O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi


Agressiyani tushuntirishda psixoanalitik yondashuv



Download 14,52 Mb.
bet8/16
Sana28.05.2022
Hajmi14,52 Mb.
#614392
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
dip-3

Agressiyani tushuntirishda psixoanalitik yondashuv. Bu yondashuv tarafdorlarining fikriga ko`ra agressiya – bu instinktiv fe`l atvor turlaridan biridir. Bu nazariyaning yaratuvchisi bo`lgan Z.Freyd o`zining dastlabki ishlarida shuni ta`kidlaganki, insoniy fe`l-atvorlarning barchasi bevosita yoki bilvosita erosdan, ya`ni hayot instinktidan yaraladi. Erosning quvvati (libidosi) hayotni mustahkamlashga, saqlab qolishga va ko`paytirishga yo`naltiriladi. Ushbu ma`noda agressiya mana shu libidoz impulslarning buzilishi va blokirovka qilinishiga nisbatan reaktsiya sifatida qabul qilinadi. Birinchi jahon urushi zo`ravonliklari tajribasini boshdan kechirgan Freyd, agressiyaning kelib chiqishi va mohiyati haqida fikr yuritar ekan, u ikkinchi asosiy instinct – tanatos – o`limga ishtiyoqning mavjudligini taxmin qildi. Bu instinktning quvvati buzg`unchilikka va hayotni to`xtatishga yo`naltirilgandir. Shunday qilib, tanatos agressiyani tashqariga chiqarishga va boshqalarga yo`naltirilishiga bevosita sabab bo`ladi.
Freydning agressiyaning boshlanishi va tabiatiga nisbatan bildirgan mulohazalari o`ta pessimistic bo`lgan, deyish mumkin. Chunki unga ko`ra agressiv xulq insonga tug`ma berilgan bo`lib, undan qutulib bo`lmasligi ta`kidlanadi.
Freydning fikricha, tanatos energiyasi tashqariga yo`naltirilmasa, bu inson psixikasining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun agressiyani tashqi namayon bo`lishi tanatosning bunday buzg`unchi kuchini susaytirishi va natijada yanda xavfli harakatlarning paydo bo`lishi ehtimolini kamaytirishi mumkin.
Shunday qilib, Freyd keyingi davr nazariyotchilaridan farqli o`laroq bu tushunchaga optimistic jihatdan qaramagan.
Etologik yondashuv. Nobel mukofoti laureati mashhur etolog K.Lorens agressiyaga nisbatan evolyutsion yondashuv tarafdoridan biri bo`lgan va uning bu pozitsiyasi Freydning pozitsiyasi bilan o`xshash ekanligini namoyish qilgan. K.Lorens ta`limotiga ko`ra, agressiya insonlarga va boshqa tirik jonzotlarga xos bo`lgan hayot uchun kurash tug`ma instinktidan kelib chiqqan.
U bu instinct uzoq evolyutsiya davrida rivojlangan, deb taxmin qilgan bo`lib, uning uchta muhimvazifasini ajratib ko`rsatadi. Birinchisi, hayot uchun kurash instinkti turli xil biologic tur vakilliklarini dunyo bo`ylab katta geografik kengliklarga tarqatib yuboradi, bu esa oziq-ovqat resurslarining maksimal sarflanishini ta`minlaydi. Ikkinchidan, agressiya biologic turning genetik fondi yaxshilanishini ta`minlaydi, chunki faqat eng kuchli va quvvatli individumlargina o`zidan avlod qoldira oladi. Uchinchidan, kuchli tur vakillarigina o`zini himoya qila oladi va avlodining tirik qolishini ta`minlay oladi.
Freyd instinktiv agressiv energiyaning qanday yig`ilishi va tarqab ketishi haqida aniq bir fikrga kelmay turgan bir pallada, K.Lorrens bu muammo yuzasidan aniq bir to`xtamga kelib bo`lgan edi. Uning fikricha, yashash uchun kurash instinkti bilan yo`g`rilgan agressiv energiya organizmda uzluksiz ravishda aylanib yuradi, brogan sayin to`planib boraveradi. Demak, agressiv energiyaning hajmi qancha ko`p bo`lsa, uning tashqariga “otilib chiqishi” uchun shunchalik kam kuchga ega bo`lgan stimul (bahona) kerak bo`ladi.
K.Lorens nazariyasining qiziqarli ijati shundaki, u o`z nazariyasida inson boshqa jonzotlardan farqli o`laroq o`z turigamansublarga qarshi zulm o`tkazishi holatlarining keng tarqalganligini ta`kidlab ko`rsatadi. Uning fikricha, barcha tirik jonzotlarga yashash uchun kurash instinktidan tashqari o`zining barcha xohish istaklarini bosa olish imkoniyati berilgan; bu imkoniyat ularning o`ljalariga qay darajada jiddiy talofat yetkazish yoki yetkazmaslik xohishlari bilan o`zgarib turadi. Shunday qilib, tabiat tomonidan boshqa jonzotlarni o`ldirish uchun barcha zarur ashyolar (epchillik, uzun tirnoq va o`tkir tishlar) bilan ta`minlangan yirtqich sher va yo`lbarslar o`z turi vakllariga tajovuz qilishning oldini oluvchi ushlab turuvchi omillarga egadir. Lekin ularga nisbatan ancha zaif bo`lgan insonlarning o`z tug`ma ehtiyojlarini ushlab turuvchi omillari yetarli darajada kuchli emas. Insoniyat tarixining muqaddimasida erkak va ayollar o`z qabiladoshlariga qarshi agressivlik ko`rsata turib, tish va mushtlarini ishga solganlar va bu hol u qadar qo`rqinchli tuyulmagan, chunki ularning bir-biriga jiddiy jarohat yetkazish ehtimoli u darajada yuqori emas edi.
Insoniyat taraqqiyoti texnik taraqqiyot bilan uyg`unlashishi natijasida inson ommaviy qirg`in qurollarini yaratdi, uning o`z zohish istaklarini qondirishga bunday holatda intilishi insonning tur sifatida yo`qolib ketish xavfini vujudga keltiradi. K.Lorens tarixda jahonga hukmronlik qilish istagida bo`lgan buyuklarning butun bir millatlarning qirilib ketishini istaganligini o`z oldiga maqsad qilib qo`yishi – aynan inson zo`rovonligi agressiyasining oldini oluvchi tug`ma ushlab turuvchi omillardan ustunlik qilayotganligi sifatida tushuntiradi.
K.Lorens ham xuddi Freyd kabi agressiyadan qutilib bo`lmaydi deb hisoblasa-da, agressiyani susaytirish yoki nazorat qilish mumkin degan fikrni yoqlagan. U agressiv energiyaning xavfli darajagacha yetishning oldini olish va bu orqali zo`ravonlik jolatlarini kamaytirishi mumkin, deb taxmin qilgan.

Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish