O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi



Download 1,87 Mb.
bet22/28
Sana20.06.2023
Hajmi1,87 Mb.
#952658
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi

Mustaqil ishlash - vaqti-vaqti bilan o'tkazib turiladigan, o'quvchilarning mustaqil o'rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amaliy faoliyat bilan shug'ullanish ko'nikmalarini shakllantiradigan, har bir o'quvchiga alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajartirish, o'quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa-muloqot yordamida yo'naltirib boshqarish va nazorat qilish.
Konferensiya - oraliq nazoratning bir turi bo'lib, asosan chorak yoki yil davomida ma’lum mavzular bo'yicha mustaqil yozilgan ishlarning og'zaki ma’ruza ko'rinishidagi taqdimoti.
Tadqiqot - o'zlashtirish darajasining eng yuqori cho'qqisi, o'quvchilarning olgan bilimlari asosida hali o'rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishi, keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to'g'ri yoki noto'g'riiigini tekshirish. Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uyg'otadigan muammoni yoki masalani qo'yish, uni o'rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to'plash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik to'g'riligini to'plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish.
Endi bu uslubiaming ba’zilari ustida batafsilroq to'xtalamiz.
Aqliyhujumusulibiror muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali rna’lurn bir yechimga kelinadigan samarali usuldir. U to'g'ri va ijodiy qo'llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o'rgatadi. “Aqliy hujum" yordamida turli xil muammolarni hal qilishning yo'llari izlanadi. Bu usul guruhning har bir a’zosi fikrini tezda yig'ish va umumlashtirish imkonini beradi. “Aqliy hujumni, o'quvchilar muammo haqida yetarli ma’lumotga ega bo'lmagan hollarda ham qo'llash mumkin. Bu kutilmagan, oddiy sharoitda aqlga kelmaydigan antiqa yechimlar topish imkonini beradi.
“Aqliy hujum” usulidan foydalanilganda, odatda mashg'ulot ikki bosqichdan iborat bo'ladi: birinchi bosqich - taklif bosqichi (aqliy hujumning o'zi) va ikkinchi bosqich - tahlil hamda yechimlarni saralash bosqichi. Bosqichlar o'rtasida kichik tanaffus berilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.Muammoni aniq va ravshan qo'yish lozim!
“Aqliy hujum" o'tkazish uchun asos bo'lgan muammoning qisqacha mohiyatini katta qog'ozga (yoki doskaga, o'quv taxtasiga) katta harflar bilan yozib, hammaga yaxshi ko'rinadigan joyga osib qo'ygan ma’qul.
Aqliy hujum” - bitta muammo! - har bir “aqliy hujum" faqatgina bitta muammoni hal etishga qaratilgan bo'lishi kerak.
Shartlashuv - “aqliy hujum”ni o'tkazish tartibi va shartlari ishtirokchilarning har biri uchun aniq-ravshan, tushunarli bo'lishi kerak. Shartlar asosida mashg'ulotni o'tkazish tartib-qoidalari tuzilgan va qisqa ifodalangan qoidalarni hammaga ko'rinadigan joyga yozib qo'yish lozim.
Demokratiya - “aqliy hujum"ga hamma teng huquqli ishtirok etadi. “Aqiiy hujum" vaqtida bemalol, erkin ravishda muloqot yuritishni ta’minlash uchun ishtirokchilarni davra shaklida joylashtirish tavsiya etiladi.
Bemalol, istalgan g'oyalarni taklif qilish va tanqid qilmaslik - “aqliy hujumning birinchi bosqichida birorta ham g'oya muhokama etilmaydi va tanqid qilinmaydi. Kutilmagan g'oyalar taklif etish qo'llab-quvvatlanadi. Bu usul yordamida muammo yechimiga oid yetarli darajada ma’lumot to'planadi. Qancha ko'p g'oya va fikrlar bildirilsa, shuncha yaxshi. Bildirilgan g'oya va fikrlarni to'ldirish va yanada kengaytirishga imkoniyat beriladi.
Asoslamaslik- biror bir g'oyani taklif etgan kishi o'z yechimini asoslamasligi va o'zi ham o'zgalar fikrini muhokama qilmasligi lozim. Chunki bu holat boshqa g'oyalar tug'ilishiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish