O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi


S.Rozentsveyg metodikasi frustratsiya testidan olingan 24 ta rasmdan iborat. Bu rasmlarda odamlar turli emotsiogen, frustratsion vaziyatlarda tasvirlangan



Download 14,52 Mb.
bet15/16
Sana28.05.2022
Hajmi14,52 Mb.
#614392
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
dip-3

S.Rozentsveyg metodikasi frustratsiya testidan olingan 24 ta rasmdan iborat. Bu rasmlarda odamlar turli emotsiogen, frustratsion vaziyatlarda tasvirlangan.
Sinaluvchiga ko`rsatma: «Hurmatli ishtirokchi! Hozir sizga bir necha rasm ko`rsatiladi. Bu rasmlarda bir odam ikkinchisiga nisbatan qandaydir harakatni amalga oshiradi. Siz o`zingizni ikkinchi odam o`rniga qo`yib, uning nomidan javob berishingiz kerak. Javobni tez va ko`p o`ylamay qog`ozga rasmning tartib raqami bilan yozib qo`ymog`ingiz lozim».
Nazariy yondashuv.
Taxmin qilinishicha, agressivligi yuqori bo`lgan odamlar frustratsion vaziyatlarda boshqa odamlarga nisbatan agressiv reaktsiyalarni namoyish etishga ko`proq moyil bo`ladilar.
Natijalarni baholash.
Sinaluvchilarning javoblari ikki xil bo`lishi mumkin:
1) agressiv reaktsiyali javob; 2) noagressiv reaktsiyali javob.
Agressiv reaktsiyalarga boshqa odamni qoralash, haqoratlash yoki unga jismoniy zarar etkazishga yo`naltirilgan reaktsiyalar kiradi. Noagressiv reaktsiyalarga vaziyatni yumshatish, aybni o`z bo`yniga olish, ro`y bergan hodisaga e`tibor bermaslik, hissiyotga berilmay bosiqlik bilan qaror qabul qilish kabi reaktsiyalarni kiritish mumkin.












Agressiv reaktsiyalar soni 14 va undan ko`p bo`lsa, agressiv reaktsiyalar soni 10 va undan kam bo`lsa, sinaluvchining agressivlik darajasini yuqori, deb hisoblash o`rinli.
Agar noagressiv reaktsiyalar soni 14 va undan ko`p bo`lsa, agressiv reaktsiyalar soni 10 va undan kam bo`lsa, sinaluvchining agressivlik darajasini past, deb hisoblash o`rinli.
Agar reaktsiyalar o`rtasidagi nisbat 9/13 bo`lsa, sinaluvchining agressivlik darajasi haqida aniq xulosaga kelish qiyin.
2.3. AGRESSIV BOLALARNING OTA-ONALARI BILAN OLIB BORILADIGAN PSIXOKORREKTSION ISHLAR

Men bolaman” mashqi


Ota-onalarni “Men bolaman” o’yinini o’ynashga taklif qilinadi. Bunda asosan, ota-onalar o’z tajribalariga tayangan holda o’z yoshliklari haqida gapiradilar. Masalan: Y.P.Azarov o’zining tutgan uslubi haqida quyidagicha tushuncha beradi:
“Mening usulim”, men o’zimning bolaligimga qaytaman» bolalikdagi his qilishimni esga olaman, ya’ni bolalikdagi yengillikni, o’zimni butun katta yoshdaligim bilan boshqaruvchi obrazimni o’z holatiga tashlayman. Mening tashqi katta yoshligimda esa boshqaruvchi obrazi, mamuriyat ro’limni bajaraman. O’yin davomida bolalarimga nisbatan o’zaro munosabatda bo’lish jarayonining ijobiy munosabat qonun-qoyidalarining turlari quyidagichadir: Bunga odob-axloq, tartib-intizom, yaxshi kayfiyat, rostgo’ylik, adolatparvarlik haqida tushuncha berish, o’zimni tushuntirish bo’yicha xatti-xarakatlarimni to’g’ri tutishim uchun dastlab miyada o’ylab, keyin birinchi so’zni aytish kerak bo’ladi, deb hisoblayman. Bu esa munosabat formulasi hisoblanadi:
Esingizdami, yosh bola paytingizda qanaqa o’yinni ko’proq yaxshi ko’rar edingiz? Esladingizmi? Endi esa, farzandingiz yoki nabirangizni shu o’zingiz o’ynagan o’yinni o’ynashga taklif qiling. O’zingiz ham bolalarcha, o’z sherigingizni qo’lidan ushlab, ular bilan birgalikda o’yinni o’ynashga taklif qiling. Bu esa, bolangizning o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi, natijada u o’zini sardorday his qiladi.
Bu yaqinlik esa, siz bilan bola birgaligida o’yinning yo’l-yo’riqlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’lishga olib keladi. Siz esa, bu orqali bolaning noananaviy tafakkuri, ichki dunyosi, faxm-farosati, aql-idrokini boyitishga, namunaviylik va yangiliklarni his qilishga erishasiz. Bu kabi munosabat orqali balki unga juda yaqin bo’lib qolarsiz.

“Ochuq va samimiylik” mashqi


Ota-onalik burchingizni ado etish davomida yutuqqa erishish maqsadida to’g’ri munosabatda bo’lish sharoitlaridan bittasi, muloqot bo’ladi. Buning uchun farzand bilan dialog tashkil qilish kerak bo’ladi. Dialogni farzand bilan muloqotda bo’lish jarayonida individual tarzda tashkil qilish mumkin. Ko’p hollarda ota-ona farzandlari bilan muloqotda bo’lish jarayonida ko’p hatolarga yo’l qo’yishadi. Har doim ham ular qilayotgan xatti-harakatlari, holatlari va hulq-atvorini kuzatmaydilar: Lekin hammaga ma’lumki, bolalar ota-onalarini o’zini yuqori tutishini, emotsional holatni namoyon qilishini, sovuq muomalada bo’lishini qabul qila olmaydi. Chunki aksariyat ota-onalar to’g’ri munosabatda bo’lgan paytida ham farzandlari ularni ishonchli qabul qilolmaydigan bo’lishadi. Hattoki, bolalar o’z ota-onalarining talab va taklifiga qarshi chiqishlari ham kuzatiladi. Bunga ota-onalar hayratlanmasa ham bo’ladi, chunki o’zaro muloqot paytida unga nibatan ota-onalar ochiq munosabatda bo’lishmagan. Quyida bu holatlarni psixorrektsiya qilish uchun mo’ljallangan bir nechta oddiy mashqlar mavjud:
Masalan: Aytaylik sizning suxbatdoshingiz qarindoshingiz, yaqiningiz, kasbdoshingiz yoki oyla azolaringizdan biri bo’lishi mumkin. O’zingizni hushmuomilalik holatiga keltiring, chiroyli tabassum bilan suxbatdoshingizni diqqat bilan tinglayotganingiz va uni tushuna olayotganingizni tasdiqlovchi bilgini bildirib o’ting.
Yuragidagi dardlarini to’kib-sochayotgan suxbatdoshingizning yoniga psixologik yaqin borishga harakat qiling. Buning uchun siz uning ishonchini qozonishingiz kerak bo’ladi.
Quyidagi yana bir mashq bilan tanishasiz.

Ritm” mashqi


Bu mashqni har bir shaxs, ota-onalar juft-juft bo’lib, uyda biron bir yaqin kishisi bilan bajarib ko’rishi mumkin: Buning uchun ikki kishi bir-biriga yuzma yuz qarab turishi va o’z ro’llari haqida kelishib olishlari kerak bo’ladi.
Birinchisi – boshlovchi, ikkinchisi esa – unga “ko’zgu” rolini bajaradi. Boshlovchi ikkita qo’lini ko’kragigacha ko’taradi va qo’llarini aylantirgan holda tirsaklarini bir-biriga tegizishi kerak bo’ladi, ikkinchisi esa, uni ko’zgudagiday soya vazifasini bajaradi. Boshlovchi qo’llarini sekin-asta harakatlantira boshlaydi, ikkinchisi esa uning “soyasi”, yani ko’zgudagiday aks ettirib ritm ro’lini bajaradi. Shu tarzda ular bir necha marta o’z o’rinlarini almashtirib bajaradilar:
Hayolan psixologik mashq qilish ikkinchi insonning ichki ritmik holatini xis qilishga, hattoki, uni butunlay o’zida aks ettirishiga yordam beradi. Mashqni bajarishdan oldin, har bir kishi kim bilan birgalikda mashq qilmoqchi bo’lsa, uni xarakter xususiyatlari, ichki “ritm” holati, dunyoqarashlari, “temperamenti, yo’nalishi, dinamikasi, ichki “ekspressiv” murojaat qilishlik” holatini to’g’ri tushunishi va uni inobatga olgan holda yondashishi kerak bo’ladi. (Bu o’yin ishtirokchisi ishdagi hamkasbi yoki oila azolaridan biri bo’lishi mumkin).



Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish