Murakkab ko’nikmalar: berilgan faoliyat mazmuniga ma‘lum qoidalar asosida bog‘langan va tashkil qilgan sodda amallar majmuasi (o‘lchash, kuzatish, tushuntirish, elektr zanjirlarini yig‘ish va h.k.) bo‘lib, ularning yig‘indisi bilan aynan teng emas. Murakkab ko‘nikmalarning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, u namoyon bo‘layotgan faoliyatning o‘zigagina xos bo‘lgan harakat va amallari
mavjud bo‘lmaydi. Bu faoliyat unga xos bo‘lgan sodda ko‘nikmalarning harakat va amallari orqali amalga oshiriladi. Murakkab ko‘nikmalar - unga xos bo‘lgan sodda ko‘nikmalarni umumlashtiruvchi atama emas, balki u eksperimental ko‘nikmalarning mukammal turidir. Aynan shunga asosan, bITTa sodda ko‘nikma, ikkinchisini rivojlantirishda ishtirok etadi. Murakkab ko‘nikmalarni shakllantirishdagi faoliyat soddalariga nisbatan ko‘pqirrali va ancha mukammal bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |