4.Davlatning ijtimoiy siyosati.O`zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo`nalishlari.
Prezident I.A.Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida «To`rtinchi ustuvor yo`nalish-xalq turmush darajasining izchil va barqaror o`sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilishni ifoda etadi»1deb ta'kidlab o`tgan edilar.
Ijtimoiy himoya tushunchasini tor va keng ma'noda talkin qilish mumkin. Tor ma'noda ijtimoiy himoya deganda mehnat qilish layoqati cheklanganligi sababli nochor ahvolga tushgan aholining eng kambagal, muxtoj tabaqalariga o`z vaqtida madad berish, fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo totuvlikni ta'minlash tushuniladi.
Keng ma'noda ijtimoiy himoya deganda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining barcha taba kalari uchun moddiy farovonlik va ijtimoiy kafolatning yuqori darajada ta'minlanishi tushuniladi. Bu yerda bozor iqtisodiyoti strategiyasidagi muhim printsipni, ya'ni: «hamma boy bo`lishi mumkin emas, ammo hech kim kambag`al ham bo`lmasligi kerak» degan yuksak vazifani amalga oshirish nazarda tutiladi.
Agar tor ma'nodagi ijtimoiy himoyalash maqsadli ijtimoiy himoyalashni, ya'ni aholining aniq tabaqalarini kamrab olishni anglatsa, keng ma'nodagi ijtimoiy himoyalash esa yalpi ijtimoiy himoyani, ya'ni barcha aholini himoya qilishni bildiradi.Bunga erishish uchun davlat o`zining kuchli ijtimoiy siyosatini olib boradi.
Ijtimoiy siyosat deganda muayyan davlat hokimiyatining sotsial soha bo`yicha o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tutgan yo`li tushuniladi. Bu siyosat bevosita aholining turmush darajasini, uning farovonligini oshirish bilan bog`liq siyosat bo`lib, unga :
daromad siyosati;
ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy kafolatlar;
aholini ish bilan ta'minlash va mehnat bozorlarini shakllantirish;
aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko`rsatish sifatini yaxshilash kabi ijtimoiy yo`naltirilgan siyosat turlari kiradi.
Ijtimoiy siyosatning ob'ekti sotsial soha hisoblanadi.
Uning natijasida:
jamiyatdagi sinflar va sotsial guruhlarning holatida:
milliylikda va milliy munosabatlarda;
shaxsning jamiyatda tutgan o`rnida, ularning bir-biriga munosabatida;
xalq farovonligi, ularning turmush tarzida:
mamlakatning barqarorligida namoyon bo`ladi.
O`zbekiston mustaqillik e'lon qilgan dastlabki kundanoq ijtimoiy masalalarni qamrab oluvchi bozor iqtisodiyoti ko`rinishini jahonga ma'lum qildi. O`tish davrida aholini ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo`llab-quvvatlash printsipi Prezidentimiz I.A.Karimov strategiyasining asosiy qoidalaridan biridir.
Jahon mamlakatlari tarixiga nazar solar ekanmiz, ijtimoiy siyosat u yoki bu davlatda:
iqtisodiy faoliyatni rag`batlantirish;
insoniy salohiyatni saqlab qolish va taraqqiy ettirish;
jamiyat ijtimoiy barqarorligini ta'minlash maqsadida yuritilganini kuzatamiz.
Muxtasar qilib aytganda, respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o`tishi :
aholi turmush darajasi keskin pasaygan;
boy va kambag`allar, shahar va qishloq aholisi o`rtasidagi tabaqalashuv kuchaygan;
iste'mol bozori barbod bo`lgan;
asosiy oziq-ovqat maxsulotlari va nooziq-ovqat tovarlarining deyarli barchasi taqchillashib qolgan;
kishilarda bokimandalik kayfiyati hukm surgan;
respublika aholisining deyarli to`rtdan uch qismi o`zining eng zaruriy ehtiyojlarini ham qondirishga qodir bo`lmagan sharoitga to`g`ri keldi.
Bularning hammasi birgalikda islohot yo`lidagi har bir qadamni aholi qanday kutib olishni nazarda tutishni, zarur hollarda esa, ana shunday qadamni qo`yishdan avval, aholining qashshoq tabaqalarini hamda ma'lum miqdorda daromad oladigan shaxslarni oldidan himoyalash yuzasidan samarali chora-tadbirlar ko`rishni, kuchli ijtimoiy siyosat yo`lini tanlashni talab qilar edi.
Bunday sharoitda kuchli ijtimoiy kafolatni vujudga keltirmay turib o`tkazilgan islohot barbod bo`lishi muqarrar edi.
Bozor munosabatlariga qiyinchiliklarsiz va ziddiyatlarsiz, silliqqina o`tib bo`lmasligini boshqa mamlakatlarning tajribasi ham ko`rsatib turibdi. Shuning uchun ham, davlatimiz faol islohotchilik mavqeida o`z diqqat-e'tiborini birinchi navbatda qonuniylik va huquq - tartibotni joriy qilishga, eski iqtisodiy munosabatlarni bozor munosabatlariga aylantirishga qaratdi. Shu yo`l bilan kuchli ijtimoiy himoya qilishning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ma'naviy asoslarini yaratdi.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish-bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borish munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o`ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o`zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg`arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o`zida qayta ko`rib chiqish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo`nalishi-ichki iste'mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat maxsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste'molini muayyan darajada saqlab turish bo`ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat maxsulotlarini me'yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o`tish imkoniyatini yaratdi.
Uchinchi yo`nalish-aholining ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo`llab quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o`tkazilganligidir. Bu yo`nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor katlamlari-pensionerlar, nogironlar, ko`p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o`qituvchi yoshlar hamda kayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo`llar bilan himoya qilib boriladi.
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo`llab-quvvatlash bilan birga, o`z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta'minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |