Integrallashni asosiy usullari. Maple da student paketi mavjud bo’lib, u matematikani o’qitishga mo’ljallangan. Va u bir qancha programmalar yordamida qadamma qadam xisoblanadigan murakkab misollarni yechishda qo’l keladi. Bunday komandalarga Bo’laklab integrallash komandasi inparts va o’zgaruvchini almashtirish komandasi changevar kiradi.
Bo’laklab integrallash formulasi:
Agar f=u(x)v’(x) integral ostidagi funksiya bo’lsa, bo’laklab integrallash komandasi parametrlari quyidagicha bo’ladi: intparts(Int(f, x), u), bunda u(x) –funksiya sifatida hosilasi mavjud funksiya.
Agar integralda x=g(t) yoki t=h(x) ko’rinishdagi o’zgaruvchilarni almashtirish talab etilsa, u holda o’zgaruvchilarni almashtirish buyrugi quyidagicha bo’ladi: changevar(h(x)=t, Int(f, x), t), bunda t yangi o’zraruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |