Austunda berilgan atamaga В ustundagi tegishli talqinni mos qo'ying.
Andazaga ko'ra masala tuzing va uni yeching.
Sonli yozma ish.
O'qituvchi doskada bir nechta atamaning nomlarini yozib raqamlab chiqadi. So'ng esa, bu atamalarning (tushunchalarning) nomini aytmasdan ta'rifini ixtiyoriy tartibda o'qiydi. O'quvchilardan esa bu atama (tushuncha) qaysi raqam ostida yozilganligini topishlari so'raladi. Natijada 5, 6, 10, 1, 7, 2, 3, 12, 4, 9, 8 ko'rinishdagi sonli satrdan iborat javob hosil bo'ladi.
Biror mavzuga oid masala yoki savol tuzish.
XULOSA Umumiy o’rta ta’limda geometriya darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tish muhim ahamiyatga egadir. Shu jumladan, darsda yangi misol va masalar yechishning qulay usullari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishlarini orttirish va dars samaradorligini yuqoriga ko`tarish, har bir o`qituvchining vazifasidir. Ushbu malaka ishida yangi pedagogik texnologiyalarning ba’zi usullari, 7-sinf geometriya fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib ishlangan dars ishlanmalari keltirib o`tilgan. Ta`lim sohasida dars o`tishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim jihatlardan biridir. Shunday ekan, yuqorida ko‘rib o‘tilgan misol va masalalar yechish metodlari va yangi pedagogik texnologiyalar ana shunday imkoniyatlarni yaratadi.
Pedagogik amaliyot davrida ushbu pedagogik texnologiyalar xususiyatlari maktabda sinab ko‘rildi, uning natijalari tahlil etildi. Tajriba-sinov ishlarining natijalari yuqoridagi paragrafda keltirildi, shular asosida va maktabda o‘tkazilgan tajriba bo‘yicha quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars o`tish orqali o‘quvchilarning mavzuni tushunish imkoniyati oshadi;
ularning bilim, ko‘nikma va malakalari oshadi;
ko‘rgazmali taqdimotlar o‘quvchilarning tasavvurlarini kengaytirish uchun muhim rol o‘ynadi;
dars o‘tishda vaqtdan yutish imkoniyati tug‘iladi, ya’ni guruhdagi barcha o`quvchilar bilan ishlashga, ularni baholashga, o‘quvchilarning mavzuni yoki shu tushunchaning yaxshi va tez o‘zlashtirishlariga imkoniyat yaratiladi;
o‘quvchilarninggeometrik masalalarni yechishda ijodiy fikrlash qobiliyati shakllanadi;
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan diqqati faol jalb qilinadi;
o‘quvchilar darsdan ijobiy saboq oladilar, fanga qiziqadilar;
darsning sifat va samaradorligi oshadi.
Demak, matematika o’qitish metodikasi yo’nalishi talabalariga aynan mana shunday zamonaviy usullar yaratish va ulardan foydalanishni chuqur o’rgatish, ularning ertangi kunida, ya’ni maktab matematika kursini o’qitishlarida qo’l keladi. Bunda o’quvchilarning ijodiy rivojlanishi uchun imkoniyat kengayadi; o’rganilayotgan o’quv materiali hajmining oshishi va uning ekranda ko’rgazmali tasvirlanishiga erishiladi. Pedagogika oliy o’quv yurtlarining matematika o’qitish metodikasi yo’nalishi talabalarini shunday jihatlarga yo’naltirish, umumiy o’rta yoki akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun mana shunday usullardan foydalanish uzluksiz ta’lim tizimining sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyar orqali o’quvchilarning ijodiy va tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirishga yo’naltirish, o’quvchining roli passiv kuzatuvchidan faol tadqiqotchiga qadar o’zgaradigan o’quv jarayonini tashkil etish imkoniyati yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |