103-shakl.
104-shakl.
Takrorlash ucun savollar.
1. Qanday ко`pyoqlik plramida deb ataiadi?
2. Qanday ko'pyoqlik prizma deb ataladi?
3. Tekislik bilan ko'pyoqlikning kesishishidagi kesim yiizasini yasashda qanday usullardan foydalaniladi?
4.To'g'ri chiziq bilan ko'pyoqlikning kesishish nuqtalarini yasashda qanday usullardan foydalaniladi?
Mashqlar
1. Koopyoqliklar bilan tekisliklar o`zaro kesishuv chizigini topuing va kesilgandan qolan qismining yoyilmasini yasang(105-shakl,a,b,v,g,d,e).
a) b) v)
g) d) e)
105-shakl.
Movzu: Ko`pyoqlarning to`g`ri chiziq bilan kesishuvi bilan kesishuvi. (2-soat)
To'g'ri chiziq qavariq ko'pyoqlikning yoqlari bilan ikki nuqtada kesishadi. Xususiy holda to'g'ri chiziq ko'pyoqlikning qirralaridan biriga urinma bo'lishi mumkin.
Ko'pyoqlik bilan to'g'ri chiziqning kesishish (uchrashuv) nuqtalarini topish uchun, berilgan to'g'ri chiziq orqali birorta yordamchi tekislik o'tkaziladi va bu tekislik bilan ko'pyoqning kesishishidan hosil bo'lgan shakl (ko'pburchak) yasaladi. Yasalgan ko'pburchakning tomonlari bilan to'g'ri chiziqning kesishish nuqtalari mazkur to'g'ri chiziq bilan ko'pyoqlikning kesishish nuqtalari bo'ladi.
Shunday qilib, bu masala asosan, ko'pyoqlikning tekislik bilan kesilishidan hosil bo'lgan ko'pburchakning proyeksiyalarini yasashdan iborat bo'ladi. Shuning uchun, to'g'ri chiziq orqali o'tkaziladigan yordamchi tekislikni har qaysi masalaning shartiga qarab tanlash tavsiya qilinadi. Yordamchi tekislik sifatida proyeksi-yalovchi tekislik yoki bcrilgan ko'pyoqlik prizma bo'lsa, Uning yon qirralariga parallel tekislik, piramida bo'lsa, uning uchidan o'tgan tekislik olinsa, masalani yechish birmuncha osonlashadi. Bunga doir bir nechta misol yechamiz.
Asosi H tekislikda joylashgan to'rt yoqli ABCD og'ma prizma va MN to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalari bilan berilgan. To'g'ri chiziqning prizma yoqlari bilan kesishish nuqtalarning proyeksiyalari topilsin va Lining ko'rinar-ko'rinmas qismlarini aniqlash ko`rsatilga (106-shakl).Chizrnada to'g'ri chiziqning ko'rinadigan va ko'rinmaydigan qismlari konkurent nuqtalardan foydalanib aniqlangan.
Asosi H tekislikda joylashgan uch yoqli SAВС og,mа piramida va MN to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalari bilan berilgan. To'g'ri chiziqning piramida voqlari bilan kesishish nuqtalarining proyeksiyalarini toping va ko'rinar-ko'rinmas qismlarini aniqlang (107-shakl).
106-shakl. 107-shakl.
Do'stlaringiz bilan baham: |