O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Analogli signallarni raqamlashtirish



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/74
Sana31.12.2021
Hajmi1,87 Mb.
#217923
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
oquv-uslubiy majmua

Analogli signallarni raqamlashtirish 

Ovozni saqlash va uzatish iborasiga ko’p marta duch kelganmiz. Lekin bu jarayon haqiqatda qanday 

sodir bo’lishi haqida hamma ham aniq tasavvurga ega emas.  

Ovozni yozish tabiiy ma’noda Edison fonografidagi ovoz yozish jarayonidagina tushunilishi mumkin. 

Qolgan barcha hollarda ovoz saqlanganida ovozning o’zi emas, balki yozish vaqtida havo tebranishi qanday 

bo’lganligi haqidagi ma’lumot saqlanadi.  

Hozirgi vaqtda ovozli ma’lumotlarni saqlash va uzatishning ikki usuli mavjud  – analogli va raqamli. 

Analogli  holatda  tovush  bosimining  o’zgarishi  boshqa  fizik  kattalik,  masalan,  elektr  kuchlanishining 

o’zgarishiga  proporsional  bo’ladi.  Elektr  kuchlanishining  o’zgarishi  ovozli  ma’lumot  “tashuvchisi” 

hisoblanadi.  Yaqin  kunlargacha  ovoz  yozish  va  radioaloqalarda  bu  usul  yagona  bo’lgan.  Analogli 

elektronikada  kuchlanishning  o’zgarishi  tovush  bosimining  o’zgarishiga  mos  bo’lishi  muhim  bo’lgan. 

Ma’lumki,  tovush  to’lqini  amplitudasi  ovoz  balandligini,  uning  chastotasi  esa  ovoz  tonining  balandligini 

aniqlaydi,  demak,  analogli  uslubda  ovozli  ma’lumotning  ishonchli  saqlanishi  uchun  elektr  kuchlanishi 

amplitudasi tovush tebranishi amplitudasiga proporsional bo’lishi kerak. O’z navbatida, kuchlanish chastotasi 

tovush  tebranish  chastotasiga  mos  bo’lishi  kerak.  Bundan  ko’rinadiki,  elektr  signal  shakli  tovush  tebranish 

shaklining  nusxasi  bo’lib,  amalda  ovozli  ma’lumot  tashuvchisi  bo’la  oladi.  Tovush  tebranishini  elektr 

kuchlanishiga aylantirish uchun oddiy mikrofondan foydalanish mumkin. Elektr kuchlanishi o’zgarishini esa 

magnitofonlarda  lenta  magnit  maydoni  o’zgarishiga  yoki  optik  ovoz  yozishlarda  kinoplyonka  ovoz 

yo’lakchasidagi  ovoz  potoklariga  mos  qo’yish  mumkin  bo’ladi.  Ovoz  haqida  ma’lumot  olishining  ikkinchi 

usulida  tovush  to’lqinlarida  bosim  qiymatining  o’lchanishi,  bunda  tovush  tebranishini  ifodalovchi  raqamlar 




 

38 


 

ketma-ketligi – raqamli signallar nazarda tutiladi. Signal shaklini to’g’ri uzatish uchun bu o’lchashlarni tovush 

signallarining  eng  yuqori  chastotali  davrida  tez-tez  o’tkazish  zarur.  Raqamli  ovozlar  tizimiga  raqamli 

mikrofon (ovoz bosimi o’lchagichi), raqamli magnitofon yoki uzatgich (katta miqdordagi raqamlar massivini 

saqlash va uzatish uchun) va raqamli ovoz kuchaytirgich (raqamlar ketma-ketligini ovoz bosimi o’zgarishiga 

aylantirish  uchunqurilma)larni  kiritish  mumkin.  Hozirgi  kunda  raqamli  ovoz  yozish  tizimlarida  asosan 

anologli elektroakustik mikrofon va ovozkuchaytirgich (dinamik) lar qo’llaniladi, raqamli qayta ishlashda esa 

ovoz chastotalarining elektrik signallari tahrir qilinadi.  

Umuman  olganda  raqamli  signallar  o’zida  elektr  sxemalardagi  turli  zanjirlarni  mantiqiy  elementlar 

yordamida  ulovchi  va  uzuvchi  to’g’ri  burchakli  hsakldagi  impulslarni  namoyon  qiladi.  Raqamli  signallar 

shakli  va  kuchlanishi  bilan  ishlovchi  anologli  elektronikadan  farqli  ravishda  raqamli  elektronikada  ikkilik 

signallar – “0” va “1” ga mos keluvchi diskret darajali signallar qo’llaniladi. 

Analogli signalni raqamliga o’tkazish deyarli barcha tizimlarda bir necha bosqichda amalga oshiriladi. 

Dastlab  analogli  tovush  signali  signal  chastota  yo’laklarini  chegaralovchi  va  tovushning  tiniq  eshitilishiga 

xalaqit  beruvchi  shovqinlarni  tozalovchi  analogli  filtrga  tushadi.  So’ngra  analogli  signaldan  tanlash/saqlash 

sxemalari yordamidagi sanoq boshlanadi: ma’lum bir davrdagi analogli signallarning lahzalik darajasi saqlab 

boriladi.  Sanoq  anologli-raqamli  o’tkazgichlarga  o’tib,  unda  har  biri  raqamli  kodga  yoki  songa  aylantiriladi. 

Hosil bo’lgan raqamli kod bitlar ketma-ketligi ovozli signallarning raqamli shakli hisoblanadi. Shunday qilib, 

uzluksiz analogli ovoz signallari vaqt va kattalik bo’yicha raqamli-diskret qiymatga aylanadi. Ko’pchilik ovoz 

kartalarida standart diskretizatsiya chastotasi 44.1 va 48.0 KGsni tashkil qiladi.  




Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish