabiiy, «nomadaniy» holatdan «fuqarolik jamiyatiga o‘tishlari lozim, zero aynan shu jamiyatda huquqiy munosabatlar asl voqelikka aylanadi»2. Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan, shu bilan birga, uning ikki asosiy prinsipini alohida ajratib ko‘rsatgan:
Fuqarolik jamiyatining davlatdan mustaqilligi, avtonomligi uning o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatiga egaligi bilan izohlanadi. Bu jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish jabhasi bilan davlat boshqaruvi jabhasi mavjud bo‘lib, ular biri-biriga zid emas, aksincha, bir-birini to‘ldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish ustun mavqega ega bo‘lib, jamiyatning o‘zi davlat boshqaruvini joriy etadi, davlat apparatini shakllantiradi va, nihoyat, ijtimoiy hayotga davlat aralashuvining ko‘lami va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin)3.
Fuqarolik jamiyatidagi o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat) lari:–erkin bozor (iqtisodiy mexanizm); siyosiy erkinlik va demokratiya (siyosiy mexanizm); ma’naviy-axloqiy soha (ma’naviy-ruhiy mexanizm; jamiyatdagi nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bo‘lib, ularda jamiyat a’zolarining rasman tengligi prinsipi namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagi tahlillar asosida «fuqarolik jamiyati» tushunchasini yanada aniqlashtirishga urinib ko‘rish mumkin. Ya’ni: fuqarolik jamiyati – insonlarning shunday birligidirki, u jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan, shuningdek nodavlat munosabatlarning majmui va erkin insonlar, tashkilotlar va fuqarolar uyushmalari faoliyat yuritib, namoyon bo‘ladigan sohadir. Maxsus adabiyotlardan birida quyidagi ta’rifni ham uchratish mumkin: «Fuqarolik jamiyati– o‘z faoliyatida davlatdan, uning idora va muassasalaridan xoli bo‘lgan xususiy shaxslar, guruhlar va institutlarning tizimi... Fuqarolik jamiyatini mamlakatdagi davlat-hokimiyat tuzilmalari doirasiga kirmaydigan nosiyosiy ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi sifatida ta’riflash mumkin»4
Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bo‘lishining quyidagi umumiy g‘oya va prinsiplarini ta’kidlash joiz: 1) iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining mavjudligi; 2) inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini so‘zsiz tan olish va muhofaza etish; 3) davlat hokimiyatining legitimligi va demokratikligi, ya’ni huquqiy davlatning mavjudligi; 4) barchaning qonun va odil sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, legal muxolifatning mavjudligi; 6) so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 7) davlatning fuqarolar xususiy hayotiga aralashmasligi, davlat bilan fuqarolarning o‘zaro burch va mas’uliyat (javobgarlik) orqali bog‘liqligi; 8) ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlikning ta’minlanganligi; 9) insonlarning munosib hayot kechirishini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi5.
Huquqiy davlat qurish doktrinasida davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatiga bo‘linishi muhim o‘rin tutadi. Ushbu qarashning genezisi, zamonaviy muammolari haqida juda ko‘p falsafiy, siyosiy va huquqiy adabiyotlar chop etilgan.
Fuqarolik jamiyati qurish jarayonida demokratik huquqiy davlat ijtimoiy tashkilotlar darajasiga tushib qolishi mumkin emas, ammo uning boshqaruv funksiyalarida, vakolatlarini mahalliy va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazishida muayyan o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir. Demak, fuqarolik jamiyati institutlari faqat nodavlat, jamoat tashkilotlari, birlashmalaridan iborat, ular davlatdan chekkada, hatto unga qarshi turadi deb qarash noto‘g‘ridir. Huquqning umumiy ijtimoiy me’yorga aylanishini, qonun ustuvorligini ta’minlashni davlat ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda huquqiy davlat qurish doktrinasi mamlakatimiz Konstitutsiyasidagi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir (13-modda), davlat inson va jamiyat farovonligini ta’minlash, ijtimoiy adolat va qonuniylikni qaror toptirishga (14-modda) xizmat qiladi degan fundamental tamoyillarga tayanadi. Ular qatoriga insonning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda erkin qatnashishi, mulkka egalik huquqi (36-modda) ham kiradi.
Shaxs bilan davlat o‘rtasidagi bog‘liqlik, munosabatlar fuqarolarning umumiy yoki konstitutsiyaviy holati; maxsus yoki mavqei bilan bog‘liq holati; lavozimi bilan bog‘liq holati; tasodifiy vaziyatlarda ishlovchi shaxslar holati kabi huquqiy holatlari orqali qaror topadi. Ayrim tadqiqotchilar ular qatoriga shaxsning davlatga mansubligi, ya’ni shu davlatning fuqarosi bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ham kiritadi. Albatta, shaxsning qaysi davlat fuqarosi ekani huquqiy holat uchun muhimdir. Ammo milliy huquqni shakllantirishda xalqaro me’yorlarga tayanish huquqiy taraqqiyotning yetakchi an’anasi bo‘layotgan ekan, u yuqoridagi huquqiy holatlarga ta’sir etmay qolmaydi. U, avvalo, shaxs huquqiy holatining kengayishida aks etadi. Bunga huquqiy davlatning yo‘l yomonligi sababli haydovchilar oldidagi yoki sanitariya-epidemiologiya xizmatining talab darajasida emasligi sababli zarar ko‘rgan fuqarolar oldidagi javobgarligi haqida qonunlar qabul qilinishi misol bo‘lishi mumkin. Hatto ilmiy adabiyotlarda davlatning fuqaro oldida javobgarligi haqida maxsus qonun qabul qilish zarurligi ta’kidlanmoqda. Demak, shaxsning huquqiy holati, erkinliklari, davlat bilan munosabatlari huquqiy davlatda kengayadi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatning shaxs erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati oshishidan dalolat beradi.
Shaxs huquqiy holatining, erkinliklarining kengayishi davlat funksiyalarining qisqarishi hisobiga sodir bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish aslo davlatni zaiflashtirish yoki uni o‘z funksiyalarini bajarishdan chetlashtirish hisobiga amalga oshirilmasligi kerak. Aksincha, davlat hokimiyat organlarini qonuniylik va huquqiy tartibni jamoatchilik obro‘siga tayangan holda har tomonlama mustahkamlashi zarur.
Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati shaklidir va davlat huquqiy bo‘lnshi uchun kuchli, hayot kechirib keta oladigan, erksevar, har qanday antidemokratik avtoritar tajivuzlarga qarshilik ko‘rsata oladigan jamiyat bo‘lish« kerak. Buning o‘chun esa avvalo Davlat hokimiyatini demokratiya, o‘znni o‘zi boshqarish va xalqning to‘la Hokimligi prinsiplari asosida qayta tashkil etish zarur. Huquqiy davlatga borish yo‘lida, avvalo jamiyatga ma’muriy buyruqbozlik bilan rahbarlik qilishni, byurokratizmni, saylab qo‘yiladigan organlar ustidan ijro etuvchi organlar hukmronligini, shaxsning, jamoalarning siyoeiy jihatdan o‘z-o‘zini ifodalash shakllarining rivojlanmaganligani yengib o‘tish, odamlarning davlatga bo‘lgan munosabatlarini (unga doimo zo‘ravonlik, majburlash apparati deb qarab kelingan edi) qayta ko‘rib chiqish zarur.
Jamiyatning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati huquqiy davlatning muhim omili.va shartidir. Ammo tuban siyosiy-huquqiy savodlilik va chalasavodlilik, hatto savodsizliq, rasmiy nuqtai nazarga qarab ish ko‘rish, rasmiy so‘z bilan haqiqiy ahvol o‘rtasidagi farqqa odatlanish xos bo‘lgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan davlat huquqiy ongi va huquqiy madaniyatidan farq qilib, huquqiy davlat madaniyati va Huquqiy ongi uchun: yuqori siyosiy va huquqiy savodxonlik hamda faollik zo‘ravonlik va huquq buzilishlariga qarshi tura olish qobiliyati va bunga tayyorlik xos bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati - bu shunday jamiyatki, unda kishilar o‘zaro bog‘liqdirlar hamda bir-birlari va davlat bilan mustaqil ravishda munosabatda bo‘ladilar. Bunday jamiyatda ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotni ta’minlash, uni rivojlantirib, avloddan-avlodga yetkazish davlat bilan jamoat birlashmalarining, shaxs bilan jamoaning munosabatlarini ma’lum darajada mustaqil ravishda olib borish orqali amalga oshiriladi. Bunday jamiyatda shaxs ijtimoiy munosabatlarda o‘zining shaxsiy xususiyatlarini yo‘qotmasdan ishtirok etadi, har bir shaxs o‘zligini namoyon qilib, faoliyatining shakl va turlarini erkin tanlaydi.
Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, olamshumul va tarixiy o‘zgarishlarni tahlil etar ekanmiz, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini naqadar to‘g‘ri tanlaganligiga yana bir bora ishonch hosil qilamiz. Islohotlar izchil, tizimli va bosqichma-bosqich olib borilayotganligi, har bir o‘zgarish aniq maqsadni ko‘zlagan holda, mukammal ishlangan konsepsiya va dasturlar asosida amalga oshirilayotganligi o‘z samara va natijalarini bermoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimizning sud-huquq tizimi tubdan yangilandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Ushbu asosiy maqsaddan kelib chiqib, sud-huquq tizimidagi islohotlar insonlarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquq hamda erkinliklarini himoya qilinishini ta’minlashga va kafolatlashga xizmat qiladi. Bu Konstitutsiyamizning 44-moddasida “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi” mustahkamlangan.
Respublikamizda sud-huquq islohotlarining konstitutsiyaviy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lininshi prinsipiga asoslanishi” belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 106-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatilaridan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi, 107-moddasida odil sudlovni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi belgilangan. Bu konstitutsiyaviy asoslar insonlarning sud idoralariga bo‘lgan ishonchini orttirib, o‘z navbatida, sudya va sud xodimlarida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, ularga mas’uliyat bilan yondoshish hissini kuchaytiradi. Zero, davlat va jamiyatning obro‘si sud organlari va sudyalarning qonun normalariga qanchalik rioya qilishiga, ular qabul qilgan qarorlarning adolat me’yorlariga nechog‘lik mos kelishiga bevosita bog‘liqdir.
Jahon tajribasini hisobga olgan holda ilk bor mamlakatimizda Konstitutsiyaviy sud ta’sis etildi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitida xo‘jalik munosabatlarida qonunchilikni ta’minlashda muhim rol o‘ynayotgan xo‘jalik sudlari tizimi yaratildi. Sudlarning ixtisoslashuvi, ya’ni fuqarolik ishlari bo‘yicha va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning tashkil etilishi bilan fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishning huquqiy doirasi yanada kengayganligi bu yo‘nalishdagi o‘zgarishlarning asosiy omillaridan biri bo‘ldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, 2000 yilda yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi sud tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo‘ldi. Sud ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rib chiqish institutlari joriy etildi, tergov-surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash muddatlari sezilarli darajada qisqartirildi hamda ishlarni sudlarda ko‘rib chiqishning qat’iy muddatlari belgilandi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng sudlar yildan-yilga hokimiyatning to‘laqonli mustaqil tarmog‘i sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Sudlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni bartaraf etish hamda ularning faqat qonunga bo‘ysunishini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Sudlarning jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha ixtisoslashuvi ayniqsa, mamlakat hayotida yuzaga kelayotgan iqtisodiy nizolarni chuqurroq o‘rganib, ularni maqbul muddatlarda adolatli qarorlar qabul qilish yo‘li bilan hal etish imkoniyatini tug‘dirdi.
Yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun sud-huquq tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo‘lib, jamiyatni harakatga keltiruvchi huquqiy munosabatlarni tartibga solish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jazoning muqarrarligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini zamon talablariga muvofiq tarzda shakllantirish, huquqiy himoya qilish ishlarini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish uchun qonuniy asos yaratdi.
Ushbu Qonunning 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi halqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish belgilangan. Sudlarning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.
Sud-huquq tizimini liberallashtirish, uning amalda mustaqilligiga erishish hamda bu sohada qonun ustuvorligini ta’minlashda o‘z kasbini vijdonan qadrlay oladigan, har tomonlama yetuk professional sudya kadrlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shunga asosan sud sohasida kadrlarni tanlash va tasdiqlashning ham samarali demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi.
2016 yil 21 oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4850-sonli farmoni bilan sud-huquq sohasidagi davlat siyosatining sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi. Ushbu farmonda uchta asosiy ustuvorlik ajratib ko’rsatiladi: sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi; fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish; va odil sudlovni amalga oshirish darajasini kuchaytirish. Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, kasb obro’-e’tiborini oshirish, yuqori malakali va samarali faoliyat yuritadigan sud korpusini tashkil qilish maqsadida birinchi marta sudyalarning vakolat muddatlari qayta ko’rib chiqildi. Xususan, sudyalarni dastlabki besh yillik va navbatdagi o’n yillik muddatlarga tayinlash (saylash), kelgusida esa lavozimni muddatsiz davr mobaynida egallash nazarda tutiladigan tartib joriy qilindi.
Shu bilan birga, farmon orqali 2017 yil 1 apreldan jinoiy, jinoiy-prosessual, fuqarolik prosessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, sudda ishlarning adolatli va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi va jazoning insonparvarligi kafolatlarini kuchaytirish hisobga olingan holda odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar qonuniyligini va samarali realizasiya qilinishini ta’minlashda davlat organlari yuridik xizmatlari rolini oshirish maqsadida, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha muayyan chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Belgilangan ustuvorliklarni hayotga tatbiq qilish va amaliyotda realizatsiya qilish uchun mazkur farmon bilan sud-huquqiy tizimini rivojlantirishning 8 ta eng ustuvor sohasi bo’yicha 45 ta muayyan chora-tadbirlar realizatsiya qilinishini nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Farmonni realizatsiya qilish doirasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Jinoiy, Jinoiy-protsessual, Fuqarolik protsessual, Xo’jalik protsessual kodekslariga va bir qator boshqa qonun hujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritiladi. Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoyalash tizimini takomillashtirish va kuchaytirish maqsadida, umumiy e’tirof qilingan xalqaro standartlar asosida maxsus qonunlar, shu jumladan “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoiy jarayonning boshqa ishtirokchilarini himoyalash to’g’risida”, “Mediatsiya to’g’risida”, “Ma’muriy sud ishlarini ko’rib chiqish to’g’risida”gi va boshqa qonunlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yo‘lida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qo‘yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etildi. Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida davlat va jamiyatning barcha sohalarida demokratik islohotlar o‘tkazish amalga oshirildi. 2008 yil 1 maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqiy maqomini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadlarida milliy institutlarning qonunchilik asoslarini takomillashtirish O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmoqda.
2000-yildan bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil lashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
2017 yil 6 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi tarkibida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning mexanizmlari belgilab berildi. Bu amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un va jadal taraqqiy ettirish uchun sharoitlar yaratish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Zero, Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish nazarda tutilganligi qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. Bu siyosiy partiyalarning aholini o‘ylantirayotgan muammolarga samarali yechim topish, hududlarni rivojlantirishda faol ishtirok etishiga mustahkam zamin yaratadi.
Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora takomillashtirilib borilgan ushbu mexanizm dunyo hamjamiyatiga chinakam demokratiya yo‘lidagi muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimizning barcha hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |