Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro’yxati.
1. E.Qilichev, B.Qilichev. . Nutq madaniyati va uslub asos asoslari.-Buxoro 2001.
2. Qudratov T. . Nutq madaniyati asoslari. -T., 1993
3.Qo’ngurov R va b. Nutq madaniyati va uslub. asos. -T.,1993
4. R.Rasulov, Q.Mo‘ydinov. Nutq madaniyati. -T.,2004.
5. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. -T., 2007-yil.
Uyga vazifa:
Qo‘shimcha adabiyotlardan materiallar to‘plash.
11-mavzu (4 soat)
Ommaviy ma’ruzalarda nutq madaniyatiga e’tibor.
Reja:
1. Ommaviy ma’ruzalar.
2. Ma’ruzalarda nutq madaniyati.
3. Ma’ruzalarda nutq madaniyati me’yorlariga amal qilish.
Darsning maqsadi: Talabalarga ommaviy ma’ruzalarda nutq madaniyati mahorati haqida batafsil tushuncha berish
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro’yxati.
1. E.Qilichev, B.Qilichev. . Nutq madaniyati va uslub asos asoslari.-Buxoro 2001.
2. Qudratov T. . Nutq madaniyati asoslari. -T., 1993
3.Qo’ngurov R va b. Nutq madaniyati va uslub. asos. -T.,1993
4. R.Rasulov, Q.Mo‘ydinov. Nutq madaniyati. -T.,2004.
5. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. -T., 2007-yil.
Uyga vazifa:
Qo‘shimcha adabiyotlardan materiallar to‘plash.
“O‘qituvchi nutqi madaniyati” fanidan mustaqil ish bajarish bo‘yicha uslubiy ko’rsatmalar
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o`quv qo`llanmalar bo`yicha fan boblari va mavzularini o`rganish;
- tarqatma materiallar bo`yicha ma`ruzalar qismini o`zlashtirish;
- avtomatlashtirilgan o`rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
- maxsus adabiyotlar bo`yicha fanlar bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o`rganish;
- talabaning o`quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq bo`lgan fanlar bo`limlari va mavzularni chuqur o`rganish;
- faol va muammoli o`qitish uslubidan foydalaniladigan o`quv mashg`ulotlari.
“O’qituvchi nutqi madaniyati” fani bo’yicha talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 343-son qaroriga muvofiq ravishda olib boriladi.
“O’qituvchi nutqi madaniyati” fani o’quv rejasida belgilanganidek barcha ta’lim yo’nalishlarida 3-kursda o’qitiladi. Fan uchun jami 44 soat, shu jumladan 10 soat ma’ruza, 12 soat amaliy (seminar), 22 soat talabaning mustaqil ishi uchun ajratilgan.
Talabaning mustaqil ishi o’quv rejasida “O’qituvchi nutq madaniyati” fanini o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u metodik va axborot resurslari bilan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o’qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
-ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;
- berilgan mavzu bo’yicha referat tayyorlash;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash;
- seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;
- maket, maqola, badiiy asar va namunalar yaratish va boshqalar;
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o’quv mashg’ulotlarini olib boradigan o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talaba uchun fan bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professori tomonidan o’quv mashg’ulotini bevosita olib boruvchi o’qituvchi bilan birgalikda tuziladi, hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, metodik qo’llanma va ko’rsatmalar, ma’lumotlar to’plami, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog’idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo’yicha avval bajarilgan ishlar majmuyi va boshqalar xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |