III. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish
54.
|
Tabiiy pichanzorlar, yaylovlar va sug‘oriladigan ekin yerlarini monitoring qilishning yagona elektron tizimini ishlab chiqish va axborotlar almashinuvini kengaytirish, o‘simliklarni parvarish qilish jarayonini kuzatish va baholash uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.
|
Raqam�i dastur loyihasini ishlab chiqish
|
2022-yil 1-may
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
55.
|
Pichanzorlar va yaylovlarni xatlovdan o‘tkazish hamda geobotanik tadqiqotlar o‘tkazishning Milliy dasturini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini ta’minlash.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-aprel
|
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
56.
|
Yaylovlardan foydalanganlik uchun to‘lov tizimini takomillashtirish, yaylovlardan foydalanuvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimini yo‘lga qo‘yish, yaylovlarning davlat nazoratini kuchaytirish va “Yaylov fondi”ni tashkil etish.
|
Takliflar ishlab chiqish
|
2022-yil 1-iyul
|
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
57.
|
Chorvachilik va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va organik chiqindilarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga doir “Bioenergiya va yoqilg‘i” dasturini ishlab chiqish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-iyul
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
Energetika vazirligi
|
58.
|
Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahsuldorligi past bo‘lgan mahalliy zotlarni yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lgan naslli zotlarga almashtirish choralarini ko‘rish hisobiga chorva mollari bosh sonining o‘sish sur’atlarini maqbullashtirish va bu orqali issiqxona gazlari chiqishini kamaytirish choralarini ko‘rish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
Gidrometeorologiya xizmati markazi
|
59.
|
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishning iqlim o‘zgarishiga bog‘liq milliy va xalqaro loyihalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Gidrometeorologiya xizmati markazi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
60.
|
Tomorqa xo‘jaliklarini qulay sharoitlarda iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, biogumus, bioenergiya va bioisitish mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Gidrometeorologiya xizmati markazi,
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
|
61.
|
Chorvachilikni rivojlantirishda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadqiqotlar va amaliy tadbirlar ijrosi uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini, grant mablag‘lari va beg‘araz yordamlarini jalb qilish choralarini ko‘rish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Gidrometeorologiya xizmati markazi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
|