O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


Faoliyat maxsulini tahlil qilish metodi



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/79
Sana19.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#178813
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
Bog'liq
rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya

Faoliyat maxsulini tahlil qilish metodi. O’quvchilar yozgan inshoga qarab, 
o’qituvchi  uning  adabiy  qobiliyatini,  so’z  boyligi,  rivojlanish  darajasi,  obrazli 
tafakkuri  haqida  xulosa  chiqarishi  mumkin.  Xuddi  shuningdek,  matematikadan 
yozma  ish,  chizmachilikdan  topshiriq  natijalariga  qarab  o’quvchining  individual 


 
 
151 
psixik  xususiyatlari,  qobiliyatlari,  mehnat  malakalari  haqida  ma’lumot  to’plash 
mumkin. 
Diagnostik  metodlar:  Bu  metodlar  shaxsning  u  yoki  bu  xususiyatlarini 
shunchaki ta’riflash emas, balki bu xususiyatlarni o’rganish asosida sifat va miqdor 
jihatdan xarakteristika berish imqoniyatiga ega. 
Diagnostika metodlariga turli xil testlar kiradi. 
Test metodi yordamida kishining aqliy qobiliyatlari darajasi aniqlanadi, inson 
holati va ulariing xususiyatlari belgilanadi, shaxsning strukturaviy sifatlari  — o’z-
o’zini  baholash,  emotsional  barqarorlik,  muammoga  yengil  kirisha  olishi 
o’rganiladi. 
Test inglizcha (test) so’z bo’lib, sinab ko’rish, tekshirish ma’nosini bildiradi. 
Test  tekshiruvchiga  taqdim  etiladigan  topshiriqlar      tizimi        bo’lib,      uning   
natijasida        standartlashtirilgan  o’lchov  o’tkaziladi.  Test  asosan  individlar 
o’rtasidagi  farqlarni  yoki  turli  sharoitlarda  ular  ko’rsatadigan  reaktsiyalar 
o’rtasidagi farqlarni o’rganish uchun mo’ljallangan. 
Yosh  va  pedagogik  psixologiyada  test  guruhlarning  ijtimoiy  psixologik 
xususiyatlarini,  guruhiy  xolatlarning  namoyon  bo’lish  darajasini  o’rganish  uchun 
ham  qo’llaniladi.  Test  guruhlarni  ijtimoiy-psixologik  xarakteristikalari  asosida 
differentsiatsiya qilish maqsadlariga xizmat qiladi. 
Testning  standartlashtirilishi  vazifalar  bajarilishini  baxolash  va  uni 
o’tkazishning bir xildagi jarayonlarni hosil qilishdan iborat. Bu esa test o’tkazilishi 
mo’ljallanayotgan,  o’rganilishi  talab  qilinadigan  katta  sonli  reprezentativ 
sinaluvchilarda (2-3 ming) testni o’tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Test  standartlashtirilishi  2  bosqichda  o’tkaziladi.  1  —  bosqichda  testni 
qo’llash  yo’riqnomasi  shakllanadi:  topshiriqlar  tanlanadi,  uni  o’tkazish  uchun 
ko’rsatmalar ishlab chiqiladi, sinaluvchiga beriladigan yo’riqnoma to’ziladi va testi 
o’tqazishning  boshqa  masalalari  ko’rib  chiqiladi.  2  —  bosqichda  normalar 
aniqlanadi,  ya’ni  test  natijalarini baholash  uchun  boshqa  individlar  yoki  guruhlar 
natijalari bilan solishtirish uchun normalar tizimi belgilanadi. 


 
 
152 
Testning  ishonchliligi  -  shu  test  qayta  o’tkazilganda  (aynan  shu 
tekshiruvchilarda)  olingan  ma’lumotlarning  bir-biri  bilan  mos  kelishi. 
Ishonchlilikni baholashning asosiy ko’rsatkichi korrelyatsiya koeffitsenti. 
Testning  validligi  -  test  qanday  maqsadda  yaratilgan  bo’lsa,  o’sha  maqsad 
uchun qo’llanaladi. 
Qo’llanilshi soxasiga karab: 
1. Intellekt testlari. 
2. Maxsus qobiliyatlarni aniqlash va yutuqqa erishish testlari. 
3. Shaxs xususiyatlarini aniqlash testlari. 
4. Qiziqishlar, ustanovka, qadriyatlarni aniqlash testlari. 
5.  Shaxslararo  munosabatlar  diagnostikasi  uchun  mo’ljallangan  testlar 
farqlandi. 
Masalan,  shaxslararo  munosabatlarni  va  shaxs  sifatlarini  diagnostika  qilish 
uchun  ko’pincha  amerikalik  psixolog  T.  Liri  tomonidan  yaratilgan  metodika 
qo’llaniladi.  Bu  metodik  so’rovnoma  bo’lib,  128  ta  punktdan  iborat.  Sinaluvchi 
o’zi va atrofidagilarda muayyan xislatlarning mavjudligini, shuningdek,  o’zida va 
sheriklarida bo’lishini xohlaydigan sifatlarni ko’rsatadi. Natijalar qayta ishlangach, 
tadqiqotchi  sinaluvchining  shaxsi,  yo’nalishini  aniqlab  va  shu  asosda  shaxslararo 
o’zaro ta’sirni prognoz qilishi mumkin. 
Shunday  qilib,  testlar  -  bu  maxsus  metodlar  bo’lib,  u  yoki  bu  ijtimoiy 
psixologik hodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshlarida 
kashf qilingan bo’lib. ular 20 -30 yillarda xayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib 
keldi.  Natijada  maxsus  soxa  -  psixometrika  yo’zaga  keldi.  Testlarni  qo’llashning 
qulayligi shundaki, bir test yordamida ma’lum shaxsning u yoki bu xususiyatlarini 
bir necha marta, takroran sinab ko’rish mumkin. 

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish