O’qituvchi: Aziz o’quvchilar! Bugungi darsimiz “Qo’shma gaplar” yuzasidan takrorlash bo’ladi. Siz shiorlardan birini tanlab, guruhlarga bo’linishingiz kerak. Vazifangiz dars davomida beriladigan topshiriqlarga tayyor turishingiz, olgan bilimlaringizni namoyon qila olishingiz, qo’shimcha adabiyotlardan tezkorlik bilan foydalana olishingiz kerak bo’ladi. O’quv faoliyatimizning birinchi bosqichida sizlar bilan xotirani sinash mashqi o’tkazamiz. Sizlar 9-sinf davomida o’tilgan mavzular nomini birma-bir aytasiz, ikkinchi o’quvchi birinchi o’quvchi aytgan mavzuni takrorlamaydi. Shartni tushuntirganimdan so’ng, o’yin boshlanadi. Qaysi o’quvchi takrorga yo’l qoysa, o’yindan chetlatiladi. Faol ishtirok etgan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari beriladi.
O’qituvchi: Dunyo tillari haqida ma’lumot.
1-o’quvchi: Agar bog’lovchili qo’shma gaplar.
2-o’quvchi: Turkiy tillar va o’zbek tili.
3-o’quvchi: Nisbiy so’zlar yordamida bog’langan qo’shma gaplar.
4-o’quvchi: Murakkab qo’s hma gaplar.
O’qituvchi-o’quvchi o’rtasidagi munosabatni yaqinlashtiruvchi bu o’yin yakunlangach, o’quvchilarga rasmlar berib, ushbu rasmlar bo’yicha qo’shma gaplar tuzishni topshiriladi.
Darslikdagi topshiriqlarni ham bajariladi.
1-topshiriqqa ko’ra o’quvchilar faqat ohang vositasida bog’langan qo’shma gaplarni ajratib, ularning xususiyatlarini izohlaydilar.
Masalan:
Jon o’g’lim, qahr-u g’azabli bo’lma: muloyim, shafqatli va marhamatli bo’l.
O’quvchilar mazkur gapni faqat ohang vositasida ishtirok etmayotganligini tushuntirib beradilar. Gapni izohlash davomida o’quvchilar ongiga quyidagi savollar asosida insonparvarlik g’oyalarini singdirib boriladi:
Insoniy fazilatlar deganda nimani tushunasiz?
«Qarisi bor uyning parisi bor» maqolini qanday izohlaysiz?
Xushmuomalalik haqida fikrlaringiz.
Har doim ham shafqatli bo’lish lozim deb o’ylaysizmi? Nima uchun?
O’quvchilarning mazkur gap bo’yicha mustaqil fikrlarini umumlashtirib, insoniy fazilatlar haqida tushunchalar beriladi, kattalar nasihatiga amal qilish doimo ezgulikka yetaklashi, shafqatli bo’lish, yovuz niyatlar insonni tubanlikka olib borishini uqtirib o’tiladi.
Darslikdagi mashqlarni bajarishda “Qo’shma gaplar qasriga sayohat” o’yini qo’llanadi. Har bir mashq shartli ravishda bekat deb olinadi. Bu o’rinda o’qituvchi shior tanlashi mumkin. Masalan, “Ilm olmoq – igna bilan quduq qazimoq”.
O’quvchilar mashqni bajarish jarayonida qo’shma gaplar yuzasidan o’tilganlarni takrorlab, avvalgi mavzularni mustahkamlab boradilar.
Mashqni bajarish jarayonida yuqoridagi shior asosida axloqiy tarbiya beriladi, o’quvchilarning ilm sirlarini egallash mashaqqatlari haqidagi fikrlarini olib, ularni umumlashtiriladi.
Shundan so’ng “Gapning tuzilishiga ko’ra turlari» bekatiga to’xtab, 76-mashq bajariladi. O’quvchilar «Kim to’g’ri bajaradi?» o’yini asosida matndan sodda va qo’shma gaplarni topib, ularning farqini izohlaydilar. Mashqni to’g’ri va tez bajargan guruhni rag’batlantiriladi. Bahor fasli bo’lgani uchun gulli otkritkalardan tuhfa qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |