3.4 O’quvchilarning bilimlarini rivojlantirish va umumlashtirishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi pedagogik va ahborot tehnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirishni talab etadi. Yangi pedagogik tehnologiyalar, innovatsion usullarning asosiy xususiyatlaridan biri, ta’lim oluvchilarga bilimni tayyor holda emas, balki balki qayta kashf etish orqali berish talab etadi. Haqiqatdan inson o’z faoliyatida tajriba izlanish va o’rganish orqali olgan ma’lumotlarini bilim deb atash mumkin. Ma’lum bir mavzuni, undagi qonun va qonuniyatlarni talim oluvchilarning o’zlari qayta kashf etishlarini tashkil etish o’qituvchidan jiddiy ilmiy-metodik va pedagogik tayyorgarlikni talab etadi.
Maktabda islohotlar olib borilishi sababli o’qituvchilarda ijodiy ishlar, o’quv dasturini o’zgartirish, o’quv jarayonida differensial yondashish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Yangi axborot tehnologiyalari bilan o’quv jarayonini taminlash, texnik vositalari paydo bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Ular o’qitish, umuman, yangi metodikalarni yaratish va ma’lum metodlarni modellashtirish imkonini beradi hamda o’qitishning interfaol metodlariga asoslangan yangi pedagogik tehnologiyalarni qo’llash uchun sharoit yaratadi.
O’qitishning interfaol metodi - bu oq’uvchilarning fikrlash faoliyatlarini maksimal darajada faollashtiradigan metoddir. O’quvchi faqat tinglovchi emas balki o’qish jarayonining faol ishtirokchisidir. Ko’plab turli xildagi interfaol metodlar mavjud. Misol uchun, “Matematik bozor” o'yini, “Zakovat” o'yini ko'rinishidagi darslar, “Geometrik domino” o‘yini, ” Klasterlar” , “Burchaklar”, “Insert”, “Kubik ”, “Zigzak” , ”Venna aylanalari”, kichik guruhlarda ishlash va boshqalar. Bu metodlarning hammasi ham yaxshi va qulay, har bir mashg’ulotga bir yoki bir nechta metodni tanlab olish mumkin.
Pedagogik tehnologiya asosida rejalashtirilgan mashg’ulotlarda mavzuning mazmunini barcha o’zlashtirish darajalariga mos holda loyihalashtirish mumkin bo’ladi. Har biro’quvchi o’zining qiziqishi imkoniyatiga mos darajani tanlaydi. Eng qoloq sanalgan o’quvchi ham mavzuni reproduktiv yoki undan ustun o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Iqtidorli o’quvchi uchun mavzuning mazmunini o’zlashtirishdan tashqari uni amaliyotga tadbiq etish, aniq natijalarga erishish, tahlil qilish orqali tegishli xulosalar chiqarish hamda o’zining nuqtai–nazariga ega bo’lish imkoni yaratiladi.
Quyida geometriya darslarida qo’llash mumkin bo’lgan o’qitishning interfaol metodlaridan ba’zilarini keltiramiz:
Geometrik o‘yin darslari
O'yinlarta'limuslubisifatidaquyidagivazifalarnibajaradi:
o'rgatuvchi - umumta’lim mahoratini shakllantirish, ijodiy qobiliyatini
o'stirish, shu jumladan yangi vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va tahlil
qilish;
rivojlantiruvchi - mantiqiy tafakkurni, nutqni atrof-muhit sharoitiga
moslash qobiliyatini o'stirish;
qiziqtiruvchi - ishtirokchilarni o'quv faoliyatiga undamoq, mustaqil
xulosaga kelishiga rag'batlantirish;
tarbiyaviy mas’uliyatni, kommunikativlikni shakllantirish.
O'yin usullari va vaziyatni mashg'ulotlarning belgilangan shaklida amalga
oshirilishi quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha sodir bo'ladi:
didaktik maqsad o'quvchilar oldiga vazifa ko'rinishida qo'yiladi;
o'quv faoliyati o'yin qoidalariga bo'ysunadi;
uning vositasi sifatida o'quv materialidan foydalanadi;
o'quv faoliyatiga didaktik vazifani o'yinga aylantiradigan musobaqa
elementlari kiritiladi;
didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarilishi o'yin natijasi bilan bog'lanadi.
O'yin-vaziyatda ko'rsatilgan muammoni yechish bo'yicha ishtirokchilarningbirgalikda faolish olib borishlariga asoslangan. O'yin ishtirokchilarining bitta majburiy maqsadlari bor - muammoni yechish. Ishlab chiqilgan o'yin mumkin qadar hayotiy bo'lishi, ishtirokchiiar uchun juda murakkab va qiyin bo'lmasligi lozim. Navbatdagi bandlarda o'yinlarga misollar keltiramiz.
“Geometrik domino” o‘yini
O'yinda uch guruh (sinfxonadagi uch qator partalarda o'tirgan o'quvchilar)
qatnashadi.
O'yin domino o'yini qoidalari asosida olib boriiadi. Domino toshlari sifatida
matematik misollar yozilgan varaqchalar olinadi.
G
Asosi 4
Tomoni8 bo’lgan 8
uchburchak
eometrik domino “toshlari” mavzuga qarab turlicha bo'ladi. Masalan: “Uchburchaklar” bobi yakunlariga bag'ishlangan domino “toshi" ko'rinishi quyidagicha bo'lishi mumkin. Toshning birinchi bo'lagida "Asosi 4,yon tomoni 8 bo'lgan uchburchak” yozuvi, ikkinchi bo'lagida tomoni 8 ga teng
bo'lgan teng tomonli uchburchak shakli berilgan.
1-rasm
O'yin quyidagi tartibda olib boriiadi:
1-rasmda keltirilgan kabi 12 ta domino toshlari guruhlarga teng taqsimlab beriladi;
Qur’a tashlash yo'ii bilan qaysi guruh boshlashi aniqlanadi;
boshlovchi guruh bitta “toshni” doskaning o'rtasiga skoch bilan yopishtirib
qo’yadi. Aytaylik, bu yuqorida tasvirlangan tosh bo'isin;
guruhlar tezda toshning ikki bo'lagidagi shakllarning xossalarini eslashga
kirishadilar;
“teng tomonli uchburchak” yozuvi bo'lgan tosh ikkinchi bo'lib doskaga birinchi ‘'tosh’’ning o'ng tomoniga yopishtirilishi lozim. Qaysi guruh buni birinchi topsa va “teng tomonli uchburchak"yo'zuvi bilan boshlanadigan “toshi”bo'lsa, o'sha guruh tezlik bilan ikkinchi bo'lib toshini doskaga yopishtiradi. Bunday "tosh’’ quyidagi ko'rinishda bo'lishi mumkin.
Teng tomonli
uchburchak
2-rasm
natijada doskada ikkita tosh yonma-yon turadi.
-
Asosi 4
Tomoni8 bo’lgan
uchburchak
|
Teng tomonli
uchburchak
|
3-rasm
shuningdek, “tosh"ni birinchi “tosh’ning chap tomoniga ham yopishtirish mumkin buning uchun toshlar ichidan “teng yonli uchburchak" yozuvi bo'lgan toshni aniqlash lozim bo'ladi.Bu ‘‘tosh’’ quyidagicha bo'lishi mumkin.
Teng yonli
uchburchak
4-rasm
Natijada doskada uchta tosh yonma-yon qo’yiladi.
-
Teng yonli
uchburchak
|
Asosi 4
Tomoni8 bo’lgan
uchburchak
|
Teng tomonli
uchburchak
|
5-rasm
O'yin shu tarzda davom ettiriladi. Qaysi guruh birinchi bo'lib, hamma “tosh”larini doskaga yopishtirsa, o'sha birinchi, ikkinchi bo'lib hamma “toshlarni doskaga yopishtirsa ikkinchi, uchinchi bo'lib “tosh’’lardan yopishtirsa, uchinchi o'rinni egallaydi.
“Zakovat” o'yini ko'rinishidagi darslar.Bu mashg'ulotni bob yakunida takrorlash darsi sifatida tahlil qilish mumkin. Sinf 6 ta guruhga bo'linadi va oldindan tayyorlab qo'ygan topshiriqli konvertlarni (yoki kartochkalarni) guruh a'zolari navbat bilan olishadi. Shundan so'ng guruhlar 1 minut davomida o'zlariga berilgan topshiriqlarni bajarishadi va guruh javoblarini e’lon qilish uchun bir o'quvchini tanlashadi (yoki guruh sardori javob beradi). Har bir guruhga bir nechta savoldan iborat topshiriq beriladi. O'qituvchi har bir to'g'ri javob uchun ball qo'yadi. Agar biror savol-topshiriqqa noto'g'ri javob bo'lsa, boshqa guruhlar to'g'ri javobni berishlari mumkin, bu holda, javob bergan guruhga ball qo'yiladi. Shu tariqa har bir guruh o'ziga berilgan topshiriq bo'yicha taqdimotini o'tkazadi, boshqa guruhlar esa ularni to'ldirishlari va noto'g'ri javoblarni to'g'rilab ball olishlari mumkin. Natijada 1 soatlik darsda katta bir bo'lim, bob bo'yicha o'tilgan o'quv materialini takrorlab, o'rgangan bilimlarini mustahkamlab olish va hamma o'quvchilarni mashg'ulotga jalb qilib ularning darsda faol bo'lishlariga erishish mumkin. O'quvchilar soni oz bo'lgan sinflarda esa sinfni guruhlarga bo'lmasdan, baiki 3 ta qator o'rtasida musobaqa tarzida ham o'tkazish mumkin. Bu holda qatorlarga 2 martadan topshiriqli kartochka berish mumkin (6 ta kartochka tayyorlanadi va har bir qatorga navbat bilan 2 martadan beriladi). Bu mashg'ulotni boshqa fanlarga ham moslashtirib o'tkazish mumkin.
“Matematik bozor” o'yini. Bu mashg'ulotni odatda biror katta bo'lim yoki bobning oxiridagi takrorlash darslarida o'tkazish mumkin. Biror bob yakunlangandan keyin o'qituvchi shu bobda o'rganilgan materiallarga oid misollarni varaqlarga yozib tayyortaydi. Har bir varaqda 2-3 tadan turli qiyinlikdagi misollar yoziladi va har bir misol yechimi uchun qiyinlik darajasiga qarab “narx” belgilanadi (masalan: 50 so‘m, 100 so‘m, 200 so'm,...). Varaqlar soni sinfdagi o'quvchilar soniga qarab tanlanadi. O'quvchilar 4 tadan qilib guruhlarga bo'linadi, bunda sinfda o'rtacha 8-10 ta guruh tashkil qilish mumkin. Demak, har bir varaqdan guruhlar soniga mos ravishda 8-10 tadan tayyorlash kerak bo'ladi. Varaqlarning turi esa 4-5 xil bo'lsa yetarti bo'ladi (jami 32-40 ta varaq). Har bir guruh varaqlardan oladi, ya'ni har bir guruhda 4 yoki 5 xil varaq bo'ladi. “Narxlar’’ varaqlarda har bir misol (savol) to'g'risida ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
-
1 - variant
|
1. Topshiriq
|
100 s.
|
2. Topshiriq
|
150 s.
|
3. Topshiriq
|
200 s.
|
Biror guruh 1 - variantdagi topshiriqlarni birichi bo'lib bajarsa, o'qituvchiga ko'rsatadi va o'qituvchi yechimni tekshirib, shu guruh ishlagan pulni doskada tayyorlab qo'yilgan jadvalga yozib qo'yadi. Shu 1 - variantni undan keyin ishlagan guruhlarga har bir topshiriq “narx”idan 25 so'mdan chegirib "ish haqi" beriladi. Shu tariqa guruhlar har bir variantdagi topshiriqlardan iloji boricha ko'proq va tezroq yechishga va ko'proq pul to'plashga harakat qiladilar. Variantlardagi topshiriqlar xilma-xil va har xil narxli bo'lishi mashg'ulotlarni qiziqarli bo'lishiga yordam beradi.
Ma'lum vaqtdan so'ng (masalan 15 minutdan keyin) “bozor” to'xtatiladi va o'qituvchi guruhlar to'plagan pullarni jadval yordamida hisoblaydi. Guruhlarni o'qituvchi raqamlashi yoki o'quvchilarning o'zlari guruhga nom tanlashlari mumkin. Qaysi guruh ko'proq pul to'plagan bo'lsa, shu guruh g'olib deb topiladi. Qolgan guruhlarga ham o'rinlar beriladi. Biror guruh biror topshiriqni bajarishga qiynalgan yoki bajara olmagan bo'lsa, shu topshiriqni bajargan guruhlar yechimini doskada namoyish qilib berishlari mumkin. Biror topshiriqni hech bir guruh bajara olmagan bo'lsa, o'qituvchining o'zi shu topshiriqni yechish yo'llarini ko'rsatib berishi va shu kabi misollar ustida ishlash zarurligini ta’kidlashi kerak.
So'ngra o'qituvchi guruhlarning to'plagan pullariga qarab o'quvchilarni ,baholaydi. Eng ko'p pul to'plagan guruh o'quvchilariga 5 ball, keyingi 2 ta guruhga 4 balldan, keyingi 3 ta guruhga 3 balldan va hokazo, qo'yish mumkin.
Yakuniy jadval
|
1-V
|
2-V
|
3-V
|
4-V
|
S-V
|
Jami
|
O'rin
|
Ball
|
1-G
|
500
|
425
|
|
|
|
|
|
|
2-G
|
425
|
350
|
|
|
|
|
|
|
3-G
|
350
|
500
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |