Suvyorgan madaniyatiga oid dastlabki yodgorliklar 1945–1946 yillarda Qoraqalpog’istonning Jonbosqal’a rayonidagi Jonbos–6 qarorgohidan va 1954 yillarda Oqchadaryoning qadimgi irmoqlari bo’yidan Qamishli 1, Qamishli 2 qarorgohlaridan topilgan. Ularning materiallari asosida S.P.Tolstov Suvyorgan madaniyatini rivojlanishining bosqichlarini aniqlagan. Olim uni miloddan avv. II ming yillikning birinchi yarmiga oid bo’lib, Kaltaminor madaniyatining qamishli bosqichi deb ko’rsatadi. Miloddan avv. II ming yillikning ikkinchi yarmiga kelib, bu madaniyatni yaratgan urug’-jamoalar tozabog’yobliklar bilan aralashib ketadilar.
Suvyorgan madaniyati sopol idishlari ustida qizil rang izlari saqlanganligi bilan ajraladi. Tadqiqotchilar fikricha, bu madaniyat janubiy hududlardagi qadimgi dehqonchilik qabilalari madaniyati ta’sirida shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |