X U L O S A
Inson agressiyasini o`rganish serqirra mavzu bo`lib, u ushbu fenomenning asl mohiyatini ochib berishga urinayotgan olimlarning diqqatini o`ziga tortib kelgan. Biz o`rgangan tadqiqot ishimizda agressiyaga aloqador eng birinchi va balki eng mashhur nazariy tushunchaga asosan bunday fe`l-atvor o`z tabiatiga ko`ra ko`p jihatdan instinktiv ekanligi ma`lum bo`ldi. Bu yondashuv juda keng tarqalgan bo`lib, unga ko`ra insonga genetik va konstitutsional jihatdan shunday harakatlar “programmalashtirilgan”ligi tufayli uning xulq-atvorida agressiya sodir bo`ladi ekan.
Psixologiyada agressiv xulq-atvorning yuzaga kelish sababalari har xil bo`lib, o`lar quyidagilardan iborat:
1. Agressiyaning dardmandlik darajasidagi alomatlari (tutaqib ketish, jahl kelganda o`zini yo`qotib qo`yish).
2. Agressiyaning jismoniy og`zaki va boshqa butun jamiyat uchun namaqbul sanalgan axloq qonun-qoidalari bilan bog`liq shakllari (odatda, ular ijtimoiylashuv xususiyatlari, aksilijtimoiy xulq-atvor me`yorining mustahkamlanishi bilan bog`liq bo`ladi).
3. Jamiyatda qabul qilingan axloq qonun-qoidalarini yetarlicha o`zlashtirilmaganligi yoki xatti-harakatlarini idora qilish imkonini beruvchi xususiy sifatlarni to`liq shakllanganligi bilan bog`liq agressiyaning turli ko`rinishlari (ta`lim-tarbiya ko`rmaganlik).
4. Ayrim kuzatuvchilar tomonidan agressivlik haq-huquqlarinipoymol qilish, birovga ziyon yetkazish gumonini paydo qiladigan, boshqa bir kuzatuvchilar tomonidan qat`iylik, faollik sifatida talqin qilinadigan barcha xatti-harakatlar.
Hozirgi kunda insonlarda kuzatilayotgan agressiv xatti-harakatlarning namayon bo`lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorni oldini olish yoki nazorat qilish muammolarini ilmiy o`rganish shuni ko`rsatadiki, inson tabiatdagi bu ko`rinishni chuqur o`rganish psixologiya fanining bugungi kun talabiga aylanib bormoqda.
Yuqoridagi muammoni yoritish jarayonida shaxs shakllanishiga oila muhitning ro`li, ota-onaning farzandini tarbiyalashidagi yoki unga bo`lgan munosabatlardagi nato`g`ri xatti-harakatlarning salbiy ta`sirlarini ko`rsatib o`tgan edik. Xuddi shuningdek shaxsda agressiv xulqning shakllanishida ham oila muhitining o`rni katta bo`lib, ota-onaning farzandi xatosiga nisbatan reaktsiyasi, ota-onalar o`rtasidagi munosabatlar xarakteri, oiladagi garmoniya yoki diskgarmoniya darajasi, qondosh oka-uka va opa-singillar o`rtasidagi munosabatlar xarakteri oilada va undan tashqarida bo`lsa agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi hamda uning balog`at yillarida atrofdagilar bilan quradigan munasobatlariga ta`sir ko`rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Afsuski, ayrim oilalarda o`z otasi yoki onasining mehr-oqibatidan bemahra o`sayotgan bolalar yo`q emas. Ba`zi oilalarda esa ota-ona va farzand o`rtasidagi o`z-aro munosabatlarining ijobiy psixologik ilqimida emasligi achinarli holdir, albatta. Aksariyat ota-onalar o`z farzandlarini tarbiyaga chaqirishida g`amxorlik, mexrbonlik, sobir-toqat, mehr kabi xislatlar bilan yondashish o`rniga kuch bilan, ayniqsa jismoniy jazo usuli bilan ta`sir o`tkazadilar. O`z navbatida bu kabi xatti-harakatlar bolalarga agressiv xulq-atvorning shakllanishiga zamin bo`ladi.
Tadqiqot ishimizda yana shu narsaning guvohi bo`ldik, bola agressiv xatti-harakat namunalarini quyidagi uch asosiy manbaga asoslanib to`playdi ekan:
1. Nosog`lom oila muhiti. Ba`zi oilalarda ota-ona bilan farzand o`rtasidagi munosabatning ijobiy psixologik iqlimda emasligi, farzandlar o`rtasidagi kelishmovchiliklar, oiladagi majoralari, nizolar, oilaviy hamohanglikning mavjud emasligi bolalarda agressiv xulq-atvorning shakllanishiga olib keladi. Bolalardagi agressivlikning namayon bo`lishi oilaviy muhitning ta`sir darajasiga bog`liq hisoblanadi.
2. Tengdoshlar guruhi. Bolalar oiladan tashqarida o`z tengqurlari bilan bo`lgan munosabatda ham agressiv xatti-harakatlarni o`zlariga singdiradilar. Ko`pgina hollarda o`zlarini agressiv tutishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar esa o`z tengdoshlari orasida siqib chiqariladi. Bunday bolalar o`zini xo`rlagandek his qilib, o`zi kabi agressiv bolalar guruhidan joy topadilar. Bu esa muammo ustiga muammo tug`dirmasdan qolmaydi.
3. Ommaviya axborot vositalari – bugungi kunda bolalarning agressivligini kuchaytirishga ta`sir etayotgan eng kuchli quroldir, degan fikr keyingi paytlarda ko`pchilik tomonidan e`tirof etilmoqda. Shu o`rinda oynai jahon orqali namoyish etilayotgan turli jangari filmlar, ko`rsatuvlar ham bolalarda agressiv xususiyatlarning tarkib topishiga ta`sir qilayotganligi mutaxassislar tomonidan qayd etilmoqda.
Oilaviy bohqaruv harakteri, ota-onalarning farzandini “to`g`ri yo`lga solishi” yoki uning xulq-atvorini o`zgartirishiga qaratilgan harakatlari ijtimoiy psixologlarning qiziqishiga sabab bo`ladigan muammolaridandir. Bu borada mutaxassislar uch xil tiptagi ota-onalarni ajratib ko`rsatishgan:
1. Ba`zi ota-onalar bola tarbiyasiga kamdan kam aralashadilar: ular tarbiyalashda ongli ravishda aralashishmaslik siyosatini qo`llaydilar, ya`ni bolaga o`zi istaganidek ish tutishga yo`l qo`yib beradilar yoki shunchaki unga hech qanday etibor qaratmaydilar, bolaning fe`l atvori to`g`ri yoki noto`g`riligi haqida ham o`ylamaydilar.
2. Boshqa bir ota-onalar esa bola tarbiyasiga tez-tez aralashadilar: ular bolani goh rag`batlantiradilar (ijtimoiy me`yorlarga xos xulq-atvor uchun), goh jazolaydilar (qabul qilib bo`lmas agressiv xulq-atvori uchun).
3. Ba`zi bir ota-onalar farzandini ongsiz ravishda agressiv harakatlar uchun rag`batlantirib, aksincha jamiyatga qabul qilingan fe`l tavor uchun jazolab qo`yadilar. Bilib bilmay amalga oshirgan bunday mustahkamlash agressiv xulq-atvorning shakllanishini belgilab beradi.
Shu tadqiqotning verbal agressiyasining yuqori darajada namoyon bo`lishi peshqadamlik qobiliyatlarini yuksak baholovchilarga xosligi ham aniqlanadi. Undan tashqari verbal agressiya shaxsning o`zidagi mustaqillik, avtonomlik sifatlarini hamda intellekti darajani yuqori baholash bilan ham bog`liq bo`lib chiqdi. Shunday qilib yuqori verbal agressiyaning ko`rinishlari shaxsning o`z-o`ziga katta baho berishi, ayniqsa, o`smirning o`zini eng avtonom, eng mustaqil, eng peshqadam bo`lishga loyiq va eng intellektual rivojlangan deb hisoblashi bilan ham bog`liqligi ayon bo`ladi.
Tadqiqotlar natijasiga ko`ra yana bir tendentsiya ko`zga tashlanadiki agressivligi yuqori bo`lgan o`smir ko`p hollardan ekstremal ravishda o`z-o`zini juda yuqori yoki juda past baholash xususiyatiga ega. Noagressiv bolalarga esa o`zini adekvat baholash xarakterlidir.
Xulosa o`rnida shuni aytib o`tishimiz lozim, biz tavsiya qilgan metodlardan ota-onalar agressiv bolalari bilan birgalikda olib bosa agressivlikning oldini olamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi maoruza, 1995 yil 23 fevral.
2. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T. O‘zbekiston, 1997 - 326 b.
3.Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining IX sessiyasidagi ma’ruza. 1997 yil 29 avgust.
4.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi ma’ruza. 1999 yil 14 aprel.
5.Karimov I.A. O‘zgarish va yangilanish - hayot talabi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida so‘zlangan nutq. 2000 yil 25 may.
6.Karimov I.A. O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasidagi ma’ruza. 2002 yil 29 avgust.
7.Avloniy, Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. T. O‘qituvchi, 1992, 160 bet.
8.Anikeeva N.P. "Jamoada ruhiy muhit". Toshkent, "O‘qituvchi", 1993.
9.Vilyunas V.K. "Emotsional holatlar psixologiyasi". Moskva, 1976.
10.Gamezo M.V., Domashenko I.A. "Psixologiyadan atlas". Moskva, "Prosveo‘eniye". 1986.
11.Granovskaya R.M. "Amaliy psixologiya elementlari". LGU 1988.
12.Davidov V.V. tahriri ostida: "Psixologik lug’at". Moskva, "Pedagogika", 1983.
13.Deyl Karnegi. Kak zavoyevqvat druzey i okazqvat vliyaniye na lyudey. Moskva, izd. Progress, 1989.
14.Ignatpev ye.I., Lukin L.S., Gromov M.D. "Psixologiya". Toshkent, "O‘qituvchi", 1979 y.
15.Kaykovus "Qobusnoma". Toshkent, 1993.
16.Kurs prakticheskoy psixologii, ili kak nauchitsya rabotatp i dobivatpsya uspexa: Uchebnoye posobiye dlya vqsshego upravlencheskogo personala. Avtor-sost. R.Kashapov-Ijevsk: Izd-vo Udm. un-ta, 1996, 448s.il.
17.Kutter Peter "Sovremennqy psixoanaliz" Per. c nem. S.S.Pankova pod obo‘. red. V.V.Zelenskogo - SPB, "B.S.K", 1998, 348s.il.
18.Petrovskiy A.B. tahriri ostida: "Psixologiya". Toshkent, "O‘qituvchi", 1979.
19.Platonov K.K. "Qiziqarli psixologiya". Toshkent, "O‘qituvchi", 1971.
20.Rahmonqulova M. "Psixologiya kursidan ko‘rsatmalilik". Toshkent, 1979.
21.Ribakova K.M. "Pedagogik jarayondagi o‘zaro harakat va nizolar". Moskva, 1986.
22.Safoyev N., Gaffarov B. "Muomala sirlari". Toshkent, "Navro‘z", 1992.
23.Nemov R.S. Psixologiya. 3 tom. M.: R
24.Nemov R.S. Prakticheskaya psixologiya: Poznanie sabya. Vliyanie na lyudey: Posobie dlya uchash. – M.: Gumanit. Izd. Tsentr VLADOS,1998-320s.
25.Psixologicheskie testi. Axmedjanov E.R. Sostavlenie, podgotovka teksta, bibliografiya. M.: 1996 – 320 s.
26.Psixologik treninglar. (Faqat hozir va shu erda).Namangan 2002.
27.Psixologiya. Slovar`/Pod.obsh.red. A.V.Petrovskogo, M.G. Yaroshevskogo. – 2-e izd.ispr.i dop. – M.: Politizdat, 1990 – 494 s.
28.Rogov E.I. Nastol`naya kniga prakticheskogo psixologa. M.: Vlados.1999.
29. Stolyarenko L.D. Pedagogicheskaya psixologiya. Rostov N/D.: Feniks, 2000. - 544 s.
30. To`raqulov E., Rahimov S. “Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta`lim tarbiya haqida” T.: O`qituvchi, 1993.
31.Fridman L.M., Kulagina I.Yu. Psixologicheskiy spravochnik uchitelya. – M.: Prosveshenie, 1991. – 288 s.
32.Shax B.I. Nekotorie aspekti izucheniya sostoyaniya trevojnosti v svyazi s zadachami profkonsul`tatsii. - “Voprosi psixologii” № 3 1991.
33.Byutner K. Kak jit` s agressivnimi det`mi. Per.s.nem.-M.: Pedagogika, 1991-144s.
34.Zank.A.Z. Kak opredelit` uroven` razvitiya mishleniya shkol`nika. M.2002.
35.Ijtimoiy psixologik treninglar praktikum. Farg`ona 2003.
36. Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy amaliyt. T.1999.
37.Kamilova N.G`. Muammoli o`smir: tashhis, tadqiqot metodlari. T.2004.
38.Karimova V.M. Psixologiya.Toshkent: A.Qodiriy nomidagi nashriyot, 2002.205 b.
Internet saytlar:
www.bilimdon.uz,
www.ziyonet.uz,
www.psycholodies.ru
www.piter.press.ru
www.psyedu.ru
www.psy.net.ru
www.psylib.org.ua.
Do'stlaringiz bilan baham: |