Asos va qo`shimcha imlosi – 1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 33–37- paragraflarini o`z ichiga oluvchi imlo qoidasi to`plami.
Bosh harf imlosi – 1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 66–74- paragraflarini o`z ichiga oluvchi bosh harf bilan yozish haqidagi imlo qoidasi to`plami.
Monolog – so‘zlovchining o‘ziga yoki tinglovchiga qaratilgan nutqidir. Monolog nutqda so‘zlovchi o‘ziga ma`lum bo‘lgan voqea – hodisalar, o‘z ichki kechinmalari haqida ma`lumot beradi.
Ichki monolog - adabiyotda qo‘llanuvchi uslubiy usullardan biridir. Ichki monolog so‘zlovchining ichki nutqidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |