O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/79
Sana19.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#178813
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79
Bog'liq
rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya

Proektiv  metodlar. Proektiv  metodlar  test  usullarining  bir  ko’rinishi  bo’lib, 
ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar tavsiya 
etiladi  va  ularni  sharxlash  topshirig’i  beriladi.  Masalan,  tekshiriluvchiga  turlicha 
talqin  qiliish  mumkin  bo’lgan  rasmlar,  tugallanmagan  hikoyalar,  biror  aniq 
ko’rinishi mavjud bo’lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi    o’zining   


 
 
153 
xissiy        kechinmalari,      qiziqishlari,  dunyoqarashi  nuqtai  nazaridan  baholashi 
kutiladi. 
Proektiv  metodlar  qatoriga  Rorshaxning    "Siyoh  dog’lari"  testini  kiritish 
mumkin  (1921).  Bu  -  2  tomonlama  simmetrik  shaklda  berilgan  10  xil  siyoh 
dog’laridan  iborat  bo’lib,  har  1  dog’  har  xil  bo’yoqli  fonda  ko’rsatiladi. 
Tekshiriluvchidan har 1 "dog’" nimaning shaklini eslatishi so’raladi.  Bunda: 2 ta 
dog’ qizil rangli shtrixlar, 5 ta dog’ kul rang - qora, 3 ta dog’ - yorqin bo’lmagan 
ranglarda beriladi. 
Sinaluvchi  tasvirlagan  obrazlar  va  assotsiatsiyalarga  qarab  uning  shaxsi 
xususiyatlari to’g’risida xulosa chiqariladi. 
Rorshax testining yosh psixologiyasida qo’llaniladigan varianti E.T. Sokolova 
tomonidan  modifikatsiya  qilingan  test.  Bu  test  oilaviy  muloqatni  diagnostika 
qiliishda  foydalaniladi.  Bu  maqsadda  eksperimenta  qo’shimcha  metodik  usul 
kiritilgan. Bir necha kartochkalar bo’yicha eksperiment qatnashchilari kelishishlari 
kerak.  Birgalikdagi  (kelishuv  asosida)  javoblarning  sifati  va  miqdoriga  qarab 
tadqiqotchi  kichik  guruh  (yoki  oila)ning  jipsligi  va  mosligi  haqida  ma’lumotni 
qo’lga  kiritadilar.  Shuningdek,  psixologik  tadqiqotchilarda  ko’pincha  rasmli 
assotsiatsiyalar  metodi  qo’llaniladi.  Ushbu  metod  birinchi  bo’lib  1945  yilda 
S.Rozentsveyg  tomonidan  taklif  qilingan.  Bunda  tekshiriluvchiga  turmushda  tez-
tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlar aks ettirilgan rasmlar tavsiya qilinadi. Bu 
rasmlarda  bir  tomonda  turgan  personajlar  nimalarnidir  gapirayotgan  holda 
gavdalantiriladi,  unga  qarama-qarshi  tomondagi  shaxslar  esa  hali  javob  qaytarib 
ulgurmagan.  Tekshiriluvchidan  tez,  qisqa  muddat  ichida  bo’sh  kataklarga 
qaytarilishi kutilayotgan javobni yozish so’raladi. Berilgan javoblarga qarab shaxs 
yo’nalishi,  uning  ziddiyatlarga  munosabati,  agressiya  xissining  xususiyatlari,  bu 
xisning kimlarga qaratilganligi va shunga o’xshash muxim faktlar to’planadi. 
Rozentsveyg  testi  subyekt  agressiyasi  yo’nalishining  3  ta  turini  aniqlash 
imqonini beradi: 
1. Agressiya insonning o’ziga qaratilgan. 
2. Agressiya atrofga qaratilgan. 


 
 
154 
3.  Subyekt  vaziyatni  hal  qiliishdan  qochadi  yoki  uni  bezaydi.  Pedagogik 
amaliyotda  ko’pincha  I.  Shvantsara  tomonidan  ishlab  chiqilgan,  o’smirlik  va 
o’spirinlik davri uchun mo’ljallangan test variantidan foydalaniladi. 
Proektiv  metodikalardan  yana  biri  tugallanmagan  jumlalar  metodi.  Ushbu 
metod 
yordamida 
guruhiy 
va 
shaxsiy 
ustanovkalar 
tekshiriluvchining 
atrofidagilarga  (o’rtoqlari,  o’quvchi,  ota-onasi)  munosabati  xususiyatlari, 
shuningdek,  o’ziga  va  kelajakka  bo’lgan  munosabatlari  ham  o’rganiladi.  Shu 
maqsadda tekshiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif qilinadi, ko’p 
o’ylamasdan gapni mantiqan oxiriga yetkazish talab qilinadi. Masalan, 
- mening har safar kayfiyatim bo’ziladi, agar... 
- men uchun eng muhim muammo, bu - ... 
- do’st - bu ... 
- mening otam ba’zida ... 
- men shunga intilamanki ... 
Proektiv  metodikalar  turli-tuman.  Ular  bir-biridan  tubdan  farq  qiladi.  Biroq 
shuni  nazarda  tutish  lozimki,  proektiv  metodikani  tavsiflash  muayyan  psixologik 
bilimlarni  maxsus  nazariy  tayyorgarlikni  va  metodikani  qo’llash  bo’yicha  amaliy 
tajrabaga ega bo’lishni talab qiladi. 

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish