MIDI (.mid) – Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument Digital Interface). Bu
standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan. MIDI turli
ishlab chiqaruvchilarning musiqali va ovozli sintezatorlari o’rtasidagi ma’lumot almashinuvini aniqlaydi.
MIDI interfeysi musiqa notalari va kuylarini uzatish protokoliga ega. Lekin MIDI ma’lumotlar raqamli ovoz
emas – ular son formatidagi qisqartirilgan musiqa yozuvi shakli hisoblanadi. MIDI-fayl o’zida harakatlar,
masalan pianino tugmalarini bosish yoki regulyatorni aylantirish kabi komandalar ketma-ketligini ifodalaydi.
MIDI-fayllarni ijro etuvchi qurilmalarga uzatiluvchi bu komandalar ovozni boshqaradi, kichik MIDI-xabar
ovoz chiqishini yoki musiqa asboblari yoki sintezatordagi ovozlar ketma-ketligi ijro etilishini ta’minlashi
mumkin, shu sabali MIDI-fayllar hajmi (bir sekundda ovoz chiqish birligi) boshqa ekvivalent raqamlangan
ovozli fayllarga nisbatan juda kichik bo’ladi.
MOD (.mod) – alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin bo’lgan raqamlangan ovoz
namunalari saqlanuvchi musiqali format. Bu formatdagi fayllar ovoz namunalari nabori bilan boshlanib,
ulardan so’ng notalar va davomiylik haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Har bir nota fayl boshida keltirilgan
ovozli shablonlardan biri yordamida ijro etiladi. Bunday fayllar nisbatan katta bo’lmaydi va notalarga
asoslangan strukturaga ega bo’ladi. Bu ularni an’anaviy musiqali yozuvlarni imitatsiyalovchi dasturlar
yordamida tahrirlashni osonlashtiradi. Bunda fayllar MIDI-fayllardan farqli ravishda ixtiyoriy kompyuter
platformasida isjro etilishiga imkon berib, to’liq ovoz beradi.
IFF (.iff) – Interchange File Format – dastlab Amiga kompyuter platformasi uchun yaratilgan format.
Hozirda CD-I shaklidagi kompakt-disklarda ham qo’llanilmoqda. Uning tuzilishi RIFF formati tuzilishiga
o’xshash bo’ladi.
39
AIFF (.aiff) – Audio Interchange File Format – ovozli ma’lumotlar almashish uchun format, Silicon,
Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo’llaniladi. Ko’p jihatdan WAVE formatini eslatadi, biroq
undan farqli ravishda raqamlangan ovoz va shablonlardan foydalanish imkonini beradi. Ko’pchilik dasturlar
bu formatdagi fayllarni yuklay oladi.
RealAudio (.ra, .ram) – Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real Networks (www.real.com)
firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format. Sifat eng yaxshi holatda audiokasseta formatiga mos keladi, sifatli
musiqa asarlarini saqlash uchun mp3 formatidan foydalanish afzalroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |