2- mavzu: 2017- yildan O’zbekiston Respublikasida har tuman va shaharlarda Prezidentning xalq qabulxonalari ochilishi va uning ahamiyati
Reja:
1 .”Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqidagi 2017 – yil 11 – sentabrda qabul qilingan, O’RQ – 445 – sonli Qonunning mamun mohiyati.
2. Prezident Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning asosiy vazifalari.
Ushbu Qonunning maqsad davlat organlari va davlat muassasalariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon mantda murojaatlar deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning amal qilishi davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Aholi bilan to’g’ridan to’g’ri muloqot tashkil etish, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to’laqonli himoya qilishga qaratilgan murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi faoliyatini ta’minlash. Murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqning so’zsiz amalga oshirilishi uchun sharoit yaratish. Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning to’liq, xolisona va o’z vaqtida ko’rib chiqilishini tashkil etish. Xalq qabulxonasi va Virtual qabulxonasiga kelib tushgan hamda tegishliligi bo’yicha davlat organlariga, tashkilotlarga yuborilgan murojaatlarning ko’rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish. Jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini o’tkazish, shu jumladan videokonferensaloqa vositasida o’tkazish. Qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarni qayd etish, umumlashtirish, tizimlashtirish, ularni ko’rib chiqish ustidan monitoring va nazorat qilish bo’yicha elektron axborot tizimini joriy etish hamda yuritish orqali murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish.
2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani muosabati bilan hamda aholining O’zbekiston Resbublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi to’g’risidagi ko’plab ijobiy fikrlarini e’tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida O’zbekiston Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida O’zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonasi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etish ko’zda tutilgan.
Mamlakatimizning ko’pgina aholisining ijtimoiy va moddiy jihatdan yetarli emas. Shu boisdan xalqimiz o’z muammolari bilan Xalq qabulxonasiga murojaat etishadi. Agar menga shu vazifani berishganda har bir fuqaro bilan aholida ishlashni yo’lga qo’yardim. Chunki har kimni muammosi har xil shu boisdan aholida alohida ishlashni tarafdoriman.