O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi xorazm viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


K I R I SH Mavzuning dolzarbligi



Download 116,5 Kb.
bet2/14
Sana03.08.2021
Hajmi116,5 Kb.
#137336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qobulov Rustamboy Saparmatovich

K I R I SH

Mavzuning dolzarbligi. Yarim asrdan ko’proq davom etgan eski jamiyatda hukmron bo’lgan mafkura girdobida to’planib qolgan kompleks muammolarni yangi jamiyatning milliy istiqlol mafkurasida qayd qilingan tamoyillardan kelib chiqib, vatanimiz tarixini yozma manbalardagi ma’lumotlar va arxeologik ashyolarni umumlashtirgan holda, hozirgi zamon ruhiga manond qarashlar va yondoshuvlar asosida ilmiy-nazariy jihatidan tahlil qilish hozirgi davrning ulug’vor vazifalari sifatida kundalik hayot kun tartibiga qo’ymoqda. Vatan tarixini ilmiy asosda o’rganish, o’zlikni anglash, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy moddiy va ma’naviy xazinani o’rganish jarayonida avaylab saqlash va ulardan kelajak avlodning foydalanishi uchun keng imkoniyatni yaratish mustaqilikning orzu-maqsadlardan biridir. Vatan tarixida sodir bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlarning tub ildizlarini izlab topish, birlamchi manbalar asosida shaharsozlik madaniyati tarixini o’rganish bugungi kunda qadimgi tariximizning dolzarb muammolardan biri sifatida davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.

Xorazm vohasini qamrab olgan urbanistik jarayonlar natijasida sodir bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlarning mazmun va mohiyati geografik xususiyatlar bilan bog’liqligi aholi maskanlarida keng tarzda olib borilgan arxeologik izlanishlarning natijalari yorqin izohlaydi. SHu bilan birga, antik va o’rta asrlar davri taraqqiyoti, uning inqiroziga olib kelgan ijtimoiy-iqtisodiy omillar, uning xususiyatlari, takomillashishi, uning yozma manbalarda aks etishi kabi to’planib qolgan muammolarni yangi jamiyatning g’oyasi bo’lgan milliy istiqlol mafkurasi tamoyillariga asoslanib yangicha qarashlar va yondoshuvlar asosida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Mavzuning o’rganilish darajasi. Xorazm vohasi va unga tabiiy jihatidan ulanib ketgan Sariqamishbo’yi, Uzboy sarhadlarida qadimgi va o’rta asr jamiyatida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlarning rivojlanishi asnosida vujudga kelgan qishloq va shaharlarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanish jarayoni, ularning tarixini aks ettirgan tarixiy adabiyotlar va yozma manbalardagi ma’lumotlarning mazmun va mohiyatiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1. Sobiq Sovet tuzumi davrida chop qilingan tarixiy adabiyotlar( S. P. Tolstov, Ya. G’. G’ulomov, M. A. Itina, A. V. Vinogradov, B. I. Andrianov, Ye. Ye. Nerazik, M. G. Vorob’eva, Yu. A. Rapoport, Yu. P. Manilov, N. N. Vakturskaya, V. N. Yagodin, M. M. Mambetullaev, G’. K. Xodjaniyazov, A.. Sagdullaev).

2. Mustaqillik yillarida voha tarixiga oid tarixiy adabiyotlar, maqola va tezislardagi ma’lumotlar(V. N. Yagodin, M. M. Mambetullaev, G’. K. Xodjaniyazov, M. Turabekov, A. Sagdullaev, A. Asqarov, X. Matyaqubov, S. Baratov).

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotda Xorazm vohasining miloddan avvalgi VI–milodiy XVI asrlargacha sodir bo’lgan tarixiy–siyosiy hayotida shaharsozlik va davlatchilikda muhim o’rin tutgan shaharlarning tuzilishi, rivojlanish tarixini arxeologik ashyolar va yozma manbalar asosida o’rganish asosiy maqsad qilib qo’yilgan. Xorazmning qadimgi va o’rta asrlar shahar-qishloqlar tizimining vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari, o’troq va ko’chmanchi aholilar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi natijasida shaharlar qurilishi va ularning me’moriy-topografik jihatdan jamiyatdagi o’rnini tahlil qilish nazarga olingan. Bu masalalarni ilmiy-nazariy tahlil qilish jarayonida qo’yidagi vazifalarni bajarish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.

1. Xorazmning qadimgi va o’rta asrlar qishloq va shaharlarda arxeologik tadqiqotlar olib borish natijasida olingan ashyolarni ilmiy tahlil qilish;

2. CHap qirg’oq va o’ng qirg’oq Xorazm vohasining arxeologik jihatdan o’rganilishini ilmiy jihatdan yoritib berish;

Tadqiqotning manbaviy asoslari. Sobiq Sovet davrida va Vatanimiz mustaqillik yillarida turli ekspeditsiya xodimlari tomonidan Qadimgi Xorazm hududlarida mavjud bo’lgan qishloq va shahar tipidagi aholi maskanlarda keng miqyosda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari tadqiqotning manbaviy asoslarini tashkil qilgan.

Tadqiqotning ob’ekti. Qadimgi Xorazm vohasi.



Tadqiqotning nazariy-uslubiy asoslari.

Tadqiqotning nazariy-metodologik asosi sifatida, O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov asarlarida qayd etilgan ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan boy moddiy va ma’naviy merosni o’rganish va ularni kelajak avlodga avaylab yetkazish haqidagi g’oyalari, ayniqsa, Xorazm vohasi tarixiga doir, xususan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasidagi o’zbek davlatchiligi masalalari bo’yicha fikr-mulohazalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Xorazm Ma’mun Akademiyasini qayta tashqil etish” to’g’risidagi farmonida ifodalangan muhim vazifalar Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslarini tashqil etadi. Tadqiqot tarixiylik, ob’ektivlik, ilmiylik, xolislik, mantiqiy izchilik tamoyillariga asoslandi.



Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot materiallari asosida qayd qilingan keng qamrovli ma’lumotlar va ilmiy xulosalar O’zbekiston tarixining ko’p jildli yangi variantini yozishda, Qaroqolpog’iston Respublikasi, Xorazm tarixining qadimgi va o’rta asrlar bo’limini tayyorlashda shuningdek, oliy o’quv yurtlari tarix fakul’tetlarida O’zbekiston va Xorazm tarixidan o’qiladigan mahsus qursni yaratishda bazaviy manba bo’ladi. SHuningdek, aspirantlar, tarixchilar, muzey hodimlari, o’lka tarixiga qiziquvchilar uchun tadqiqot natijalari muhim qo’llanma bo’lib hizmat qiladi. Tadqiqot mazmunida qayd qilingan tarixiy ma’lumotlar o’lkaning qadimgi va o’rta asr jamiyatida sodir bo’lgan tarixiy-siyosiy jarayonlar va u bilan bog’liq bo’lgan shaharsozlik madaniyati tarixini o’qitish va o’rganish, muzey bo’limlarini turli tarixiy davrlarni namoyon qilgan ko’rgazmalar tashkil qilish, maktab o’quvchilari va tarixchi-talabalar ishtirokida tarixiy obidalarga amalga oshirilgan sayyohlik ekspeditsiyalar jarayonida nazariy manba bo’lib hizmat qiladi.

Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



Download 116,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish